Fedor Mixaylovich Dostoyevskiy F.M.Dostoyevskiy 1821-yil Moskvada vrach oilasida tug'ildi. Ular juda boy bo'lmasa ham, uylarida xizmatkorlari, izvoshchisi bo'lar edi. Onasining aka-ukalari Moskvadagi boy odamlardan edi. Oilada u faqat akasi Mixail bilan ruhan yaqin edilar. otasi, onasi va boshqalar uni unchalik tushunmas edilar. Fedor akasi Mixail bilan Moskvaning eng yaxshi pansionlaridan birida o'qishadi. 1832-43 yillarda Peterburgdagi Oliy Injenerlar bilim yurtida o'qiydi. 1847-yilda Petrashevskiy revolyutsion to'garagiga qatnay boshlaydi. Lekin ko'p o'tmay 1849-yilda hibsga olinadi, Petropavlovsk qal'asiga qamaladi. 1849-yil 22-dekabrda uni podsho qatl etishga hukm etiladi. Lekin hukm 4 yillik katorga bilan almashtiriladi va Sibirga Omsk turmasiga jo'natiladi. 1850-54-yillarda katorgada, 1854-57-yillarda Semipalatinskdagi 7-Sibir batalonida oddiy soldat bo'lib xizmat qiladi. 1857-yilda uning hamma fuqarolik va dvoryanlik huquqlarini qaytarib berishadi. 1859-yilda M.D.Isayevaga uylanadi, lekin baxtli bo'lolmaydi. 1861-yilda uning Haqoratganlar va tahqirlanganlar romani dunyoga keldi. 1862-yilda Dostoyevskiy chet elga safarga chiqadi: Fransiya, Germaniya, Avstriya, Italiyaga boradi. 1866-188-yillar davomida birin-ketin Jinoyat va jazo, O'smir, Telba, Aka-uka qaramazovlar va boshqa katta-katta romanlari yuzaga keldi. Dostoyevskiy 1872-yildan 1881-yilgacha Grajdanin jurnaliga redaktorlik qiladi. 1881 yilda vafot etadi, uni Peterburg shahridagi Aleksandr Nevskiy lavrasining Tixvin qabristoniga qo'yishadi. Dostoyevskiy murakkab va ziddiyatli buyuk yozuvchidir. U hayotni yaxshi tushunadigan, ma'naviy va moddiy johillikni yuzaga keltiradigan yolg'onu ikkiyuzlamachilikning, vijdonsizlikning basharasini ochib tashlaydigan shaxs sifatida adabiyotga kirib keldi. U hamisha o'z asarlarida shaxs va uning barkamolligi haqida bo'lgan savollarni o'rtaga tashlaydi va yechishga harakat qiladi. Dostoyevskiy qahramonlari boshqalarga o'xshamaydi. Uning qahramonlari kambag'allik, jabr-sitam, isyon haqida kam gapirishadi. Ularni boshqa muammolar o'ziga jalb etishgan. Dostoyevskiy ikki xil mavzuni bir-biriga qarshi qo'yardi: hukm yuritayotgan muhitga qarshi turishi kerak bo'lgan shaxs huquqi va shu shaxsning shu muhitga tobeligi. Shu ikki tushuncha huquq va tobelikni bir-biridan ajratib bo'larmikin? Dostoyevskiy inson qalbidagi eng nozik, eng chuqur, har qanday odamni ham hayajonlantiradigan fikrlarini, tuyg'ularini quyuq ranglar bilan tasvirlaydiki, asarlari bilan birinchi bor tanishgan kitobxon ularni osonlikcha hazm eta olmaydi. Dostoyevskiyning yana bir asosiy tomonlaridan biri zamonaviy o'zgarishlarning shaxsning o'zligini tanishda, ma'naviy qashshoqlanishda va shu shaxsning oilaga, jamiyatga, siyosatga, iqtisodiyotga ta'sirini yanada bo'rttirib ko'rsatishga intilishidir. Jinoyat va jazo Romanni tahlil qilish, sharhlash oson, negaki voqealar ko'z oldimizda voqealar rivojlanib, ko'lami kengayib boradi. Romanning asosi bo'lib Radion Raskolnikovning ishi xizmat qiladi. Romanda Raskolnikovning jinoyati va jazosi haqida mukammal gapiriladi, bu psixologik jarayonlar shunday tasvirlanadiki, inson benihoya, uning kallasida pishgan jinoyatdan oldinroq uning jazosi haqida o'ylaydi, lekin baribir undagi (Raskolnikov) kuchli shaxs haqidagi fikr uni jinoyatga undaydi. Romanda personajlar o'rtasidagi aloqa shunday uzviylashadiki, natijada romanning syujeti murakkablashib, muammolari chuqurlashib boradi. Romandagi ikki asosiy qahramon: ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.68 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:03
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.68 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:03 ]
Arxiv ichida: docx