Al-Hakim at-Termiziy hayoti va ijodi Bu allomaning to'liq ismi - Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Hasan ibn Bashir (ayrim manbalarda Bishr) al-Hakim at-Termiziy. Hakim at-Termiziyning ilmiy va ijodiy faoliyati haqida ma'lumot Tojiddin Subkiy (Tabaqot ash-shafi'-iyya al-Kubro), Xotib al-Bag'dodiy (Tarixi Bag'dod), Ibn Hajar al-Asqaloniy (Lison al-miyzon), as-Sulamiy (Tabaqot as-sufiyya) va boshqa bir qator olimlar asarlarida keltirilgan. Xakim at-Termiziy o'z hayoti to'g'risida o'zining Bad'u sha'ni Abu Abdulloh asarida bayon etadi. Bu asar 1965 yilda Bayrutda Yahyo Ismoil tomonidan olimning Xatmul avliyo asari bilan birga chop etilgan. Hakim at-Termiziyning tavalludi va vafoti sanalari yozma manbalar hamda hozirgi adabiyotlarda turlicha keltiriladi. Ba'zi mualliflar, masalan, Hoji Xalifa Kashf az-zununda Hakim at-Termiziy vafoti yilini milodiy 869 yil deb ko'rsatgan. Allomaning qabr toshida ham shu keltirilgan. Hakim at-Termiziy yuz yildan oshiq vaqt umr ko'rganidan kelib chiqilsa, manbalarda ham u 112, 116, yoki hatto 120 yoshgacha umr ko'rgani keltiriladi, u holda alloma I taxminan 750 - 760 yillar oralig'ida tug'ilgan bo'lib chiqadi. Ayni mahalda bundan 30 yil oldin Al-Hakim at-Termiziy va nazariyyatuhu fil valoyati asarini yozgan misrlik mashhur olim Abdulfattoh Abdulloh Baraka Hakim at-Termiziy milodiy 820 yilda tavallud topib 112 yil yashab 932 yilda vafot etgan, deb yozgan. Allomaning bo-lalik va yoshlik yillari haqida manbalarda batafsil ma'lumot berilmagan. Tarjimai hol iga ko'ra, u sakkiz yoshidan boshlab diniy ilmlar bilan jiddiy shug'ullangan, yigirma sakkiz yoshida esa Makkaga haj safariga jo'nagan. Safardan qaytgach, Hakim at-Termiziy sufiylik yo'lini tutgan: xilvatga ketib, nafsi ammorani yengib, sufiyona risolalarni o'rgangan. Uning padari buzukvori Ali ibn Hasan bilimdon muhaddis olim bo'lgan, ilm izlab Bag'dodga borgan, o'sha davrning taniqli olimlari bilan xadisning turli masalalari borasida ilmiy munozaralarda faol ishtirok etgan. Volidai muhtara-masi hamda tog'asi ham hadisi nabaviyyaning durust bilimdonlari hisoblanishgan. Binobarin, Hakim at-Termiziy o'z dunyoqarashiga ulkan ta'sir ko'rsatgan bilimli va ilmiy muhitda voyaga yetgan. Yozma manbalarda Hakim at-Termiziy ustozlari haqida ishonchli ma'lumotlar keltirilgan. Uning dastlabki ustozi otasi Ali ibn al-Hasan at-Termiziy bo'lgan. Al-Xotiyb al-Bag'dodiyning Tarixi Bag'dod asarida bir muncha ma'lumot keltirilgan. Ustozlari orasida Qutayba ibn Sa'id as-Saqafiy al-Balxiy (798 - 88 yillar), Ibn Xib-bonning Mashxur kishilar to'g'risida kitob asarida ancha dilbar gaplar aytilgan Solih ibn Abdulloh at-Termiziy, bir qancha vaqt Termiz qozisi bo'lgan Solih ibn Muhammad at-Termiziy, Sufyon ibn Vakiy' (vafoti 860 yil), Hasan ibn Umar ibn Shafiq al-Bahriy (vafoti 840 yil), Ahmad ibn Hadravayh (vafoti 854 yil), Abu Turob al-Naxshabiy, Yahyo ibn Maoz ar-Roziylar (vafoti 875 yil) bo'lishgan. Hakim at-Termiziy hayoti va faoliyatini tavsiflovchi yozma manbalar ma'lumotiga asoslangan holda uning uzun hayotini quyidagi bosqichlarga ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
201.49 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:49
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
201.49 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:49 ]
Arxiv ichida: docx