DANTE IJODI Dante 1225-yil may oyining ikkinchi yarmida Florentsiya eski dvoryan oilasida dunyoga keldi. Uning otasi dvoryan tabaqadan bo'lishiga qaramay xalqning quyi tabaqasi qo'llab quvvatlaydigan, o'z navbatida ularning manfaatlarini himoya qiladigan gvelflar partiyasining a'zosi edi. Dante Aligeri ham otasining siyosiy yo'lini davom ettirib savdo hunar partiyasi gvelflar partiyasiga a'zo bo'lib kiradi. Dante Bolonyada huquqshunoslik maktabida o'qib bilim oladi, fransuz, ingliz va qadimgi Yunon tillarini o'rganadi. Antik adabiyotga qiziqib, uni sevib o'rgana boshlaydi. Dante juda erta lirik she'rlar yozishga kirishadi. Shu narsani alohida qayd etish kerakki, Dante voyaga yetib kelayotgan davrda Italiyada Markazlashgan hokimiyatni yuzaga keltirish uchun kurashayotgan dvoryanlar partiyasi-gibellinlar bilan milliy davlat tuzishga intilayotgan, demokratik yo'nalishlarni qo'llab quvvatlayotgan savdo hunardmandlarga tayanadigan gvelflar partiyasining bir-biriga qarshi siyosiy kurashlari nihoyatda qizib ketgan edi. Ayniqsa, Dantening vatani bo'lmish Florentsiya bu siyosiy kurashlarning markaziga aylangan edi. Dante siyosiy kurashlarga berilib ketib Florentsiya kommunasi tomonida bo'lib turib dvoryanlar partiyasining a'zolari gibellinchilarga qarshi keskin kurash olib bordi. Dante gvelflar partiyasining sul kanotini tashkil etadigan ok gvelflar tomonida turib mansabparast papa Bonifatsiy 8 tartib qoidalariga qarshi kurashdi. Birok papa partiyasi g'alaba qozongach 1302-yilda Florentsiyadan quvilgan Dante darbadarlikda Verona, Mantuya va Parijda yashadi.U bir umr o'z ona yurtiga qaytib kelish ishtiyoqida kuyib yondi, lekin uning bu niyati ushalmadi.Dante umrining so'nggi yillarini xam Lukka va Ravenada o'tkazib, vataniga qaytib kelmasdan hayotdan kuz yumdi. Dante chet ellarda surgunda hayot kechirish jarayonida uning siyosiy ongi uzil kesil shakllandi.U bir umr Italiyada tinchlik va birlik urnatilishini orzu qildi, shoir o'zining bu ezgu orzusi papa hokimiyatiga imperator hokimiyati zarba bersagina amalga oshishi mumkin, degan xulosaga kelgan edi. Dantening birinchi lirik she'rlar to'plami «Yangi hayot» deb nomlangan edi. Bu lirik to'plamga Dante o'ttizta she'rini joylashtirgan. Shoir mazkur lirik she'rlarida go'zal ayol Beatriche Portinariga bo'lgan o'zining buyuk muhabbatini hikoya qiladi. Beatriche Florentsiyalik yosh va nihoyatda go'zal ayol bo'lib, 1290-yilda 25 yoshga tular tulmas bevaqt vafot etgan edi. Bu go'zal ayol Simon dei Bardi degan kishiga turmushga chiqib, ular tezda ajralishgan edi. Dante «Yangi hayot» ni 1292-1293-yillar ichida yozgan. Bu davrlarda Italiya jamoatchiligi yangi bir hayotni qo'llab, uning bo'sag'asida turar edi, san'at, poeziya, falsafa olamida ham yangi bir yo'nalishga intilish kuchayib borayotgan edi. Dantening mazkur she'riy to'plami yaxlit bir kompozitsion qurilma asosiga birlashtirilgan bo'lib, bu to'plamni Beatriche dei Bardiga bo'lgan shoirning buyuk muhabbatini hikoya qiluvchi sevgi qissasi ham deb atash mumkin. Dante Biatricheni pokiza va musaffo qiz deb ataydi.Beatriche shoirga bitmas tuganmas ilxom berib, ijodiy izlanishlarga qanoatlantirgan. Shoir aytadiki, kimki agar Biatricheni ko'rishga muvaffak bo'lsa, undan ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.62 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:01
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.62 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:01 ]
Arxiv ichida: docx