Bekzod Kamoliddin (1455-Hirot- 1536)-buyuk miniatyurachi musavvir, Sharq uyg'onish davri yetuk san'atkori. Hirot miniatyura maktabi asoschisi; muzahhiblar yetakchisi, ustozi. Ikkinchi Moniy degan faxriy unvonga sazovor bo'lgan. Tarixchilardan Mirzo Muhammad Haydar, Do'st Muhammad va Qozi Ahmadning ma'lumotlariga ko'ra, B.ni Sulton Husaynning kitobdori Mirak Naqqosh o'z tarbiyasiga olgan. B. musavvirlikni Pir Sayd Axmad Tabriziydan o'rgangan, o'z ijodida musavvir Xalil Mirzo Shohruhiy badiiy uslubini davom ettirib, uni rivojlantirgan va kamolga yetkazgan, yosh musavvir iste'dodi juda tez shakllangan. Bunda Alisher Navoiyning murabbiylik faoliyati ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan. Navoiyning shaxsiy kutubxonasida o'sha davrning yetuk san'atkorlari Mirak Naqqosh, Hoji Muhammad kabi musavvirlar, Hofiz Muhammad, Zayniddin Mahmud, Sulton Muhammad Hyp kabi xattotlar ijod bilan band bo'lganlar. B. shu kutubxonada, ayniqsa, xattot Sultonali Mashhadiy va Yoriy Muzahhib bilan yaqin ijodiy hamkorlikda bo'lgan. B. ijodining mavzu doirasi, qahramonlari shu yerda-Navoiy va boshqa san'atkorlar ijodi ta'sirida kamol topgan. B. musavvir sifatida tanilgach, Sulton Husayn saroyiga xizmatga chaqirilgan. 1487 yil Sulton Husayn farmoni bilan B. saltanat kutubxonasiga rahbar etib tayinlangan. Keyinchalik bu joy o'z davrining badiiy akademyyasiga aylanadi. Uni mutaxassislar Nigorxonayi Behyud yoki Behzod akademiyasi deb ataganlar (q. Hirot minniatyura moktabi). Musavvir Hirotda Navoiy va Sulton Husayn hayotlik davrida qizg'in ijod bilan band bo'ddi, ko'plab mo''tabar qo'lyozmalarni yaratishga rahnamolik qildi, ma'lum qismini nafis rasmlar bilan ziynatlashda shaxsan ishtirok etdi, qator zamondoshlarining-Navoiy, Jomiy, Sulton Husayn va boshqalarning chexrakushoy (portret)larini yaratdi, bir guruhyoshlarga rassomlik sirlarini o'rgatdi. 1507-10 yillarda B. Hirotni egallagan Muhammad Shayboniyxon xizmatida bo'ldi. Bu davrdan bizgacha B. yaratgan Shayboniyxon portreti yetib kelgan. 1510 yil Hirot shahri safaviylar qo'liga o'tadi. 1520 yilda Shoh Ismoil yosh shahzoda Tahmosibga rasm o'rgatishi uchun B.ni o'z saltanati poytaxti Tabriz shahriga taklif etadi, 1522 yil esa maxsus farmon bilan rassomni o'z kutubxonasidagi kitobat axli (kotib, naqqosh, muzaxlib, jadvalkash, halkor, zarko'b, lojuvardsho'y va boshqalar)ga mutasaddi etib tayinlaydi. 1524 yil Shoh Ismoil vafotidan keyin Shoh Tahmosib davrida ham B. katta obru va e'tiborga ega bo'lgan. Tabrizda B. Sulton Muhammad, Og'a Mirak va Mir Mansur kabi musavvirlar bilan hamkorlikda ijod qildi. Qozi Ahmadning ma'lumotiga ko'ra, B. hayotining oxirida ona shaxri Hirotga qaytgan va shu yerda vafot etgan. Musavvirning qabri Ko'hi Muxtor (Murod tog'i; Afganistan hududida)ning xushmanzara joyida. O'rta sharqda 17-asrgacha rassomchilikda asosiy taraqqiyot yo'nalishini belgilab bergan B. ijodi uning zamondoshlari tomonidan yuqori baholangan. B. o'zidan oldingi rassomlar an'analarini davom ettirdi va boyitdi. Asarlarining tarxi murakkab, erkin harakatlarga boy, yorqin, jozibador ranglardan tuzilgan bo'lib, ular o'zaro uyg'un. Tabiat jonli, hayot manzaralari aniq va haqqoniy, isxonarli va ta'sirchan tasvirlangan. Chiziqlar nihoyatda ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.77 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:57
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.77 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:57 ]
Arxiv ichida: docx