Hamid Olimjon

Hamid Olimjon

O'quvchilarga / Adabiyot
Hamid Olimjon - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Hamid Olimjon Reja: 1. Shoirning hayot va ijod yo'li. 2. Hamid Olimjonning she'riy asrlari. 3. Hamid Olimjonning O'rik gullaganda she'ri haqida. 4. Hamid Olimjonning Ofeliyaning o'limi she'ri haqida 5. Hamid Olimjonning Muqanna dramasi. O'zbek lirikasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan shoirlar orasida Hamid Olimjon ijodi alohida ajralib turadi. Hamid Olimjon faqat lirik shoirgina bo'libgina qolmay, Oygul va Baxtiyor, Semurg', Zaynab va Omon, Roksananing ko'z yoshlari singari dostonlari, Muqanna she'riy tragediyasi bilan ham mashhur. U ayni paytda tarjimon va adabiyotshunos olim ham bo'lgan. Hamid Olimjon 1909-yil 12- dekabrda Jizzax shahrida tug'ildi. To'rt yoshida otasi vafot etgach, bobosi qo'lida tarbiyalandi. Azim bobo xatli-savodli kishilardan bo'lib, mashhur bahshi Fozil Yo'ldosh o'g'li jizzaxlik do'st-yorlari huzuriga mehmon bo'lib kelganida uning uyiga ham tushar va shunday kunlarda Abdulhamid bobosi pinjida o'tirib, bahshining do'mbira jo'rligida aytgan doston va termalarini butun vujudi quloq bo'lib tinglar edi. Bo'lajak shoirning onasi Komila aya esa xalq ertaklarining koni bo'lib, Abdulhamidning adabiyotga bo'lgan havasi shu ikki manbaning ta'sirida oshgan. Bo'lajak shoirning shakllanishida yana bir muhim omil bor. Bu 1916-yil Jizzax qo'zg'alonidir. Jizzax shahrining to'pga tutilishi Abduhamid yashagan qo'zg'olonning yer bilan yakson etilishi, boshqa jizzaxliklar qatori, ular oilasining ham cho'l-u biyobonga haydalishi uning murg'ak ongida iz qoldirmay qo'ymadi. U bolalik kezlaridayoq dunyoda sharqirab oqqan soy-u beg'ubor osmondan boshqa zulm va zo'ravonlik ham borligini ko'rib, sezib o'sdi. Abdulhamid 1918 - 1923-yillarda Jizzaxda ochilgan to'liqsiz o'rta maktabda, 1923 - 1928-yillarda Samarqanddagi o'zbek bilim yurtida, 1928 -1931-yillarda O'zbekiston pedagogika akademiyasida o'qib, oily ma'lumotli bo'ldi. U dastlabki mashq she'rlarini 1925-yilda, bilim yurtida o'qib yurgan kezlarida yoza boshladi. Kimdir deb nomlangan ilk she'ri esa 1926-yili Zarafshon gazetasida bosildi. Ko'p o'tmay u Hamid Olimjon imzosi bilan kattagina Ko'klam she'rlar to'plamini e'lon qildi (1929). Shundan keyin uning Tong shabadasi hikoylari to'plami (1930), Olov sochlar (1931), Poyga (1932), She'rlar, Daryo kechasi (1936), Baxt (1940) kabi she'riy kitoblari e'lon qilindi. Hamid Olimjon urushgacha bo'lgan davrda iste'dodli shoir sifatida shuhrat qozondi. 1931-yili Hamid Olimjon pedakademiyani tugatib, Toshkentga ko'chib keldi. Yosh leninchi gazetasida, Qurilish va O'zbekiston sho'ro adabiyoti jurnallarida mas'ul kotib lavozimida xizmat qildi. 1932 - 1937-yillarda, millatchi sifatida ishdan haydalguniga qadar Madaniy qurilish ilmiy-texnik tekshirish institutida ishladi. Qatag'on to'lqinlari biroz susaygach, 1938-yilning boshlarida Hamid Olimjon O'quv-pedagogika nashriyotiga ishga olindi. O'sha yilning noyabrida yangi tashkil etilgan Navoiy komitetiga mas'ul kotib bo'lib ishga kirdi. 1937-yil aprelida esa O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining kotibi etib etib tayinlandi. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi bilan Rossiya, Ukraina va Belarusiya kabi dushman bosib olgan yoki bosib olishi mumkin bo'lgan Respublikalardan ko'plab ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.99 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:06 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.99 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga