Hayrat-ul Abrorda tarixiy shaxslar

Hayrat-ul Abrorda tarixiy shaxslar

O'quvchilarga / Adabiyot
Hayrat-ul Abrorda tarixiy shaxslar - rasmi

Material tavsifi

Hayrat ul abrorda tarixiy shaxslar keltirilgan ayrim hikoyalarning qahramonlari tarixiy shaxslar (Sulton Muhammad Xorazmshoh, Imom Faxr Roziy) bo'lsa, ba'zilari to'qima (ikki vafodor yor, qone' javonmard) obrazlardir. Alisher Navoiyning bu obrazlarni yaratishdagi mahorati shundan iboratki, har ikkala xildagi obrazlarni badiiyat qonunlariga muvofiq tarzda qalamga oladi, ular harakat qiluvchi zamon va makonning obrazlar mohiyatini ochishga xizmat qildiradi (qiyomat kuni-hammom; qirg'in davom etayotgan makon va zamon, safar jarayoni va topilmaga ishora…), obrazlarning mohiyatini bayon etuvchi so'z, iboralar, ruhiy holatlarni qo'llaydi. Shuning natijasida jallod nazdidagi ikki vafodor yor ma'naviy buyukligi bilan o'limni yengadi; olimni pisand qilmagan podshoh xijolatda qoladi; tama'dan ko'ra sabr-qanoatni afzal bilgan qone' javonmard shahriyorlik martabasiga erishadi. Bu o'rinda yana bitta hikoyaga diqqatni qaratmoq lozim. Chunki bu hikoya o'z mohiyati bilan bu dunyoda yashash, uni obod qilish uchun hamma odamlar burchli ekanligi, oxirat kuni o'zi bilan hyech narsani olib bormasligini ifoda etadi. Bu hikoya XIV maqolotdan so'ng keltirilib, «Iskandarning …» deb boshlanadi. Unda hikoya qilinishicha, Iskandar ulug' podshoh sifatida turli mamlakatlarni oldi, ko'p xazinalarga ega bo'ldi, ammo umri oxirlashganda shunday vasiyat qiladiki, agar men vafot etsam: Qabrg'a chun boshlag'unguzdur yo'lum, Na'sh yonidin chiqaring bir qo'lum. To kishikim qilsa nazar ul sori, Ibrat ila boqqay o'shal qo'l sori. Bilgay anikim, yeti kishvar shahi, Yetti falak mushkilining ogahi, Jismida jon yo'q bu makondin borur, Xoli ilik birla jahondin borur. Kimki jahon mulki havasdur anga, Ushbu ilik tajriba basdur anga. Bunda juda katta falsafiy xulosani ifoda etuvchi obraz - «xoli ilik», ya'ni yetti kishvarning podshohi vafotidan so'ng tobutdan uning bir qo'lini-xoli qo'lini chiqarib qo'yish holati mavjud. Demak, bu «xoli ilik»- bo'sh qo'l hammaga tajriba- saboq bo'lmog'i lozim. Bas shunday ekan, inson hayoti davomida hamma narsani-boylikni ham, qobiliyatlarini ham ana shu hayotga, vatanning obod va tinch-osoyishtaligi, xalqning farovon va farog'atda yashashiga sarf qilmog'i darkor. Chunki u hyech narsani o'zi bilan birga qabrga olib bormaydi. Hamma narsa shu bor dunyoda qoladi, tirik insonlarga qoladi. Bunda chuqur ma'no bor, falsafiy hikmat bor- hamma narsa inson uchun yaratilgan va unga xizmat qilmog'i kerak. Chunki dunyo mavjudoti orasida eng mo'tabari insondur. Demak, inson ana shunday ulug' martabali zot ekan hayoti vaqtida unga munosib tarzda yashamog'i darkor. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.6 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:06 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.6 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga