Arman adabiyoti

Arman adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
Arman adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

ARMAN ADABIYOTI Arman xalqi qadimiy boy madaniyat va adabiyotga ega. Ertak, qo'shiq, terma, epik doston va afsona, maqol va hikmatli so'zlarni o'z ichiga olgan arman xalq og'zaki ijodi yozma adabiyot uchun asos manba sanaladi. Turli davrlarda ijod etilgan Artashes va Snetik, Tigran va Ajdaak, Arshak va Shapux, Tarush va Mush, Mokaz Mirzolar to'g'risidagi dostonlarning katta tarixiy hamda ma'naviy ahamiyati bor. VII-X asrlarda arab bosqinchilariga qarshi kurashgan arman xalqining hayotini qahramonlik dostoni «Sosunlik Davud», o'z ichiga singdirgan. Arman xalq og'zaki ijodi namunalaridan- XIX-XX asrning taraqqiyparvarlari X.Abovan, P.Proshyan, G.Agayan, A.Isaakyan, O.Tumanyanlar o'z asarlarida keng ko'lamda foydalanishgan. V asrga kelib armanlarning mustaqil davlat bo'lib birlashishiga intilishlari kuchaygan bir vaqtda adabiy hayotning birmuncha jonlanishi arman tilida yozma adabiyotning paydo bo'lishiga ehtiyoj tug'dirdi. VI asrda (393) mashhur ma'rifatparvar olim-episkop Mesrop Mashtoq tomonidan arman yozuvining ixtiro qilinishi original va tarjima adabiyotining jadal tarzda rivojlanishiga turtki bo'ldi. VII-IX asrlarda arab istilochilari zulmida armanlar ezilgan va 886 yildagina ozod bo'lgan bo'lsa, XI asr o'rtalarida Vizantiya bu xalqni mustamlakasiga aylantirdi. XII asrda Gruziyaning ko'magi bilan armanlar Vizantiya va saljuqiylar bosqinidan ozod bo'lishdi. Mustaqil armanga Kilikiya rodsholigi o'rnatildi. XII asrga kelib «grabar» deb ataluvchi qadimgi arman tili o'lik tilga aylana borib, shoirlar o'z asarlarini «O'rta arman tili» deb yuritiladigan tilda yoza boshladilar. XIV asrda Kilikiya davlati yiqitilib, Eron va Turkiya hukmdorlari tarafidan armaniston tuprog'idagi xalq talandi. Ammo armanlar o'z ona tilining sofligi va milliy adabiyotining ravnaqi uchun kurashni izchillik bilan davom ettirdi. Bu sohada Ovanes Tulkurantsi (XIV) Mkrtich Nagosh (XIV), Grigor Axtaramtsi (XVI), Naapeg Kuchak (XVI), Nagash Ovnagan (XVII), Bagdasar Dpir, Sayat Nova singari shoir va adiblarning xizmati katta. XIX asr boshlarida Sharqiy Armanistonni Rossiya bosib oldi. Uch tarafdan ezilgan arman xalqining ohu-nolalarini arman adabiyotining asoschilaridan biri Xachutur Abovyan o'zning «Armaniya yaralardi» asarida tasvirlagan. G'afur G'ulom, Uyg'un, Sharof Rashidov, Zulfiya singari yozuchilarning asarlari chop etildi. O'zbek kitobxonlari O.Tumanyanning «Anush», Ye.Charentsning «Charentsdan salom», N.Zaryanning «Atsavan», G'.Sevuntsning «Tehron» epopeyasi, Kaputikyanning she'riy to'plamidan bahramand bo'lishdi. Shu barobarida «Farhod va Shirin» ni Mikael Koryun arman tiliga, «Sosunlik Dovud» eposini Maqsud Shayoxzoda va G'afur G'ulom o'zbek tiliga tarjima qildilar. Hozirda Armaniston milliy markazi to'laqonli faoliyat yuritib, ikki mustaqil davlatning hamkorligini mustahkamlashga harakat qilyapti. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 9.74 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:53 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 9.74 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga