ALISHER NAVOIY (1441 - 1501) Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida Hirotda, G'iyosiddin Kichkina xonadonida dunyoga kelgan. Uning otasi Temuriylar saroyida e'tiborli shaxslardan bo'lgan. Onasi esa amirzoda Shayx Abusaid Changning qizi bo'lgan. Alisher saroy muhitida yashagani uchun alohida tarbiya va nazorat ostida o'sdi. Kichkinaligidanoq she'r va musiqaga ishqi tushgan. Olim-u fozillar davrasida ulg'aydi. 1447-yilda Shohruh Mirzo vafot etib, taxt uchun kurashlar boshlanib ketadi. Alisherlar oilasi esa bu davrda Iroqqa yo'l oladi. Yo'lda, Taft shahrida Navoiy o'z davrining mashhur tarixchish Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi. Alisherlar xonadoni 1451-yilda Hirotga qaytadi. 1452-yilda Abulqosim Bobur Mirzo Xuroson taxtiga o'tiradi va notinchliklar ham bosiladi. Alisherning otasi G'iyosiddin Muhammad esa Sabzavorga hokim etib tayinlanadi. Alisher o'qishni davom ettiradi. Maktab yosh Alisherni she'riyat bilan oshno qilib qo'yadi. U Sa'diy Sheroziyning «Guliston» va «Bo'ston», Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» asarlarini kuchli ishtiyoq bilan o'qib chiqadi. «Mantiq ut-tayr» asari Navoiyga bir umrlik hamroh bo'lib qoladi. Keyinchalik u «Lison ut-tayr» nomli asarini yozdi. 1453-yilda G'iyosiddin Muhammad vafot etdi. Alisher Abulqosim Bobur xizmatiga kirdi. Avval Sabzavorda, keyin Mashhadda yashadi. Ikki maktabdosh do'st - Husayn va Alisher yana birga bo'ldilar. Bu yillar ham Navoiy uchun ilm olish bilan o'tdi. U shu munosabat bilan 50 ming bayt, 100 ming misrani yod olganini aytib o'tgan. She'rga mehr Alisherni ijodga undadi. U turkiy va forsiyda she'rlar bita boshladi. U turkiydagi she'rlariga «Navoiy», forsiydagi she'rlariga esa «Foniy» taxallusini qo'llardi. 1457-yilda Abulqosim Bobur vafot etgach, Xuroson taxtiga Abusaid Mirzo o'tirdi. Husayn Boyqaro esa taxt uchun kurashlarga kirishib ketdi. Bu paytda Navoiy Mashhad madrasalarida bilimini oshirish bilan band edi. Shoir 1464-yilda Hirotga qaytadi. Lekin bi yerda uni qiyinchiliklar kutib turar edi. Sababi, Abusaid Mirzo Abulqosim Bobur yaqinlaridan hisoblangan Alisherning tog'alari Mirsaid Kobuliy va Muhammad Ali G'aribiylarni qatl etgan bo'lib, Alisherning mol-mulki ham davlat hisobiga musodara etilgan edi. Shuning uchun u shaharda uzoq qola olmadi. Bu davrda Abdurahmon Jomiy, Pahlavon Muhammad va Sayyid Hasan Ardasher kabi do'stlarining ko'magiga tayanadi. Abdurahmon Jomiyni Navoiy «Nuran Maxdum» deb e'zozlagan. U kishi o'zini siyosatdan uzoq tutar edi. Hatto shahar tashqarisida Sa'diddin Qoshg'ariy (1456-yilda vafot etgan mashhur shayx, Jomiyning ustozi) mozori yonidan joy olib, o'sha yerda yashar edi. Alisher do'stlari Pahlavon Muhammad va Sayyid Hasan Ardasherlar haqida kitob ham yozgan. U Pahlavon Muhammadni «shams ul-millat» (millat quyoshi) deb atagan bo'lsa, Sayyid Hasan Ardasherni esa «bu faqir turk va sart orasida ondin tamomroq (mukammalroq) kishini ko'rmaydurmen» deb ta'riflagan. Navoiy 60-yillarning ikkinchi yarmida Samarqandda yashadi. Uning Samarqandga kelishi to'g'risida ham turlicha qarashlar mavjud. Tarixchi Xondamir uni o'qish maqsadida ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.52 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:49
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.52 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:49 ]
Arxiv ichida: docx