Fitrat - biografiya

Fitrat - biografiya

O'quvchilarga / Adabiyot
Fitrat - biografiya - rasmi

Material tavsifi

FITRAT (taxallusi; asl ismi-otasining ismi Abdurauf Abdurahim o'g'li) (1886, Buxoro - 1938,4,10, Toshkent) - yozuvchi, tarixchi, adabiyotshunos. tilshunos, san'atshunos va siyosatshunos olim, davlat va jamoat arbobi. Birinchi o'zbek prof. (1926). Mir Arab madrasasida tahsil ko'rgan. 1402-03 y.larda haj safari munosabati b-n Turkiya, Hindiston va Arabiston mamlakatlarida, taxm. 1906-08 y.larda esa Markaziy Rossiyaning Moskva, Peterberg singari shaharlarida bo'lgan. Shundan keyin F. o'qishpi davom ettirish istagida Turkiyaga borib, 1909-13 y.larda Istanbulda yashagan. F. o'sha vaqtda Turkiyada kuchaygan Yosh turklar harakati ta'sirida Turkiyadagi buxorolik yoshlar yordamida «Buxoro tamimi maorif jamiyati»ni tuzadi. Jamiyat Buxoro va Turkiston maorifining olg'a siljishiga doir muhim ishlarni amalga oshiradi. F. Turkiyada tahsil olish, ma'ruzalar o'qish b-n birga samarali ijod ham qilgan. 1909 y. Istanbulda uning fors tilida yozgan «Munozara», «Sayha» («Nara») sheriy majmuasi, 1912 y. esa «Sayyohi hindi» («Bayonoti sayyohi hindi») asarlari nashr etilgan. Keyinchalik F.ning millatchi, turkparast va islomparast yozuvchi sifatida qoralanishiga sababchi bo'lgan bu asarlar 20-a. boshlarida Turkistondagi milliy uyg'onish harakatining norasmiy dasturi bo'lib xizmat qilgan. Ayniqsa, «Munozara» va «Sayyohi hindi» asarlari yoshlar dunyoqarashining keskin o'zgarishi va ularning jadidlar safiga kelib qo'shilishiga sababchi bo'lgan. F. vataniga qaytgach, Buxoroning turli tumanlarida o'qituvchilik qilib, jadidchilik g'oyalarini keng targ'ib etdi. Yosh buxoroliklar harakatining mafkurachisi va g'oyaviy rahbarlaridan biriga aylandi. 1915 y.dan esa Yosh buxoroliklar harakatining so'l qanotiga boshchilik qildi. 1917 y. Fevral voqealaridan keyin jadidlarning Buxoro amirligidagi ahvoli murakkablashgach, F. Samarqandga ko'chib borib, «Hurriyat gaz.da muharrir bo'lib ishladi (1917-18). Ayrim ma'lumotlarga qaraganda, F. shu yillarda «Ittihodi taraqqiy» tashkiloti Eski Buxoro bo'limining raisi ham bo'lgan. Kolesov voqeasi (1918 y. mart)dan keyin esa Toshkentga ko'chib kelgan. 1919-21 y.larda Afg'onistonning Toshkentdagi vakolatxonasida tarjimonlik qilgan, «Chig'atoy gurungi» ma'rifiy-adabiy uyushmasini, shuningdek, Tong jur.ini tashkil etib, yosh ziyolilar avlodini millatparvarlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga kirishgan. BXSR tashkil topishi b-n F. 1921 y.da maorif, 1922 y.da xorijiya-tashqi ishlar noziri, xalq xo'jaligi kengashi raisi, MIQ va Xalq nozirlari sho'rosi raisining o'rinbosari va b. lavozimlarda xizmat qildi. U shu davrda BXSR mablag'i hisobiga 70 nafar turkistonlik istiqbolli yoshlarning Germaniyaga borib o'qishi, Buxoroda Sharq musiqa maktabining tashkil etilishi, fan va madaniyat tarixiga doir xalq qo'lida sochilib etgan noyob qo'lyozmalarni to'plashda tashabbuskor bo'ldi. F.ning say-harakati b-n Bu-xoro jumhuriyatida turk (o'zbek) tili davlat tili deb elon qilindi; davlat teatri tashkil etilib, bu teatrda ishlash uchun Toshkentdan M. Uyg'ur va Cho'lpon, vaqf ishlarini boshqarish uchun esa M.Abdurashidxonov taklif etildi (1921). Ammo 1923 y. iyunda Moskvadan Ya.E. Rudzutak boshchiligida kelgan komissiya F.ni ishdan olib, uni Rossiyaga «chaqirib olingan» deb elon qildi va F. 1923-26 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.97 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:03 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.97 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga