Iso Masihiy (1470-1512)

Iso Masihiy (1470-1512)

O'quvchilarga / Adabiyot
Iso Masihiy (1470-1512) - rasmi

Material tavsifi

ISO MASIHIY (1470-1512) XV asrning oxiri XVI asr boshlaridagi turk she'riyati olamidagi yorqin yulduzlardan biri - Iso Masihiy 1470 yil Albaniyadagi kichik shaharlardan bo'lgan Prishtinda tug'ildi. Iso Masihiyning oilasi haqida, ya'ni uning ota-onasi, qanday muhitda bolaligi kechgani to'g'risida deyarli ma'lumotlar yo'q. Shoir hayoti haqidagi asosiy fikrlarni Latifiy va Oshiq Chalabiylarning (Mashoir ush-shuaro) tazkiralariga suyanib aytish mumkin. Bo'lajak shoir yoshligida Istambulga kelib, madrasada o'qiydi. Shu bilan birga, xattotlikni o'rganadi. Yaxshi xattot, qobiliyatli shoir bo'lgan Iso Masihiy Boyazid II ning vaziri a'zami Xodim Ali Poshoning nazariga tushadi va sulton devoniga ishga olinadi. Devon kotibi Iso Masihiyning daromadi yaxshi bo'lib, tabiatan hissiyotli shoir Istambulda juda zavqli hayot kechiradi. Uning mehmondo'stligi, ulfatbozligi tezda butun shaharga tarqaladi. Vazir Ali Posho shoir Isoning butun erkaliklariga ko'z yumardikim, uning g'azallarining ashaddiy muxlisi edi. 1511 yilda shialar bilan bo'lgan to'qnashuvda Ali Posho shahid bo'lgach, Iso Masihiy homiysiz qoladi. Shoir shahzoda sulton Salim II ga, sadra'zamga bag'ishlab qasidalar yozadi, biroq hech biridan iltifot ko'rmaydi. Keyinchalik Bosniyaga ketadi va o'sha yerda vafot etadi. O'z davrining eng yaxshi lirik shoirlaridan bo'lgan Masihiy g'azallari tilining soddaligi, uslubining nafisligi, bayon qilish, tasvirlashning originalligi bilan o'quvchisini o'ziga tortadi. Shoir Masihiy deb taxallus tanlashi ham bejiz emas. U she'riyatga yangi ruh bag'ishlash, g'azaliyotni yanada jonlantirib, yuqori pog'onaga ko'tarishni maqsad qilgan va bunga ma'lum ma'noda erishgan ham. Shoir devoni qasidalar va g'azallardan tashkil topgan. Sulton Boyazid II ga, Ali Poshoga, Husan Poshoga, Salim I ga bag'ishlangan qasidalari mashhur. 1511 yil Ali Poshoning o'limi munosabati bilan yozgan marsiyasi va ilk bahor tasviriga bag'ishlangan murabbasi Iso Masihiy ijodining gultoji deyish mumkin. Murabba XVII asrdayoq avval lotin, so'ng fransuz, olmon, ingliz, rus tillariga tarjima qilingan. She'r quyidagi misralar bilan boshlanadi: Tingla bulbul qissasin kim keldi ayyomi bahor, Qurdi har bir bog'aro hangoma hangomi bahor Bo'ldi simafshon anga izhori bodomi bahor, Ayshu no'sh etgil, kechar, qolmas bu ayyomi bahor. Masihiy g'azallaridagi bosh mavzu sevgi, muhabbat edi. Shu bilan birga shoir tabiat ko'rinishlarini ham nihoyatda ustalik bilan tasvirlardi. Tabiat hodisalaridan go'zal poetik tashbehlar topardi. Bahor tumanining namligi, tongda nozik uyqudagi gullarni uyg'otish uchun tong nasimi bulbullarni sayrashga undayotgandek. Shoir g'azallarida har bir gul ma'lum bir ma'no, ramz tashiydi. Yasmin - yorug' kun timsoli, binafsha - qorong'u kecha. Tabiat tasvirini shoir shunchalik nafis, tiniq tasvirlaydiki, go'yo o'sha tasvir rasmini ko'rayotgandek bo'lasiz. Shoir mahorati haqida adabiyotshunos olim V. g'arbuzova shunday yozgandi: Masihiy Boqiydan oldin yashagan lirik shoirlarning eng yaxshilaridan biri edi. Uning g'azali uslubning haddan tashqari chiroyliligi, tilning nisbatan soddaligi va bayonning birmuncha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.55 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.55 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga