Chingiz Aytmatov

Chingiz Aytmatov

O'quvchilarga / Adabiyot
Chingiz Aytmatov - rasmi

Material tavsifi

CHINGIZ AYTMATOV Qirg'iz adabiyotini yangi pog'onaga olib chiqqan yozuvchi, jamota arbobi Chingiz Aytmatov 1928-yilda Sheker qishlog'ida tug'ilgan. O'rta maktabni bitirgach, qishloq xo'jaligi institutining zootexnika fakultetida o'qiydi. Uning 1952-yilda kichik-kichik hikoya va povest, ocherklar yozishdan boshlangan. «Yuzma-yuz», (1957), «Jamila» (1958), «Birinchi muallim» (1960), «Sarvqomat dilbarim» «1961», «Bo'tako'z», «Somon yo'li («Momo yer»)» (1963) asarlari o'sha vaqt nasrida olamshumul o'nglanish edi. Sho'ro davrida adib o'zining «Tog'lar va dashtlar qissasi» asari uchun davlatning eng oliy mukofotiga sazovor bo'lgan edi. Chingiz Aytmatov 1979-1980-yillar orasida «Asrga tatigulik kun», «Qiyomat» asarlarini kitobxonlarga taqdim etib, unda o'zining og'ir kechgan bolalik yillarini jo eta oldi. Ma'lumki, adibning otasi To'raqul Aytmatov o'z vaqtida sho'ro hukumatining turli idoraladida mas'ul lavozimlarda ishlagan. Qatag'onning 30-yillarida uni qamoqqa olishadi va yo'q qilishadi. Odamlarni, hayotni g'oyat yaxshi bilgan va chin yurakdan sevgan adib o'z asrlarida kishilar uchun juda aziz, juda zarur bo'lgan tuyg'ularni, holatlarini, mavzularni qalamga oladi. Adib asarlarida oddiy mehnat kishilari-ishchilar, chorvadorlar, dengizchilar, ziyolilarning obrazlarini chizadi. Lekin jamiyat faqat shulardangina iborat emas. Atrofimizda oddiy temiryo'lchi bilan birga tekinxo'rlar, o'z mehnati bilan kun kechiradigan dehqon, yuk tashuvchi, kosib, sut sog'uvchi, paxtakor, oshpaz, nonvoy bilan yonma-yon kasb-qorining tayini bo'lmagan fosiq, aroqxo'r, tovlamachi, firibgar, muttahamlar ham yetarlicha topiladi. Bundan ko'z yumib bo'lmaydi. Ularning o'z nuqtai nazari, a'mollari, o'z e'tiqodlari, o'z manfaatlari bor. U qanday din, mazhab, siyosiy ijtimoiy guruh yoki partiyalarga mansubligidan qat'iy nazar, shafqatli va shafqatsiz diyonatli va diyonatsiz, insofli va insofsiz, oliyjanob va qabih, samimiy va manfur odamlarni ko'radi. «Asrga tatigulik kun» romanida voqealar asosan Sario'zak cho'lida, Bo'ronli temir yo'l bekatida bo'lib o'tadi. Gap butun ongli hayotini bekatda oddiy temiryo'lchi bo'lib yashagan Kazangapni vafotidan so'ng dafn etish taraddudlari tasviri bilan boshlanib, romanning nihoyasida sarosim musibat bilan tugaydi. «Qiyomat» da Akbara bilan Toshchaynar romanining deyarli barcha syujet chiziqlarini bir-biriga bog'langan asosiy qoplovchi syujet-vosita bo'lsa, «Asrga tatigulik kun» da Qoranor mazkur vazifani bajaradi. Shirali, favqulodda o'ziga xos maroqli va jozibador usul-uslub: o'tmish manzaralari, xalq donishmandligi, hikmatlar bilan omuxta qilingan real voqelik lavhalari, o'zicha olganda aqlni lol qilishdan yiroq bo'lgan odmi-jo'n turmush tarzining tafsilotlari bilan «to'ldirilgan», «bezatilgan», «tasdiqlangan» rivoyatlar muallifining hikoya qilish samimiyatini ta'minlaydi. Romanda har xil tiplar, turli-tuman harakatlar yaratilgan. Kazangap-oqil, Edigey-sobit, Nayman ona- buyuk jabrdiyda, Oyzoda-mushtipar, Sobitjon-vaysaqi, leytenant Tansiqboev-g'irt to'pori. Har bir personajning o'z xulq-atvori, o'z e'tiqodi va falsafasi, o'z manfaati va ichki dunyosi tabiiy isxonarli tarzda ochib berilgan. «Qiyomat» romanida Akbara bilan Toshchaynar, Iisus Xristos, Avdiy Kallistratov, Guram Jo'xadze, Bo'ston O'rkunchiev, Bolgariya xor kapellasi bilan bog'liq voqea va manzaralarning har biri alohida roman, qissa va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 10.5 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:00 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 10.5 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga