Emilian Bukov

Emilian Bukov

O'quvchilarga / Adabiyot
Emilian Bukov - rasmi

Material tavsifi

EMILIAN BUKOV Moldavan adabiyotining yirik arboblaridan yemilian Nesterovich Bukov Bessarabiyaning janubidagi Yangi Kiliya shahrida 1909-yilda Bog'bon oilasida tug'ilgan. Kishinyovdagi litseyda o'qigach, Buxarest universitetining falsafa fakultetida tahsil olgan. Taraqqiyparvar rumin jurnallari bilan hamkorlik qilib, o'z maqolalarida V. Mayakovskiy ijodini targ'ib etgan. Xalqning kelajagiga ishonch g'oyasi shoirning «Unumli mehnat», «Quyosh so'zi», «Xitoy» to'plamlariga kirgan she'rlarida o'z ifodasini topgan. Moldavan xalqini ozod ko'rish-shoirning maqsadi. U «Zanjining duosi» she'rida bu g'oyani go'zal tarzda tasvirlaydi asar qora zanjining Ollohga iltijosi bilan boshlanadi. Tasvirlanishicha, zanjining yakkayu yagona Zayresjon ismli qizi oq tanli janobning tayog'i ostid vafot etadi. Iltifoting tutmagil darig', Ey xudoyim,mendek qulingga. Men g'ing demay, iltijo qilib, Boshim eggan edim yo'lingga. Mening xo'jam-oq tanli janob, Oppoq kun-u, oq bulutday oq. Shunday ekan, axir nega u- Sen tangrining sevgan bandasi- Bo'ldi mening yagona qizim- Zayresjonning shum kushandasi?! Uning qamchisidan Zayresjon, Shakarqamish niholsimon. Shart kesilib tag-tugi bilan, Ko'z o'ngimda jon berdi-ku jon! Zanji barcha kulfatlarni Xudodan ko'radi, shakkoklik qilib jamiyatdagi nafratini ham unga bildiradi. Zulm tig'i yetdi suyakka, Noilojdan yondim, hayqirdim, Gunohkorman, osiy bandangman. Zanjining eng so'nggi jang-imtihoniga dav'ati aslida shoirning so'zi, armoni, o'tinchidir. Dav'at etgum zanji avlodin, Eng so'nggi jang, zo'r imtihonga! Bayroq qilib qutlug' qonimiz, Ko'rsataman jumla jahonga! Emilian Bukov birin-ketin «Mening Moldovam», «Dnestrda bahor», «Mening Vatanim», «She'rlar» she'riy to'plami, «Reut shahri» she'riy romani, «Tug'yonli Dunay» dramalarini yozdi. Shoirning asarlari ko'p tillarga tarjima qilingan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.89 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:02 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.89 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga