Ahmadiy (1329-1413)

Ahmadiy (1329-1413)

O'quvchilarga / Adabiyot
Ahmadiy (1329-1413) - rasmi

Material tavsifi

AHMADIY (1329-1413) Tojiddin Ahmad ibn Ibrohim hayoti va ijodi haqida bizgacha yetib kelgan ma'lumotlarda chalkashliklar mavjud. Manbalarda, shoir tug'ilgan va vafot etgan sana ko'rsatkichlarida ham farq bor. Garmiyonda (ba'zi manbalarda Sivas, Istambul ko'rsatilgan) tug'ilgan Ahmadiy boshlang'ich ma'lumot olgach, bilim olish uchun Qoxiraga jo'naydi. Qohirada o'z davrining mashhur tabibi Shamsiddin Muhammad al Fanoriydan tabobat ilmini o'rganadi. Ahmadiyning Qoxirada necha yil yashaganligi va qachon vataniga qaytganligi haqida aniq ma'lumotlar yo'q.U 1403 yili Amasega kelganda, Anqara yaqinidagi jangda Boyazid ustidan g'alaba qozongan Amir Temur ham o'sha yerda ekan. Ahmadiy Temurga bag'ishlab qasida yozadi va Temur uni o'ziga nodim qilib oladi. Lekin, tez orada Ahmadiy Amasedan qochib, Boyazidning to'ng'ich o'g'li shahzoda Sulaymon hukmdorlik qilayotgan Edirna shahriga boradi. Taxt talashgan shahzoda Mexmet o'z akasi Sulaymonni 1410 yilda o'ldiradi. Ahmadiy yana Amasega qaytib kelib umrining oxirigacha shu yerda qoladi. Shahzoda Sulaymon saroyida yashagan vaqt Ahmadiy uchun sermahsul ijodiy davr bo'ldi. U hukmdorni ulug'lovchi bir qancha qasidalar va g'azallar yozadi. Ahmadiy nomini turk adabiyoti tarixiga olib kirgan mashhur Iskandarnoma dostonini ham shoir o'sha vaqtda yaratgan. Iskandar Zulqarnayn mashhur tarixiy shaxslardan bo'lib, uning haqida ko'plab afsona va rivoyatlar to'qilgan. Sharqda birinchi bo'lib Iskandar obrazini badiiy adabiyotga olib kirgan shoir Abulqosim Firdavsiydir. Firdavsiyning Shohnomasi bu paytda xali turk tiliga tarjima qilinmagan bo'lsa ham arab va fors adabiyoti bilan yaxshi tanish bo'lgan Ahmadiy Shohnomadadan xabardor bo'lishi mumkin. Ahmadiy o'z dostonini yaratishda asosan Nizomiyga suyansa-da, shunchaki ergashgani yo'q, balki ijodiy yondashdi. U dostonga Kichik Osiyo tarixidan hikoya qiluvchi butun bir bob kiritdi. Ahmadiy Iskandarnomasida o'z davrining ilm-fani haqida ancha keng ma'lumotlar berganki, bu ayniqsa qimmatlidir. Shuningdek u Usmoniylar sulolasining tarixini ham ancha mukammal yozadi. Tradision Sharq adabiyotida Iskandar obrazi olijanoblikka xizmat qiluvchi hukmdor, adolatparvar, ideal shoh sifatida tasvirlangan.Bu narsa Ahmadiy dostonida xam ko'rinadi. Ahmadiy Iskandarni Eron taxtining vorisi, makedoniyalik Filippning qiziga uylangan Doroning o'g'li sifatida tasvirlaydi. U buyuk allomalar Arastu, Suqrot, Aflotun, Gippokratlardan ta'lim oladi. U harbiy yurish qilib, Hindiston, Xitoy, Misr va boshqa ko'pgina mamlakatlarni o'ziga bo'ysundiradi. Iskandarning sarguzashtlari nihoyatda qiziqarli qilib hikoya qilinadi. Iskandar Zulqarnayn muqaddas shahar Makkani ham zabt etgach, o'zini butun dunyo hukmdri deb bilib, endi o'lmaslikning, bu dunyoda boqiy qolishning yo'lini qidiradi. U tiriklik suvini topish uchun Zulmat mamlakatiga safar qiladi. Ammo tiriklik suvini topish unga nasib qilmaydi va tez orada Iskandar vafot qiladi. Ahmadiy doston yozishda faqat Firdavsiy va Nizomiy asarlarigagina suyanib qolmadi. U Iskandar haqidagi xalq to'qigan afsonalardan ham foydalandi. Shuning uchun Iskandar bilan Gulshohning muhabbati haqida ishqiy-romantik tarixni dostoniga kiritdi. So'fiyona asarlarga xos ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.9 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:49 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.9 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga