Ahmad Suhayliy

Ahmad Suhayliy

O'quvchilarga / Adabiyot
Ahmad Suhayliy - rasmi

Material tavsifi

Ahmad Suhayliy yoshligidan badiiy ijod bilan shug'ullanar va o'sha davrning taniqli siymolaridan bo'lgan Shayx Ozariydan ta'lim olardi. Shayx Ozariy Ahmaddagi she'riyatga bo'lgan moyillik, ravon she'r bitishlarini mulohaza qilgach, Ahmadga «Suhayliy» (yorug' yulduz) so'zini adabiy taxallus sifatida qo'llashni tavsiya etadi. Bu voqyea uning 11 yoshida sodir bo'lgan ekan. Shundan so'ng u ham forsiy hamda turkiy tilda bitgan asarlarida Suhayliy so'zini taxallus sifatida qo'llaydi. Manbalarning ma'lumotiga , xususan Alisher Navoiyning yozganlariga ko'ra Suhayliy forsiy va turkiy tillarda she'r yozishga moyil bo'lib, ulardan devon tuzgan. Ammo hozirgi kunda turkiy she'rlaridan namunalar bo'lsa-da, to'liq devonining taqdiri noma'lum bo'lib qolmoqda. Shoirning forsiy tilda bitgan she'rlaridan iborat devonlarning turli nusxalari bizgacha yetib kelgan. Jumladan, bu devonlardan biri Dushanbeda (Toj FAShI, inv.752) saqlansa, Sulton Ali Mashhadiy tomonidan ko'chirilgan to'liqroq nusxasi Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Щyedrin nomidagi kutubxonada (inv.№Dorn -452) saqlanmoqda (unda besh ming misradan ko'proq turli janrdagi (g'azal, qasida, marsiya…) asarlar to'plangan). Suhayliyning she'rlari turli bayozlardan (jumladan, «Radoif ul-ash'or») ham o'rin olgan. Shayxim Suhayliyning yana bir asari «Layli va Majnun» dostoni bo'lib , uning hozircha ma'lum bir nusxasi Londonda saqlanadi. Alisher Navoiy «Layli va Majnun»ini yozayotganda boshqa mualliflarning shu mavzudagi asarlari bilan birga Shayximbek Suhayliyning «Layli Majnun»ini ham tilga oladi va uning haqida jumladan, shunday yozadi: Afsonalari jahonda nomiy, Nazm aylab Xusravu Nizomiy . Kim ishq so'zin rivoyat aylab, Ham bu ikidin hikoyat aylab. Andoqki bo'lub demakka mayli, Nazm avjining axtari Suhayliy . Kim holati nazm aro erur fard, Durposh bayoni nazmparvard. Xusrav ruhig'a yetkurub shayn, Lekin yana birg'a qurrat ul-ayn. Har necha qilib biriga bedod, Ruhin yana birning aylabon shod. Chun surmish kilki durfishonni, Tahrir etmish bu dostonni. Maqsudki bo'yla turfa maqsud, Yo'q dahr sahifasida mavjud. (MAT, 9 -tom, 55-bet) Bu doston Alisher Navoiyga juda ma'qul tushganidan «Majolis un-nafois»da Shayxim Suhayliy to'g'risida ma'lumot berib, uning «Layli va Majnun»idan bir baytni ham keltiradi. Shunday qilib Suhayliyning forsiy devoni, «Layli va Majnun» dostoni hamda o'zbek tilidagi ayrim she'rlari bizgacha yetib kelgan. Suhayliy she'riyatining asosini ishq , ijtimoiy - axloqiy mavzulardan so'z yuritish tashkil etadi. Shuni ham eslatish joizki, bu mavzularni yoritishda shoirning o'z uslubi bor. Bunga shoirning o'zi ham ishora qilib , jumladan shunday yozadi: Suhayli, kardaam uslubi suxan nav'i digar, ammo Nihon dor in hadis az choshnigironi qaydi man. Mazmuni: Suhayliy , men boshqacha so'z aytish (she'r yozish) uslubini qo'llaganman. Ammo bu so'zlarni mening asarlarimga e'tiroz bildiradiganlardan yashirin saqla. Suhayliy bunday o'ziga xos uslubning mohiyati nimadan iboratligini sharhlab, shunday yozadi: Ey, ki abyoti Suhayliro muassir gufta , Dur nabvad guftahoi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.28 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:49 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.28 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga