ALIShER NAVOIY VA TURK ADABIYoTI Buyuk Alisher Navoiyning go'zallikni kuylagan asarlari, umumbashariy g'oyalari jahon madaniyati va adabiyoti tarixidagi ulug' siymolarning ijodi bilan hamohangdir. Akademik N.I. Konrad uyg'onish davri haqida gapirib, uning VII-IX asrlarda Xitoyda boshlanganligini IX-XV asrlarda O'rta Osiyo, Eron, Hindistonning bir qismida davom etganligini va XVI-XIX asrlarda Yevropada nihoyasiga yetganligini yozgan edi. Uyg'onish davrining buyuk vakillari ijodida qandaydir umumiylikni ko'rish mumkin. V.M. Jirmunskiy haqli ravishda Alisher Navoiyning ulkan figurasi jahon adabiyotidan alohida ajralib qolgan emas. O'zbek adabiyotining buyuk asoschisining ijodi bevosita g'arbdagi hamfikrlarining uyg'onish davri shoir va mutafakkirlarining ilg'or g'oyalari bilan qo'shilib ketadi - deb yozadi. Sharq adabiyoti tarixini qiyosiy-tipologik o'rgangan olimlar, boshqa xalqlar adabiyotining ma'lum tarixiy davriga xos xarakterli xususiyatlarning ayrim tendensiyalari turk adabiyoti tarixida ham ko'rinishini ta'kidlashadi. Turk uyg'onish davrini XV asrning ikkinchi yarmidan XVII asrning o'rtalarigacha deb belgilaydilar. Uyg'onish davri turli vaqtlarda har joyda o'ziga xos tarzda kechgani bilan barcha xalqlar madaniyati va adabiyotida umumiy o'xshash tomonlarni ham vujudga keltirgan. Bu davr titanlarining umuminsoniy g'oyalarni ko'tarib chiqqanligi, bashariyat taqdiri uchun qayg'urganligidandir. Uyg'onish davri allomalarining ijodi bir xalq doirasidan chiqib, boshqa xalq ijodkorlariga ta'sir qilishi shubhasiz. Hazrat Navoiyning asarlari o'zi hayotligidayoq Vatani sarhadidan uzoq-uzoqlarda mashhur edi. Uning g'azallarini birinchi bor o'qigan, tinglagan kishi, beixtiyor shoir muxlisiga aylangan, boshqa asarlarini topib o'qishga harakat qilgan. Hech bir xalq Navoiy ijodi bilan tanishgach, unga befarq bo'lgan emas. Sharq xalqlari o'rtasida, ayniqsa turkiy xalqlar o'rtasida A.Navoiy mashhur bo'lgan. Shoir g'azallari sevilib o'qilibgina qolmay, uning g'azallariga naziralar bag'ishlangan, epik asarlaridan ilhomlanib dostonlar yaratganlar. Turk adabiyoti misolida buning yaqqol namunasini ko'rishimiz mumkin. XV asrda Turkiyadagi eng yaxshi shoirlardan hisoblangan, turk adabiyoti tarixida o'ziga xos o'rni bo'lgan shoir Axmad Posho (tug'ilgan yili noma'lum,1497 yilda vafot etgan) turk shoirlari ichida birinchilardan bo'lib A.Navoiy ijodiga murojaat qilgan. Zamondoshlari ko'proq fors, arab poeziyasining ulug' siymolariga taqlid qilgan bir davrda Ahmad Poshoning Navoiy ijodiga yondoshishi ijobiy holdir. Edirna shahrida tug'ilgan Ahmad Posho Sulton Mehmed 11, Fotih, uning o'g'li Boyazid 11larning homiyligida bo'lib, yuqori lavozimlarda ishlagan. 1481 yili Boyazid 11 Ahmad Poshoni Bursa shahrining hukmdori qilib tayinlaydi. Ilmiy manbalardagi ma'lumotlarga qaraganda xuddi shu yillari A. Navoiyning bir qancha g'azallari (33ta) Turkiyaga yetib borgan. Sulton darhol bu g'azallarni Bursaga, Ahmad Poshoga yuboradi va ularga nazira bag'ishlashni shoirdan iltimos qiladi. Bu g'azallar Ahmad Poshoga juda yoqqanligidan, shoir o'z qo'lida bo'lgan Navoiy g'azallarining hammasiga nazira bag'ishlaydi. Ahmad Posho Nizomiy, Jomiy kabi ulkan so'z san'atkorlari ijodi bilan tanish bo'lgan. Lekin Navoiyning g'azallarigina uning ijodiga juda katta ta'sir o'tkazadi. Ahmad Poshoning Navoiy g'azallariga bag'ishlangan ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.81 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:51
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.81 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:51 ]
Arxiv ichida: docx