HAMIDULLA HAMDI - OQShAMSIDDIN ChALABIY (1448-1509) Turk adabiyoti tarixida birinchilardan bo'lib Xamsa yozgan shoir Hamdi Bolu yaqinidagi Go'ynukda tug'ildi. Uning otasi Oqshamsiddin bayramiya tariqati shayxlaridan bo'lib, Hamdining yoshligi so'fiylar davrasida kechadi. 10 yoshligida yetim qolgan Hamdini akalari o'z tarbiyasiga oladilar. Hamdi Chalabiy oilada 12-farzand edi. Tazkiralarda H. Chalabiy haqida ma'lumotlar kam. Uning Bursa madrasalaridan birida mudarrislik qilgani va Shayx Ibrohim Tannuriyning muridi bo'lganligi ma'lum. Hamdining hayoti qashshoqlikda kechgan. Akalari uning fiqh ilmini o'rganib, qozi bo'lishini istashgandi, ammo bo'lajak shoir bu yo'ldan bormadi. Akalari bilan orasi buzilgan Hamdi shoir sifatida o'ziga homiy ham topmagan. U Yusuf va Zulayho asarini yozib, Sulton Boyazid II ga taqdim qilganligi, biroq shoir e'tiborsiz qolgani haqida yozadilar. Shuning uchun shoir Yusuf va Zulayhoga o'z taqdiridan shikoyat qilib yozilgan bobni kiritgan. Bir umr moddiy muhtojlikda yashagan shoir Hamdi Chalabiy Go'ynukda vafot etadi va otasining yonida dafn qilinadi. Shoirning asosiy adabiy merosi bo'lgan Xamsa dostonlari quyidagilar: 1. Yusuf va Zulayho; 2. Layli va Majnun; 3. Tuhfat-ul ushshoq; 4. Qiyofatnoma; 5. Mavlud. Yusuf va Zulayho dostoni 1491-92 yillarda yozib tugatilgan. Bu dostonni Xamsaning birinchi asari qilib olishni shoir o'z taqdiri ham Yusuf taqdiriga o'xshab ketganligi uchunligini aytadi. Hamdi o'z dostonini yozishda mashhur tojik shoiri A. Jomiyning Yusuf va Zulayhosiga suyangan. Yusuf obrazi sharq adabiyotida keng tarqalgan obrazdir. Bu obraz dastlab Tavrotva Injilda, so'ngra Qur'onda o'z ifodasini topgan. Xalq og'zaki ijodi va yozma adabiyotda Yusuf nihoyatda go'zal, olijanob, dono shaxs sifatida tasvirlanadi. Sharq xalqlari adabiyotining bir qancha yirik namoyandalari Yusuf va Zulayho nomida dostonlar yaratganlar. Dostonlarda Yusufning hasadgo'y akalari tomonidan savdogarlarga qul qilib sotilishi, oqibat Yusuf Misr fir'avnining amaldorlaridan Potifarning xonadoniga kelib qolishi hikoya qilinadi. Potifarning xotini Zulayho Yusufni sevib qoladi va unga izhori dil qiladi. Xojasiga sadoqatli Yusuf Zulayho ishqini rad qiladi. Alamzada Zulayho tuhmat qilib Yusufni zindonga tashlatadi. Zindonda Yusuf fir'avnning soqiysi va novvoyi bilan birga bo'ladi. Ularning tushlari ta'birini aytadi. Ma'lum vaqtdan so'ng fir'avn qo'rqinchli tush ko'rib, ta'birini so'rash uchun Yusufni zindondan chiqaradi. Yusuf fir'avnga yurtda yetti yil to'qchilik, yetti yil ocharchilik bo'lishini aytib, to'qchilikda g'alla g'amlashni maslahat qiladi. Fir'avn bu ishlarni Yusufning o'ziga topshiradi. Qahatchilik boshlangach boshqa ellardan ham Misrga g'alla izlab odamlar kela boshlaydi. Yusufning akalari ham keladilar. Xullas, Yusuf o'zini tanitgach akalari kechirim so'rashadi. Yusuf otasi va boshqa qarindoshlarini Misrga oldirib keladi. Yusuf dardida yig'lab-yig'lab ko'r bo'lib qolgan Yoqub o'g'li Yusufning barmoqlari ko'ziga tekkach ko'ra boshlaydi (Yusufning ko'ylagini ko'ziga surtish varianti ham bor.) Yusuf va Zulayho o'rtasidagi munosabatlarga ham shoirlar turlicha yondoshganlar. Yusuf va ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.53 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:06
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.53 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:06 ]
Arxiv ichida: docx