Farhod va Shirinda komil inson

Farhod va Shirinda komil inson

O'quvchilarga / Adabiyot
Farhod va Shirinda komil inson - rasmi

Material tavsifi

Farhod va Shirinda komil inson Shohg'arib mirzoga bag'ishlangan bobda podshohlarning ilmli bo'lishi lozimligidan so'z yuritib, Ulug'bek mirzoni eslatishi sababsiz emas: Temurxon naslidin sulton Ulug'bek, Ki olam ko'rmadi sulton aningdek. Aning abnoyi jinsi bo'ldi barbod, Ki davr ahli biridin aylamas yod. Valek ul ilm sori topti chun dast, Ko'zi olinda bo'ldi osmon past. Rasadkim bog'lamish zebi jahondur, Jahon ichra yana bir osmondur. Bilib bu nav' ilmi osmoniy, Ki andin yozdi «Ziji Kuragoniy». Qiyomatga degincha ahli ayyom. Yozarlar oning ahkomidin ahkom. Demak, Alisher Navoiy Farhod va Shirin kabi komil insonlarning baxtli bo'lishi, orzu istaklariga erishishi uchun shart bo'lgan omil - bu odil podshohning o'qimishli, ilmli bo'lishi lozim deb biladi, ya'ni komil insonning maydonga kelishi uchun komil sharoit ham, ya'ni Farhodkush zamona - sharoit emas, balki Farhodparvar zamona - sharoit darkorligidan so'z yuritadi. Huddi shuni nazarda tutib, zamondoshlari bo'lgan tarixiy shohzodalarga murojaat qilib, ular shoh bo'lgach, shunga amal qilishlari lozimligini istardi. Alisher Navoiy dostonining bosh qahramoni Farhoddir. Shoir e'tiroficha, u ham, Husrav Dehlaviyda bo'lganidek, Farhodni Chin xoqonining o'g'li sifatida tasvirlaydi. Shunisi muhimki, xoqon oilasida dunyoga kelgan Farhodga nom qo'yish masalasiga shoir alohida e'tibor berib, shu nomni talqin qilishda, Farhodning tug'ilishi - kelajakdagi komil insonning tug'ilishi sifatida sharhlaydi. Birinchi sharh: Ki chun Xoqong'a tengri berdi farzand, Bo'lub ul hadya birla shodu xursand. Jamoli birla ko'nglin aylabon xush, Otin qo'ymoq sori bo'ldi raqamkash. Jamolidin ko'ringach, farri shohi, Bu fardin yorudi mah to ba mohi. Qo'yub yuz himmatu iqbolu davlat, Hamul far soyasidin topti ziynat. Bu javharlarg'a chun isnod topti, Murakkab aylagach Farhod topti. Keltirilgan misolning uchinchi va to'rtinchi baytlarida Farhod so'zining ma'nosi quyidagicha sharhlangan: Uchinchi baytda: Chaqaloqning yuzidan shohlik farri-shohlik shon shukuhi, yorug'ligi ko'rindi. Bunda Farhod so'zining birinchi qismi-«far» izohlangan. To'rtinchi baytida esa Farhod so'zining ikkinchi qismi-«hod» shunday izohlanadi: uning «h» harfi «himmat» so'zining birinchi harfidan, «alif»(o) «iqbol» so'zining arabcha yozuvda birinchi harfi-«alif»dan , uchinchi harfi «d» «davlat» so'zining birinchi harfidan olingan bo'lib, ular to'plansa («h»+ «o» + «d») «hod» so'zi kelib chiqadiki, uning ma'nosi «yo'l boshlovchi»dir. Bas shunday ekan, Farhod so'zining ma'nosi shohlik shon-shuhratiga ega bo'lgan, himmatu iqbol, baxtu saodat va davlat sohibi degan ma'noni anglatadi. Bu bilan Alisher Navoiy Farhod shohzodagina emas, balki eng olijanob fazilatlarga ega shohzoda ekaniga ishora qilmoqda. Ikkinchi sharh: Bu «far»ni «hodi»yi baxt etgach irshod, Ravon shohzoda otin qo'ydi Farhod. Bunda shoir «Farhod» so'zini ikki qismga - «far + hod» bo'lib shunday sharhlaydi: shohlik shon-shukuhi va olijanob fazilatlar egasi bo'lgan shahzoda Farhod - baxt tomon «hodiy»lik-yo'lboshchilik qiluvchi shaxsdir, ya'ni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.78 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:03 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.78 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga