AMIR XUSRAV DEHLAVIY (1253-1325) Xusrav Dehlaviy Keshda yashagan Hazorai Lochin turk qavmidan bo'lgan. To mug'ullar istilosigacha ular Poimurg va Keshda tirikchilik o'tkazgan. Mug'ullar bostirib kirgach mazkur qavm Hindistonga ko'chib boradi va uning otasi Sayfiddin Mahmud Dehlidagi bir Sultonning qo'lida xizmat qiladi. Otasi 1261-yilda (hijar 651) Hindistonda mug'ullarga qarshi kurashda halok bo'ladi. Maktab va madrasa tahsilini olgach u 1273-yili Sulton Mamluk xizmatiga o'tadi. Keyinchalik Dehlida G'iyosiddin Balban, 1281-yili G'iyosiddin Muhammad Sulton uni xizmatiga oladi. 1286-yili u Patyoliyga onasi va ukasini oldiga qaytadi. Amir Xusrav Dehlaviy tasavvuf ilmini o'rganib, darveshlikni ixtiyor qildi va Shayx Nizomiddin Dehlaviyga murid tushdi. 1299-yilda uning boshiga musibat tushdi, ya'ni onasi va ukasi vafot etdi. Bu g'amni u «Layli va Majnun» asarida ham tilga oladi. Tarixiy manbalarda keltiradiki, Amir Xusraviyning yetti farzandi bo'lgan: Mastura Ma'sud Xizr Rukniddin Afifa Ayniddin Muborak Malik Ahmad Dehlaviy merosini quyidagilar tashkil qiladi: «Chor devon» «Tuhfat-us-sig'ar» (yoshlik ayyomi, 1272) «Vasat ul-hayot» (o'rta yosh, 1286) «G'urrat ul - kamol» (kamolot davri, 1302) «Baqiyat-ul-naqiya» (qarilik, pirlik 1314) Nizomiy Ganjaviyning «Xamsa»siga javoban «Panj ganj» ini yozadi: «Matla'-ul-anvar», «Maxzan-ul-asror» ga javob tarzida bitilgan «Shirinu Xusrav»-«Xusravu Shirin» «Majnunu Layli»- «Layliu Majnun» «Hasht behisht»- «Haft paykar» «Oynai Iskandariy»-«Iskandarnoma» Tarixiy mavzularda quyidagi asarlarni yozgan: «Duvalroiy va Xizrxon» «Qiron-us-sa'dayn» «No'h sipehr» «Tug'luqnoma» «Ruh ul-oshiqin» «Mantiq ul-ushshoq» «Xazoin ul-futuh» Xusrav Dehlaviy maktablarini yig'ib, «E'chozi Xusraviyni» tuzgan bo'lsa, insholarini «Inshoi Amir Xusraviy» sarlavhasi bilan tartib berdi. Amir Xusraviy yozgan «Xamsa»ning besh dostonini to'liq tahlil etishning iloji yo'qligi bois «Matla'-ul- anvar»dagi boblarning mavzularini ko'rib chiqamiz. Mazkur asarni shoir ikki hafta ichida yozgan. U 3310 baytdan iborat bo'lib, musallasi maqsur vaznida yozilgan avvalgi maqolat baland darajada va martabaga ega inson haqida. Muso payg'ambar to'g'risidagi hikoyat fikrlarning isboti yang'lig' ko'zga tashlanadi: Charx turo bahri sharaf soxta, Tu tani xud degi alaf soxta. Dil, ki zi pasty so'i bolo shitoft, Har chy furo' did, hamma hech yoft. Ikkinchi aqola ilm fazilati va johillik xususida bo'lsa, uchinchisi qalb, ruh va shuurga ma'naviy ta'sir etuvchi suxan, to'rtinchisi Ollohning yagonaligi hamda musulmonchilikning 5 asosi, beshinchisi pokiza axloq, oltinchisi so'fiylik va tarkidunyochilik, yettinchisi nafs pokiziligi, sakkizinchisi ishq martabasi, to'qqizinchisi do'stlik, o'ninchisi ota-ona va farzand hamda xesh taborlarning munosabati, o'n birinchisi javonmardlik, saxovat, xusumat, o'n ikkinchisi islom g'oziylari-podshohlari, o'n uchinchisi- mamlakat hukmdorlari, o'n to'rtinchisi-diyonat, o'n beshinchisi-shaxsning adabi, o'n oltinchisi-insonning surat va siyrati, o'n yettinchisi umrning uch fasli-yoshlik, yigitlik, qarilik, o'n sakkizinchisi vahdat ul-vujud, o'n to'qqizinchisi dunyoi dundan shikoyat, yigirmanchisi farzandga nasihat xususidadir. Ayni shu «Matla' ul-anvor» ni yozayotganda shoir yetmish yoshda bo'lib, asarni ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.7 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:52
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.7 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:52 ]
Arxiv ichida: docx