Ahmad Nodim (1680-1730)

Ahmad Nodim (1680-1730)

O'quvchilarga / Adabiyot
Ahmad Nodim (1680-1730) - rasmi

Material tavsifi

AHMAD NODIM (1680-1730) Lola davri adabiyotining eng yirik vakili Ahmad Nodim Istambulda, zodagon oilada tug'ildi. Uning ona tomondan bobosi Husomiddin Qarochalabiy bo'lib, o'z davrida sultonning yaqinlaridan bo'lgan. Otasi Mehmed Nodim Afandi qozi bo'lib, yaxshigina ta'bi nazmi ham bor edi. Onasi Soliha Xonim ham o'qimishli ayollardan bo'lgan. Davlatmand xonadonda tug'ilib, tarbiyalangan Nodim juda yaxshi bilim oladi. Zamonidagi atoqli ustozlardan ta'lim olib, madrasani tugatadi. Ebezade Abdulloh Afandi boshliq nufuzli hay'atga imtihon topshirib o'zi ham mudarris bo'ladi. She'rlari bilan ancha tanilib qolgan Ahmad Nodim ulug' vazir Ali Posho va Ibrohim Posholarga qasidalar yozib, yanada e'tibor topadi. 1720 yil vazir kutubxonasining mudiri etib tayinlanadi. Ayni paytda Nodim tarixiy asarlarni tarjima qilib ham ilm ahli o'rtasida obro' qozonadi. Ahmad Nodim Ibrohim Posho uyushtirgan mushoiralarda, turli davlatlardan kelgan elchilarni qabul qilish marosimi va ziyofatlarda qatnashar, o'zining shirin kalomi bilan tanilgandi. Sadra'zam Ibrohim Posho shoirni Sulton Ahmadga tanishtiradi. Bundan so'ng Nodimning tole yulduzi yanada porlaydi. U Istambuldagi mashhur madrasalarda, 1727 yilda Mulla Kirimiy, Eski Nishonboshi, 1729 yilda Saxpi Setap, 1730 yilda Sekban Ali madrasalariga bosh mudarris qilib tayinlanadi. Bir umr zodagonlar davrasida, farovon hayot kechirgan Ahmad Nodimning umri fojeali tugaydi. 1730 yil admiral Halil boshchiligida ko'tarilgan qo'zg'olonchilar Sulton Ahmadni taxtdan ag'daradilar. Shohga yaqin bo'lgan amaldorlarning ham uylariga o't qo'yadilar. Nodim qo'zg'olonchilardan qochaman deb, tomdan yiqilib o'ladi. Ramiz Tazkirasida yozishicha shoir vahima kasalidan vafot qilgan. Uning jasadi Uskudarga, onasi dafn qilingan qabristonga qo'yiladi. Tarixiy manbalardan Nodim Ibrohim Chalabiyning qizi Ummigulsum Xonimga uylangani va ularning bir qizlari bo'lib, Istambulning Beshiktosh dahasida yashaganliklari ma'lum. Ahmad Nodim so'zga chechan toza dilli shoir sifatida mashhur bo'lgan. U Ibrohim Poshoning yaqin kishisi sifatida o'sha davr ijtimoiy hayotida ham, adabiy hayotida ham faol ishtirok etgan. Davrning qaynoq voqealari ichida bo'lgan. Adabiy muhitdagina emas, ilmiy muhitda ham o'z so'ziga ega bo'lgan. 1726 yilda tashkil qilingan tarixiy asarlarni tarjima qilish guruhida Nodim ham bor edi. Arab tilidan munajjim boshi Darvesh Alining tarixiy kitobining 3 jildini turk tiliga o'girgan. Ahmad Nodimning asosiy adabiy merosi Devondir. Bu devon shu kunga qadar Istambulda 5 marta nashr qilingan. Devonning eng so'nggi nashrida 39 qasida, 159 g'azal, 2 mustahzod, 1 muhammas, 3 taxmis, 1 musaddas, 28 sharqiy, 1 turku, 1 tarkiband, 10 ruboiy, ko'pchiligi tarix aytish bo'lgan 82 qit'a, 1 tasdis, 2 tashmir, 3 ta masnaviy bor. Devondagi qasidalarda Istambulning hayot tarzi, lola davridagi ko'ngilxushliklar, sultonlar, vazirlar madhi o'z aksini topgan. Uning g'azal va sharqiylarida ham davrning ruhi, ya'ni zavq-shavqqa to'liqlik, ishq va yor vasli, sharob lazzati badiiy mahorat bilan yozilgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.34 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:49 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.34 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga