FRANCHESKO PETRARKA (1304-1374) Italiya uyg'onish davri gumanizmining buyuk vakili. Italiya Uyg'onish davri gumanizmining buyuk vakili Franchesko Petrarka yetuk shoir; antik adabiyot olamini o'rganuvchi yetuk olim, mutafakkir, notiq sifatida olamga tanildi. Franchesko Petrarka 1304-yil, 20-iyulda Aretstso degan shaharda notarius oilasida dunyoga keldi. Uning otasi asli Florentsiyalik bo'lib, Dantening sodiq do'stlaridan bo'lib, gvelflar partiyasining haloqati munosabati bilan Florentsiyadan quvilib Aretstso shaharchasiga ko'chib kelib boshpana topgan edi. Petrarka Italiyaning Monpele va Bolonya shaharlarida huquqshunoslik sirlarini o'rganib, 1326-yilda ota-onasidan ajralgandan so'ng papa saltanati joylashgan Avinonga qaytib ruxoniylikni kabul qiladi.Lekin Petrarka ruxoniylik hukumatigak o'tgan bo'lsa ham cherkov mansabini sotish, aysh-ishratlar bo'lajak buyuk shoirning nafratini kuzatgan edi. U shoir sifatida dunyoviy muhabbatni kuylagan va insonparvarlik g'oyalarini uyg'onish davrining eng oliy tuyg'usiga otlantirishga juda ulkan xizmatlar qilgan buyuk mutafakkirdir. Petrarka ijodining daslabki bosqichlaridayoq go'zal ayol Lauraga bag'ishlangan ishqiy she'rlari bilan olamga mashhur bo'lib ketgan edi. Petrarka ijodini shartli ravishda uch bosqichga bo'lish mumkin. Shoir ijodini birinchi bosqichi 1318-133-yillarga tug'ri keladi.Bu davrlarda Petrarkaning talabalik yillari kechgan bu davrlarda u dastlab lotin tilida she'rlar yozgan bulsa, keyinchalik jonli italyan tilida yozishga ko'chadi.Petrarka ijodidagi ikkinchi davr 133-1363 yillarga tug'ri keladi. Bu davrda Petrarka o'zining asarlari orqali o'z zamonining siyosiy hayotiga chuqur kirib borib, Italiya milliy birligi uchun tinmasdan kurash olib bordi, gumanizmni ulug'ladi. Masalan, shoir 1347-yilda feodal tartiblariga qarshi Kola di Rientsi boshchiligidagi qo'zg'olonni qo'llab-quvvatlab «Oliy guruh» degan siyosiy kantsonasini kantsona-italyan va fransuz poeziyasida lirik she'r turi yozgan edi. Bu davrda qahramonlik «Afrika» (1339-1341) poemasi, «Mashhur kishilar haqida» (1338-1356), «Sir» (1342-1343) kabi qator asarlarini yozgan edi. Petrarka bu davrda Fransiya, Germaniya kabi mamlakatlarga sayohat qiladi, antik adabiyot tarixiga oid obidalarini topib, ularni xalqqa yetkazishga harakat qiladi. Shoirning «Afrika» poemasi antik rim adabiyotining yirik vakili Vergeliyning «Eneida» dostoni ta'sirida yozilgan bo'lib, unda Afrikani zabt etgan Rim milliy qahramoni Stsipionning g'alabalari madh etiladi. Shuningdek, Petrarka Vergeliyning «Bukoliklar» Cho'ponlik poeziyasi asariga ergashib o'zining 12 ta cho'ponlik hayotiga oid she'rlarini ham yozgan edi. Petrarka ijodining 1363-yildan to umrining so'ngi davrlarigacha bo'lgan uchinchi davri ham nihoyatda salmoqli bo'ldi. Petrarkaning «Unitilmaydigan narsalar haqida » nomli tarixiy asarida, «Dunyoga nafrat bilan qarash haqida» kabi qator falsafiy asarlarida ham Uyg'onish davrining dolzarb muammolari o'z ifodasini topgan. Ayniqsa, Petrarkaning ruhoniy Avgustin bilan munozarasi juda buyuklik kashf etadi: «Avgustin shoirdagi dunyoviy huzur halovatga intilish, she'riyat bilan band bo'lish, shon-shuhrat va sevgiga berilish kabi xislarning o'tkinchi narsalar ekanini aytib, uni bunday tuyg'ularni yengishga va faqat muqarrar o'lim va «Narigi dunyo» haqida o'ylashga chaqiradi. Petrarka Avgustin bilan qizg'in munozara qiladi. U sevgi ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.53 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:04
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.53 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:04 ]
Arxiv ichida: docx