Hofiz Sheroziy (1320-1389)

Hofiz Sheroziy (1320-1389)

O'quvchilarga / Adabiyot
Hofiz Sheroziy (1320-1389) - rasmi

Material tavsifi

HOFIZ SHEROZIY (1320-1389) Sharqningyetuk vakili, shoir, mutafakkir Hofizning tarjimai holi haqida to'liq ma'lumot yo'q. Ba'zi she'riy baytlarda shoir o'z tarjimai holi haqida gapiradi, xolos. Shamsiddin Muhammad Hofiz Musallo mahallasida (Sheroz shahri) savdogar oilasida tug'ilgan. Uning avlodi savdogar-tijjorlarga mansubligi uchun «Xoja» taxallusi berilgan. Shoirning bobosi asli Isfahonlik bo'lib, Sherozda hunarmandchilik va savdo-sotiq qilardi. Shoir oilasida uch o'g'il bo'lgan. Hofiz Sheroziy kattasi edi. Otasi vafot etgach Hofizning oilaviy ahvoli qiyinlashadi. 1882-yilda Bombeyda nashr etilgan Hofiz kulliyotida uqtiriladiki, Hofiz tirikchilik vajidan nonaoyxonada ishlagan. U bir qism topgan puliga onasi va o'zini boqqan, bir qismini madrasaga sarflagan, yana bir ulushini beva-bechoralarga tarqatgan. Keyinchalik ilmni mukammalroq o'rgangach, madrasda mudarrislik qila boshladi. Asta-sekin Hofizning obro'yi osha boshladi. Forsu Iroq, Ozarbayjonu Eron, Hindiston, Movarounnahru Xuroson shoir ash'aorlaridan bahramand bo'la boshladilar. Bir baytida Hofiz yozadi: Ba she'ri Hofizi Sheroz mexonandu meraqsand, Siyahchashmoni kashmiriyu turkoni Samarqandy. Hofiz Sheroziyning adabiy merosi unchalik katta emas, bor-yo'g'i bir devon kulliyot. O'zi devon tuzishga rag'bat ko'rsatmagan bo'lsa-da, jamoatchilik uning she'rlarini jamlab, hijriy 827, melodiy 1423-yilda tartib berishgan. Mazkur kulliyotga 4 qasida, 495 g'azal, 34 qit'a, 2 masnaviy, 41 ruboiy jamlangan. She'rlarning asosi g'azal. Unda jamiyatning turli qatlami, hayot tarzi, dunyoqarashi o'z ifodasini topgan. Shoir yozadi: Ustodi g'azal Sa'dist peshi hama kas, ammo, Dorad suxani Hofiz tarzi suxani Xochu. Shoir ijodini shartli ravishda ikkiga bo'lish mumkin: avvalo-davrayi javoni-yoshlik, yigitlik to qirq yoshigacha. Ayni shu davrda zahmat va qiyinchilik, ilm tahsili, mayxo'rlik, aysh-ishratu ulfatnamozlik paytlari: Mo aybi kas ba rindivu masty namekunem, La'li buton xush astu man xushg'uvor ham. Hofiz yozadiki, yigitlikda mayu sharob, zebo majlislar yarashadi, qarilikda toatu ibodat. Ammo hamma vaqt inson qilgan ishdan xulosa chiqarib, gunohlari uchun tovba qilishi kerak: Gar mayfurush Hochati rindon ravo kunad, Ezid gunah bubahshadu avfi xato kunad. Hofizning ishq va so'fiylik to'g'risidagi fikrlari, ayniqsa so'fiylarning tabaqalanishi alohida diqqatga molik. U haq kishilarni uch tabaqaga bo'ladi: 1. Zohidlar-karomat va ilohiy ilmdan bexabar, faqatgina dunyodar tarki invizo qilgan xudojo'ylar, ya'ni ibodlar. 2. So'fiylar-hamma ishni xudodan bilib, zuhdu-taqvo bilan band muddaiyonlar. Ularni «malomatiylar» deb ham atashadi. Shoir yozadi: Vafo kunemu malomat kashemu xush boshem, Ki dar tariqati mo kofirist ranchidan. Ammo Hofiz zohidlikning qotib qolgan aqoidlarga qarshi bo'lsa-da, dinsiz emas. Man na on rindam, ki taroi shohidu sog'ar kunam, Mo'htasib donad, ki man in korho kamtar kunam. 3. Haq oshiqlari-odamlar orasida yashab, toat-ibodatni unutmagan holda halol, pokiza tirikchilik o'tkazadiganlar Visoli o' zi umri chovidon beh, Xudovando, maro on deh, ki on beh! Hofiz lirikasidagi eng muhim tushuncha - may. G'azallarda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 11.31 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:06 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 11.31 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga