Aleksandr Sergeyevich Pushkin (1799-1837) Rus adabiyotining dahosi, hozirgi zamon rus adabiy tilining asoschisi A.S.Pushkin 1799-yil 6-iyun kuni Moskva shahrida dvoryan oilasida tug'ildi. Otasi Lvovich Sergey zamonasining ilg'or kishilaridan edi. O'z uyida fransuz va rus yozuvchilarining kitoblaridan kutubxonasi bor edi. Uning ukasi, ya'ni A.S.Pushkinning amakisi Vasiliy Lvovich Pushkin shoir bo'lib, karamzinchilar oqimida ijod qilardi. Aleksandr 12 yoshigacha uyida o'qidi, keyin uni 1811-yil sarskoye Selo shaharchasida yangi ochilgan litseyga o'qishga berishadi. Bu litsey davlatning yuqori ishlari bo'yicha chinovniklar yetkazib berardi. Litseyda u o'ziga Delvig, Pushin, Kyuxelbeker va shunga o'xshash do'stlar orttirdiki, ular bir umrga qadrdon bo'lib qolishdi. 1817-yilda litseyni bitirgan Pushkin Tashqi ishlar Kollegiyasida ish boshladi. Bu yerda u 1820-yilgacha ishladi. Shu yerda u A.S.Griboyedov bilan tanishdi. 1820-yil 9-mayida Pushkin shaxsan Aleksandr I buyrug'iga asosan general Inzov qo'l ostiga xizmatga yuborishadi. Shu yilning yoz oylarida Inzov ruxsati bilan Rayevskiy oilasi bilan sayohatga boradi. U Shimoliy Kavkaz, Qrimda bo'lib, Simferopol va Odessa orqali Kishinyovga qaytadi. Kishinyovda u Pestel, Davidov, Yakushkin singari dekabristlar bilan tanishadi. Bu yerda uning birinchi janubiy poemasi Kavkaz asiri yuzaga keladi (1822). 1823- yilda ikkinchi poemasi Bog'chasaroy fontani, 1823-yilda esa o'zining Yevgeniy Onegin she'riy romanini boshlaydi. 1824-26-yillarda yana surgun qilinadi. Bu safar Pskov gubernyasiga qarashli Mixaylovskoye qishlog'iga yuborishadi. Shaharda yurib o'rgangan Pushkin qishloqda judayam zerikadi. U ko'pincha bo'sh vaqtlarini Osipova xonimning xonadonida o'takazardi. 1825-yil dekabr qo'zg'oloni va uning mag'lubiyatidan juda ham afsuslanadi. 1826-yil 8-sentabrda u podsho Nikolay I bilan uchrashadi. Bu yerda, ya'ni shoh qabulida u ochiqdan-ochiq podshoning savoliga men dekabristlar tomonida bo'lardim deydi. 1829-yil u Kavkaz bo'ylab sayohatga chiqadi. Uning asl maqsadi surgun qilingan dekabrist o'rtoqlari bilan uchrashish edi. 1830-yilda u Moskvaning eng go'zallaridan bo'lmish N.Goncharovaga uylanadi. Lekin oradan 4 yil o'tar-o'tmas har xil gaplar, uning oriyatiga tegadigan ig'volar ko'payadi. Uning N.Goncharova bilan oralari bir muncha sovuqlashadi. Oxiri borib bu gaplar uni Gollandiya elchisi Gekkernning saqlab olgan o'g'li - Dantesni duelga chaqirishga majbur qiladi. Duel payti og'ir yaralangan Pushkin 1837-yil 27-yanvar kuni 38 yoshida vafot etadi. Pushkin ikki buyuk jahonshumul voqealar ta'siri ostida o'sib, ma'naviy ulg'aydi: Vatan urushi va dekabristlar qo'zg'oloni. U litseyda o'qib yurgan paytlarida Derjavin, Batyushkov, Jukivskiylarga o'xshab yozishni istar va shularning asarlariga taqlid qilib o'z asarlarini yaratardi. Uning asarlari yuqorida aytib o'tilgan shoirlarnikiga ko'ra barkamol yaratildi. Uning litseyda o'qib yurgan paytlaridayoq Shoir do'stimga (1814), Mening do'stlarimga vasiyatim (1815), Mening epitadiyam (1815), Mening Aristorximga (1815), Hijron, Ayriliq nomli she'rlari odamlarning diqqat e'tiborini o'ziga tortgan edi. Pushkin janubga surgun qilingan paytlarida litseyda o'qib yurgan chog'larida boshlab qo'yilgan Ruslan ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.82 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:49
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.82 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:49 ]
Arxiv ichida: docx