Iso Najotiy (1460-1509)

Iso Najotiy (1460-1509)

O'quvchilarga / Adabiyot
Iso Najotiy (1460-1509) - rasmi

Material tavsifi

Iso Najotiy (1460-1509) O'z davrining atoqli shoirlaridan bo'lgan Iso Najotiyning qaerda tug'ilganligi ma'lum emas. Uni edirnalik bir ayol qul sifatida sotib olib, so'ng farzandlikka qabul qilgan. Bu noma'lum ayol bo'lajak shoirga yaxshi tarbiya beradi, tahsil olishiga imkon yaratadi. Yoshligidanoq badiiy ijodga havasi kuchli Iso Najotiy Kastomonuga kelib shoir Soiliy qo'lida tarbiyalanadi, xattotlik san'atini o'rganadi. Tabiatan iste'dodli bo'lgan Najotiy g'azallari tezda kastomonuliklar og'ziga tushib, mashhur bo'lib ketadi. Iso Najotiyning shuhrati Bursa sanjoq beyi bo'lib turgan mashhur shoir Ahmad Poshogacha yetib boradi. Keyinchalik Iso Najotiyning o'zi ham Bursaga kelgan degan taxminlar bor. I. Najotiyning Bursadagi kaplijalar (tabiiy shifobahsh suv bilan davolovchi oromgoh) haqida yozganligi bu farazni tasdiqlaydi. Shoirning Ahmad Posho bilan uchrashganligi, Ahmad Posho uyushtirgan mushoiralarda qatnashganligi haqida aniq ma'lumotlar yo'q. Ammo Iso Najotiy shuhrati ortib, uni Ahmad Poshodan ham ulug'roq shoir ekanligini aytishganda, Najotiy she'r bilan javob qilib, Ahmad Posho ijodiga juda hurmat bilan qarashini aytgandi. Iso Najotiy Ahmad Posho g'azallariga naziralar bag'ishlagani ham, hurmatning ifodasidir. Sulton Mehmed II hukmronligi davrida Najotiy Istanbulga keladi. Sultonning e'tiboriga sazovor bo'lish yo'llarini izlaydi. H. Chalabiy tazkirasida yozishicha Mehmed II shaxmat o'yinini yaxshi ko'rar va har kuni tushlikdan so'ng bosh vazir Mahmud Poshoning yaqinlaridan bo'lgan Yorgi Amiruniy bilan shaxmat o'ynar ekan. Iso Najotiy Yorgi Amiruniy bilan tanishib do'stlashadi. Bir kuni do'sti saroyga borishga hozirlanayotgandi g'azal yozib, bildirmay uning sallasiga qistirib yuboradi. Sulton bu qog'ozga ko'zi tushib, ochganda Iso Najotiyning sana radifli g'azalini o'qiydi. O'zi ham she'rlar mashq qiladigan sultonga shoirning g'azali ma'qul kelgani yoki Najotiy o'ziga e'tibor qilishini so'ragani uchunmi, Isoni saroyga chaqirtiradi. 17 tanga maosh bilan devonga kotib qilib tayinlangan Iso Najotiy o'z minnatdorchiligini izhor qilib sulton Mehmed II ga bag'ishlab uchta, ulug' vazir Mahmud Poshoga bitta qasida yozadi. Taxtga Boyazid II o'tirgach Iso Najotiy Karamon viloyatiga, shahzoda Abdulloh huzuriga jo'naydi. 1483 yil shahzodaning vafotidan so'ng yana Istanbulga qaytadi. Iso Najotiy shahzoda Abdulloh vafoti munosabati bilan marsiya yozib sultonga taqdim qiladi. Boyazid II ning zafarli yurishlari haqida qasidalar bitsa-da, sulton Boyazid II va uning vazirlari iltifotiga sazovor bo'lolmaydi. Bir necha yillar shoir moddiy muhtojlikda yashaydi. Saroyda yashaganligida Iso Najotiy qozi askar Muyadzoda Abdurahmon Chalabiy bilan do'stlashgan edi. M.A. Chalabiy Iso Najotiyga og'ir kunlarida hamdard bo'ladi. Muyadzoda Chalabiy vositachiligida Iso Najotiy shahzoda Mahmudning yaqin kishilari safidan o'rin oladi. 1504 yilda shahzoda bilan Manisaga jo'naydi. Shahzoda Mahmudning farmonbardori bo'lib turgan shoir, 1508 yil Mahmud vafotidan so'ng Istanbulga qaytadi. Iso Najotiy Manisadalik davrida devon tuzgan. Ko'plab g'azallar va qasidalari bilan mashhur bo'lgan Najotiy davrining zabardast shoirlari Ravoniy, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.29 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.29 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga