Aliakbar Sobir (1862-1911)

Aliakbar Sobir (1862-1911)

O'quvchilarga / Adabiyot
Aliakbar Sobir (1862-1911) - rasmi

Material tavsifi

ALIAKBAR SOBIR (1862-1911) Ozarbayjon ma'rifatparvarlari orasida istiqloliy g'oyalarni aytib chiqqan shoir Aliakbar Sobir 1862-yilda Shamaxada savdogar oilasida tug'ilgan. Avval eski maktabda, keyinchalik ma'rifatparvar Saidazim Shirvoniy ochgan maktabda tahsil oladi. Umri davomida Aliakbar Eron va O'rta Osiyo shaharlarini kezib chiqqan. El-ulusning farzandlarini yangi usulda o'qitish uchun maktab ochgan shoir o'qituvchilik qiladi. So'ngra Ozarbayjonda chop etiladigan gazeta va jurnallarda ishlay boshladi. Avval boshda shoir publitsistik maqolalar yozgan bo'lsa asta-sekin Jalil Mamadqulizoda tomonidan ta'sis etilgan «Mullo Nasriddin» hajviy jurnalida yumoristik chiqishlar qila boshladi. 1905-yilda yozgan «Baynalmilal», «Qayg'urma» singari o'tkir siyosiy she'rlarida Aliakbar turli millatlarni do'st va inoq, birodar bo'lib yashash va farovon, ozod yuot uchun kurashish maslaida birlashishga dav'at etadi. Asrimiz hohish etarkan ittifoqu ittihod, Jumlamiz bo'lsak inoq-shul ezgu niyat-la murod. Ne uchun yo'qdir inoqlik, nega el kulmaydi shod? Bu vatan avlodida zohir bo'lib bo'g'zi inod. Tushdi armon va musulmonlar aro fisqu fasod, Yo'qmi bir sohibi davlat, yo'qmi bir ahli savod? Ey suxanvarlar, bu kunlar bir hidoyat vaqtidir, Ulfat-u do'stlikka chorlovchi xitobat vaqtidir. She'rda mazkur ikki qator qayta-qayta takrorlandi. Sabab shoir aytmoqchi bo'lgan fikriga yana ko'proq urg'u beradi. Uningcha xusumatlarni yo'q qilib, sulh tuzish, zulmat va faloqatlarni oldini olib, xalqqa xizmat qilish vaqti yetdi. Buning uchun birlashish darkor. Qo'zg'al, ey sen hamshahar xalqingga xizmat vaqtidir, Chorai sulh axtarib, daf'i xusumat vaqtidir. Elga haqqin bildirib, da'fi faloqat vaqtidir. Kun kabi yog'du sochib, poymoli zulmat vaqtidir, Tozalab yurting marazdin ayni himmat vaqtidir, Sobiro, baynalmilal marshiga navbat vaqtidir. Sharq og'zaki va yozma adabiyotida pand-nasihat shaklida mashhur bo'lgan mavzularni Aliakbar qisqa she'riy hikoyalar tarzida tasvirlaydi. «Tabib bilan bemor» da nafsiga bandi kishini keskin tanqidga olsa, «Keksa bog'bon» da odamlarga yaxshilik qilish, o'zidan yaxshi nom qoldirish azaliy qadriyat ekanini isbotlaydi. Chol dedi:-otalar qoldirgan meros, Qadrlab mevasin yeyishimiz rost. Ekaylik biz kabi yeganlar uchun, Bizni eslab rahmat deganlar uchun. «Savdogar va o'g'il» hikoyatida Sharqning azaliy falsafasi - ota va o'g'il munosabatlari, axloqiy tarbiya nizomlari go'zal tarzda ifodalangan. Tasvirlanishicha, qo'li egri, nafsiga bandi savdogar o'g'li bilan birga do'konda ishlardi. Otasining qing'ir ishlarini ko'rib katta bo'lgan o'g'il otasi yo'g'ida do'konning pulidan o'g'irlaydi. Otasi bilib qolib o'g'lini uradi. Shunda shoir o'z xulosasini qariya tilidan keltiradi. Nima eksang-olasan shuni, Hunaringga o'rgatding buni. Tarbiyaga farzand muhtojdir, Ota ishi unga bir tojdir. Hox yaxshi, hoh yomon ishlar, Bari sendan, bil o'rganishar! Sen halolmi-farzanding halol, Sendan ko'rib o'sar shu nihol. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.74 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:49 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.74 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga