Belorus adabiyoti

Belorus adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
Belorus adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

BELORUS ADABIYOTI Belorus xalqi ko'p asrlar davomida san'at-adabiyot sohasida juda boy va xilma-xil adabiy-madaniy merosga egadir. Juda ko'p belorus ertaklari, afsona va rivoyatlari, lirik va tarixiy qo'shiqlari, maqol va hikmatli so'zlarida mehnatkash xalqning hayoti, uning orzu-umidlari o'z aksini topgan. Belorus adabiyotining ibtidosi Kiyev Rusining madaniyati, yozma adabiyoti va xalq xalq og'zaki ijodiga borib taqaladi. XI-XII asrlarda Kiyev Rusida yaratilgan asarlarning bir qismi Belorusiya tuprog'ida yaratilgan. XII-XIV asrlarda Belorusiya tuprog'i Buyuk Litva knyazligiga qo'shilgan bo'lsa-da, litvaliklarning o'z yozuvi bo'lmagani uchun knyazlikda davlat tili belorus tili hisoblanardi, qonunlar, yilnomalar shu tilda yozilardi. Ayni shu tilda boshqa tillardan tarjimalar ko'paydi. XVI asrda «Litva statusi» yaratilib, uch marta nashr ettirildi. XVI asrda Litva knyazligi mustaqilligini yo'qotib, Polshaga qo'shildi. O'z-o'zidan panlarning jabr-zulmi kuchaydi. O'z davrining olimi Georgiy Sqorina tarjimonlik va nashrlik faoliyatini avj oldirib, mavjud holatni tasvirlashga harakat qilgan. Belorus adabiyotining XVI asr oxiri XVII asr boshlarida yashagan yirik vakillari Vasiliy Tyapinskiy, Stefan Zizaniy, Afanasiy Filippovich, Simon Budniy, Montiy Karpovich, Simeon Polotskiylar xalq manfaatlarini yoqlab, katolik zug'umiga qarshi kurashni dav'at qildilar. 1697-yilda Polsha seymi belorus tilida kitob nashr etish, sud, maktab va muassasalarda ish yuritishni man etdi. XIX asrning 20-30-yillarida beloruslar Rossiya bilan birlashgach, adabiy tilda jonlanish sezila boshlandi. Mualliflarni noma'lum bo'lgan «Yeneidaning akasi», «Parnasdagi Taras» asarlari ayni shu davr mahsulidir. Dunin Martsinkovich liberal-dvoryan adabiyoti namoyandasi bo'lib, mazkur davrda «Qishloqi qil» libretto, «Gapon» dostoni, «Seyllar», «Cho'milish» she'riy hikoyalari, «Pan shlyaxtasi», «Sovchilik» pessalarini yozgan edi. 1863-yili dehqonlar qo'zg'aloni barobarida tug'ilgan publitsistik xalqchil shoir Franshin Bogushevichni yetkazib berdi. Keyinchalik Bogushevich ortidan uning ishlarini Yanka Luchina, Adam Gurinovichlar, Yanka Kupala, Yakub Kolas, Aloiza Tyotka kabilar davom ettirishdi. Eng muhimi, bu adiblar klassik adabiyotning estetik prinsiplariga amal qilganlar. Yanka Kupala Vataniga sadoqat ramzida «Igor jangnomasi» belorus tiliga tarjima qilgan bo'lsa, Yakub Kolas «Yangi yer», «Simon muzikant» dostonlarini tugalladi. XX asrning 20-yillarida adabiyot maydoniga K.Krapiva, K.Chorniy, A.Zaritskiy, M.Linkov, shoirlardan A.Aleksandrovich, P.Glebka, P.Brovka, M.Xvedorovich o'zlarining g'oyaviy sog'lom, badiiy jihatdan baquvvat asarlari bilan kirib keldilar. Ya.Movra, A.Yakimovichlar belorus bolalar adabiyoti taraqqiyotiga salmoqli hissa qo'shdilar. Dramaturgiyada V.g'arbatsevich, ye.Romanovich, I.Gurstsiy, A.Zaritskiy, M.Gromshen singari iste'dod egalari qalam tebratganlar. 1939-yilda G'arbiy Belorusiyaning Belorusiya davlatiga qo'shilishi bilan adabiyot olamiga Maksim tank, F.Pestrak, M.Mashara, A.Kuleshov, P.Panchenko, E.Ognetsvet, A.Staxovich, V.Kravchenko kabi yozuvchi va shoirlar kirib keldi. O'zbek-belorus adabiy hamkorligi kundan-kun yangi mohiyat kasb etib borayapti. Belorus yozuvchilarining asarlari Mirtemir, Mirmuhsin, Mamarasul Boboyev, G'afur G'ulom, Zulfiya tarjimasida o'zbek kitobxonlariga yetkazilgan bo'lsa, Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostoni, Oybekning «Navoiy», Abdulla Qahhorning «Sinchalak», Sharof Rashidovning «Bo'rondan kuchli» asarlari Belorus adiblari tomonidan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.47 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:57 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.47 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga