AHMAD POShO (?-1497) XV asr turk adabiyotining eng yorqin yulduzlaridan bo'lgan shoir Ahmad Posho, o'sha vaqtda Usmonlilarning poytaxti bo'lgan Edirna shahrida tug'ildi. Uning otasi Valiyuddin Ilyos Murod II ning qoziaskari, ya'ni bosh harbiy qozisi edi. o'z davrida yaxshi ma'lumot olgan Ahmad Posho faoliyatini Bursadagi Murodiya madrasasida mudarrislikdan boshladi. Tez orada Edirna qozisi bo'ldi. 1451 yil taxtga o'tirgan Fotih Sulton Mehmet nazariga tushgan Ahmad Posho qoziaskar, shahzodalar otabegi va vazir lavozimigacha ko'tarildi. Vazir Ahmad Posho ko'plab shoirlarga valine'matlik qiladi, ustozi Malihiyni sultonga tanishtirib, hurmatini bajo keltiradi. Ammo saroydagi kurashlar shoir Ahmadiyni ham chetlab o'tmaydi. Shoirning axloqsizligi haqida podshoga chaquv bo'ladi va Ahmad Posho zindonga tashlanadi. Yedi-Kule (Yetti minora) zindonida yotgan shoir Karam qasidasini yozib sultonga yetkazadiki; Qullarning adashmog'i mumkin, ammo podshoning avfi qaerda misralarini o'qigan shoh shoirni avf qilib Bursaga jo'natadi. Shoir Bursada Orxan va Murodiya madrasalarida dars beradi. Keyinchalik Anqara sanjaqbeyi etib tayinlanadi, Mehmet II ni vafotidan so'ng taxtga chiqqan Boyazid II Ahmad Poshoga iltifot ko'rsatib Bursa sanjaqbeyligini beradi. Ayrim manbalarda Ahmad Posho oila qurmaganligi aytilsa, boshqalarida Fotih Mehmet Ahmadni To'ti ismli joriyaga uylantirgani, shoirning bir qizi bo'lib, qizi ham, xotini ham erta vafot etgani, undan so'ng Ahmadning oila qurmaganligi aytiladi. Ahmad Posho umrining oxirigacha Bursada yashaydi va 1497 yil qazo qilgach o'zi qurdirgan madrasaga dafn qilinadi. Ahmad Posho lirik shoir bo'lib, uning she'riyati turk adabiyoti tarixida o'ziga xos o'rin tutadi. Ahmad Posho dunyo go'zalligini ta'rif etar ekan, inson mana shu go'zallikdan bahramand bo'lishini kuylaydi. Shoir sifatida u Hofiz Sheroziy ijodini bir namuna deb bilgan va ijodda unga ergashgan. Ahmad Posho g'azallari o'zining nafisligi, arab, fors so'zlarini qo'llashi bilan ajralib turadi. Shoir ijodini ikki davrga bo'lish mumkin: . Poshoning zindonband bo'lguniga qadar yozgan ijodi. Bu davrda shoir qasidalar va g'azallar yozib ijodda ko'proq fors shoirlariga (Hofiz) ergashgan. 2. Hazrat A. Navoiy ijodi bilan tanishgandan keyingi she'riyati. Manbalarda ko'rsatilishicha 1481 yil A. Navoiy o'zining 33 g'azalini Sulton Boyazid IIga yuborgan. Sulton bu g'azallarni Bursaga, Ahmad Poshoga jo'na-tadi va Navoiy g'azallariga nazira bag'ishlashni shoirdan so'raydi. Ahmad Poshoga A. Navoiy g'azallari shunchalik ma'qul keladiki, A. Posho Navoiyning 33 g'azaliga nazira bag'ishlaydi. Mana shu naziralardan biri: Zulfingki uzoringda etar jilvalar, ey do'st, Tovusi junondirki ochar bolu par, e do'st. Xattinki tilsim etdi labing doirasiga, Shirinlik uchun mushk ila afsun yozar, e do'st. Qo'y, borma qo'nog'iga raqibingki, bilursen, It bo'lgan yerga hech malak etmas guzar, e do'st. Zulfi siyohing chiqmadi zebo kulohingdan, Zeroki harir ichra bo'lur mushki tar, e do'st. Voiz so'ziga voqif o'lub, yosh ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.15 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:49
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.15 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:49 ]
Arxiv ichida: docx