BERDAQ (1827-1900) Berdimurod Qarg'aboy o'g'li Berdaq Muynoq tumanida baliqchi oilasida tug'ilgan. Yoshligida ota-onasi vafot etgach, shoir ovulma-ovul yurib tirikchilik qiladi. Dastlabki tahsilni ovulidagi maktabda keyinchalik madrasada davom ettiradi. Berdaqning ijodi 18-19 yoshlarida do'mbira chertib she'r aytishidan boshlangan. 25 yoshida ichte'dodli shoir sifatida xalq orasida tanildi. Berdaq xalqning ahvolini yaxshi tushunardi. Uning «Xalq uchun» she'rida mavjud hayot hech bir bo'yoqsiz tasvirlangan. Shoirning «Shajara», «Xorazm», «Amongeldi», «Aydosbiy», «Ahmoq podsho» asarlarida ilk bor jafokash, munis ayollar siymosi chizilgan. O'zbek kitobxonlari 1961- yilda Berdaqning she'rlar to'plamidan bahramand bo'lishdi. Yigit bo'lsang arslon kabi tug'ilgan, Hamisha sen xizmat etgil xalq uchun. Yigit bo'lsang asrlon kabi tug'ilgan, O'zim deyman, g'amxo'rlik qil xalq uchun. Shoirning nazdida, yigit kishi el yurti uchun xizmat qilsa, murodiga yetadi. Dushmanning dodini bersa, Vatanni himoya qilsa, ulus undan minnatdor bo'ladi. Etarsan murodga, gar xizmat etsang, Eling yo'llaganda har qayon ketsang. Har qachon dushmanning boshiga yetsang, Kuch ayamay, xizmat ayla xalq uchun. Bilim insonni yuqori cho'qqilarga olib chiqadi. Agar yigit bilimdon bo'lsa, ustiga ustak hunar egasi bo'lsa, xalqqa undan katta foyda keladi. Yigit degan yaxshi bilimdon bo'lur, Bilim, hunar yigit uchun shon bo'lur. Aqlsizlar ishi ko'p yomon bo'lur, Ahmoqlar hech xizmat etmas xalq uchun. Berdaq o'zining og'ir ahvolda yashagani, yoshligida ovulma-ovul yurib og'ir mehnat qilganini satlarda jo etgan. Bo'lmadi hech yerda manzil-makonim, Zahru zaqqum bo'ldi ichgan-eganim. Aytmas-da bo'lmadi mening deganim, Kuyganlikdan jon qiynalur xalq uchun. Ammo shoir barcha qiyinchiliklarni xalq, el-ulus farovonligi yo'lidagi qiynalish deb qabul qiladi. Og'ir kunlar o'tib, yaxshi, farovon, ozod kunlar kelishiga isxonadi: Shoir edim, ko'zim ko'rganin yozdim, Ko'nglimning bilganim, sezganim yozdim. Zamon jafosidan sarg'aydim, ozdim, Kelurmi deb yaxshi kunlar xalq uchun. «Yoz kelurmi» asari Berdaqning siyosiy qarashlarini to'liq aks ettirgan. Unda istilochilar tomonidan ezilgan qoraqalpoq xalqining ko'ksiga qachon istiqlol, ozodlik, quyoshi tegarkin degan ilinj yotibdi. Dovul turdi, tuman yurdi, Fuqaroga yoz kelurmi? Qo'shnimning qamishin surdi, Fuqaroga yoz kelurmi? Qish va yoz faslining qarama-qarshi qo'yish asnosida shoir aytmoqchiki, istilochilarning xatti-harakati qishga, fuqaroga ozodlik kelishi yozga mengzatiladi. Jon achitar qora sovuq, Yoz kelmasdan bo'ldi yovuq. Umr bo'yi shunday xo'rlik, Fuqaroga yoz kelurmi? Qishning qahri shunchalik qattiq keldiki, bechora fuqarolarningn ichishga yovg'oni, yurishga ot ulovi, yotishga to'shak-to'shi qolmadi. Yovg'onim yo'q, ichay desam, Ot-ulov yo'q , tushay desam. To'shagim yo'q, to'shay desam, Sho'rlik elga yoz kelurmi? Shoirning ozodlik haqidagi ilinjlari u yoki bu darajada boshqa asarlarida o'z ifodasini topgan. Umr bo'yi haq va haqiqat deb kurashgan shoir isxonadiki, yashnab, yayrab yoz fasli keladi. Haq qayda, haqiqat qayda? Shunday azob hamma joyda. To'qlaridan yo'q, qittak ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.73 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:57
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.73 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:57 ]
Arxiv ichida: docx