HOJI BAYRAM (1352-1429) O'z davrida shoir va shayx sifatida juda katta e'tiborga sazovor bo'lgan Hoji Bayram Chubuk daryosining vodiysidagi Zulfozil qishlog'ida dunyoga keldi. Uning otasi Ahmad dehqonchilik bilan shug'ullangan. Boshlang'ich ma'lumot olgach, tahsil olishni madrasada davom ettiradi. Hijoz va Shomga borib tasavvuf shayxlaridan ta'lim oladi. Bursa va Oqsaroyda bo'lib, so'ngra Anqaraga kelib mudarrislik qiladi. Tasavvuf ta'limotini puxta o'rgangan Hoji Bayramning o'zi ham pirlik maqomiga yetib Bayramiylik (Malomatiylik) tariqatiga asos soladi. Malomatiy tariqatidagilar o'zlarining fazilatlarini ko'z-ko'z qilmas, keng xalq ommasidan o'zlarini yuqori qo'ymas, aksincha xalqning og'irini yengil qilishga harakat qilardilar. Hoji Bayram asos solgan tariqat darveshlari o'zlarini ko'pchilikdan olib qochmay foydali ish bilan shug'ullanishi darkor edi. Dehqonchilik, tijorat, hatto lozim bo'lsa askarlik ham qilishardi. Umuman, xalqqa foydali bir ish bilan shug'ullanish ularning maslaklaridan bo'lgan. Bayramiylik tariqati tasavvuf oqimining xalqqa foydali, xalq manfaatini ko'zlovchi yo'llaridan biri desa bo'ladi. Bayramiylik tariqati xalvatiylik va nAQSHbandiylik tariqatlari asosida vujudga kelgan deyish mumkin. Bunda Hoji Bayramga Oqsaroydagi Shayx Hamidiy Valining ta'siri kuchli bo'lgan. Hoji Bayramning tasavvufiy ruhda she'rlar aytuvchi tekke shoiri va shayx sifatida obro'si shu qadar oshib ketdiki, undan cho'chigan sulton Murod II uni Edirnaga yuboradi. Keyinchalik yana Anqaraga kelishiga ruxsat berib, hatto uning darveshlarini soliqdan ozod qiladi. Hoji Bayram Anqarada jome mudarrisi bo'lsa ham dalada muridlari bilan barobar mehnat qilgan. Tirikchilik uchun lozim narsalarni o'zlari ishlab topib, ortiqchasini muhtojlarga ulashgan. Tasavvufning buyuk shayxlari va fozillari orasida Hoji Bayram juda obro'li bo'lib, uni Anqaraning ma'naviy qiyofasi sanardilar. Mavlono Jaloliddin Rumiydan keyingi ulug' shayx va shoir deb bilardilar. Hoji Bayram tekke shoiri sifatida dovruq qozongan ekan, turk tekke she'riyati haqida biroz ma'lumot berish o'rinlidir. Tekke-ma'lum bir tariqatdagi darveshlarning yig'iladigan dargohi. Ilk tekke Shomda (Suriya) VII asrda Abu Hoshim tomonidan qurilgan. Har bir tariqatdagi darveshlarning salomlashishi, qiyinishi, soch-soqol qo'yishlari o'ziga xos bo'lgan. Tariqatdagi zikr tushish usullari ham turlichadir. Tekkelarda asosan tasavvufiy ruhda she'rlar o'qilib, musiqaga solingan. Tekke shoirlarining ko'pchiligi tariqatlardan yetishgan shayx va darveshlardir. Fikriy asosi islomiyat va tasavvuf. Ollohning go'zal sifatlarini madh etish, jamoli mutlaqqa oshiqlik, ishqi ilohiy ular she'riyatining asos mazmunidir. Tekke shoirlari devon shoirlaridan farqli o'laroq, keng xalq ommasiga xitoban she'rlar yozganlar. Tariqatlarning markazdan uzoq qishloqlarda ham keng tarqalganligi, ommaning asosiy qismi savodsiz bo'lganligi sabablari ham tekke shoirlarining sodda tilda, xalq ommasiga tushunarli tarzda yozishlarini talab qilgandir. Tekke shoirlari o'z asarlarini o'qimishli fozillardan savodsiz cho'pongacha tushunishlarini istardilar. Ko'pchilik tez ilg'ab olishi uchun asarlarni kuyga solib, qo'shiq tarzida kuylashardilar. Tekke shoirlari ko'proq Anado'li shahar, qishloqlarida yashab ijod etganlar. Ommaning ma'naviy yuksalishida, bilim va hunar egasi ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.7 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:07
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.7 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:07 ]
Arxiv ichida: docx