GRUZIN ADABIYoTI Miloddan avvalgi ming yillikda paydo bo'lgan gruzin adabiyoti boy tarixiy manbaga ega. Gruzinlarda yozuv qadimdan mavjud. XI asrgacha ular xutsuri (cherkov yozuvi) deb ataladigan XI asrdan boshlab mxedruli (fuqaro yozuvi) nomli yozuvlar bilan ish yuritganlar. Gruzin yozma adabiyoti quyidagicha davrlashtiriladi: 1. Qadigi gruzin adabiyoti a) Ilk davri-V-XI asrlar b) O'rta davri- XI-XII asrlar v) So'nggi davri - XII-XVII asrlar 2. XIX asrdan XX asrgacha 3. Hozirgi zamon adabiyoti Gruzin xalq og'zaki ijodi qo'shiq, afsona, ertak, qahramonlik dostonlari, ballada, maqol va topishmoqlarga juda boy. Qadimgi Yunon tarixchisi Ksenofontning yozishicha, gruzinlarda miloddan oldingi IV asrlardayoq askarlar qo'shiqlarni xor shaklida ijro etganlar. Gruzinlarda Prometeyning muqobili Amirani bo'lgan va u haqda dostonlar yaratilgan. Gruzin yozma adabiyoti o'zining ilk bosqichida XI asrgacha ko'proq diniy-cherkov xarakterida bo'lib, gruzin qabilalarining ijtimoiy mohiyati bilan bog'liq edi. Sharq va G'arbdan hujum qilib kelgan bosqinchilarga qarshi kurashini uyushtiruvchi yagona kuch cherkov edi. Diniy-cherkov adabiyotining ilk namunalari tarjima asarlari edi. Sekin-asta diniy tashviqotlarga xizmat qiluvchi original sarlar yaratildi. V asrda yozilgan Yakov So'rtavelining «Jabrdiyda Shushaniki», XI asr boshlarida yaratilgan «Jabrdiyda yevstafiya Mtsxeteli», VII asrda yaratilgan «Jabrdiyda Abl Tbileli», «Nina Kappadokiyskayaning hayoti», IX asrda bitilgan «Grigoriy Xandztelining hayoti» asarlari fikrimiz dalilidir. Gruziya davlati Bunyodkor Dovud (XI), Georgiy (XII) va Tamara (XII asr) hukmronligi, davrida har tomonlama rivojlandi. Diniy-cherkov adabiyoti barobarida dunyoviy adabiyot takomil topdi. Qadimgi Yunon faylasuflari va fors-tojik adabiyoti namoyandalarining asarlari gruzin tiliga tarjima qilindi. Uyg'onish davri, ya'ni XVI-XVII asrlarda Gruziyada Shota Rustavelining adabiy merosi uchun kursh kuchaydi. Ijtimoiy ongning ilg'or vakillari Rustavelining o'z bayroqlari deb e'lon qilib, uni o'rganishga chaqirsalar, cherkov-din ahllari, aksincha, uni «kofir»likda aybladilar. Bundan tashqari, o'sha davr adabiy hayotida Sharq (fors) she'riyati ta'siridan qutilish va xalqchil milliy gruzin adabiyoti uchun kurash ham qizg'in edi. Shoh Gaymuraz I fors adabiyoti ta'sirini o'z ijodida namoyish qilib, «Yusuf va Zulayho», «Layli va Majnun», «Bulbul va gul», «Sham va parvona» dostonlarini gruzin tilida qayta ishlagan bo'lsa, shoir Archil milliy adabiyot yo'nalishini targ'ib etishga kirishgan edi. Archil o'z fikrlarini «Taymurad va Rustavelining bahsi» didaktik dostoni orqali isbotlashga harakat qildi. XVII-XVII asrlarda Gruziya she'riyatida oshug'lik oqimi ta'siri kuchli bo'ldi. Sayat Nova mazkur she'riyat vakili edi. U dehqon oilasida tug'ilgan. Yoshligidan o'zi to'qigan she'rlarni o'zi kuyga solib, ozarbayjon, arman va gruzin tillarida ijro etardi. Sayat bir necha vaqt Iraqliy II saroyida shoir va sozanda bo'lib ishladi. Saroy ahlining fisqu-fasodiga uchrab 765 yilda podsho dargohidan quviladi. Bu hodisa shoir hayotini tubdan o'zgartirdi. She'rlarida ijtimoiy hayotdan nolish, uzlatga chekinish, dunyodan voz kechish g'oyalari tarannus ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.37 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.37 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:05 ]
Arxiv ichida: docx