Istiqlol davri o'zbek adabiyoti

Istiqlol davri o'zbek adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
Istiqlol davri o'zbek adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

O'tgan asrning 90-yillaridan e'tiboran o'zbek xalqi o'z tarixining yangi bosqichiga kirdi. Va millat holatining estetik ifodasi o'laroq istiqlol adabiyoti deb atalmish badiiy hodisa yuzaga keldi. Istiqlol davri o'zbek adabiyoti ko'p asrlik milliy adabiyotning mantiqiy davomidir. Mustaqillik davri o'zbek adabiyoti bir qator o'ziga xos belgilarga ega bo'lgan badiiy-estetik hodisadir. Istiqlol davri o'zbek adabiyoti tubdan o'zgargan milliy ongning, tamomila yangilanayotgan estetik tafakkurning mahsulidir. Mustaqillik tufayli millat ahli o'z ma'naviyatining asosi bo'lmish Qur'oni Karim bilan o'zbek tilida tanishish imkoniga ega bo'ldi. Bu hoi millatning tafakkuri sog'lomlashuviga olib keldi. O'zbek xalqining tafakkuri tarixini, umumiy qilib, Qur'oni Karim tarjima qilinguncha va tarjima qilingandan keyingi davrlarga ajratish mumkin. Negaki, bu muqaddas kitobning o'zbekchaga ag'darilishi millatning e'tiqodi, dunyoqarashi va ma'naviyatida o'ziga xos inqilob yasadi. Tabiiyki, dunyoqarashi tozargan millatning adabiyoti ham yangilanadi. Shu tariqa, hukmron mafkura tazyiqidan qutulgan, dunyoni har xil anglash, izohlash hamda tas-virlash samarasi sifatida istiqlol adabiyoti dunyoga keldi. Mustaqillik davri milliy adabiyot taraqqiyoti tarixidagi oddiy xronologik bosqich emas, balki bir qator jiddiy o'ziga xos jihatlarga ega bo'lgan alohida badiiy-estetik hodisadir. Istiqlol davri o'zbek adabiyoti tamomila yangilanayotgan estetik tafakkurning mahsuli o'laroq tug'ildi. U yagona hukmron mafkura tazyiqidan qutulgan, dunyoni har xil anglash, izohlash hamda tasvirlash im-koniyatiga ega bo'lgan millat ijodiy dahosining samarasi sifatida dunyoga keldi. Ijtimoiy taraqqiyot yo'sinlarini, muayyan shaxs ruhiyati manzaralarini sinfiy kurash va partiyaviy yondashuvsiz ham tasvirlash natijasi bo'lib yaratildi. Mustaqillik davri o'zbek adabiyoti tafakkur oinlari o'zgacha ijodkorlar-ning estetik qarashlari natijasida dunyoga kelgan hodisa o'laroq bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega. Birinchidan, bu davr adabiyoti hukmron mafkura tazyiqidan qutulgan, olam va odam ruhiyatiga mansub hodisalarga xilma-xil qarashlarning mahsuli bo'lgan adabiyotdir. Bu davrda olamning mavjudlik yo'sinini turlicha izohlash imkoniyati paydo bo'ldi. Bu hoi milliy adabiyotimizning ifoda imkoniyatlarini kengaytirdi. Ilmiy-estetik qarashlar xilma-xilligini yuzaga keltira boshladi. Ikkinchidan, mustaqil o'zbek davlati badiiy adabiyotni sho'ro zamon-ida bo'lgani kabi o'z monopoliyasiga aylantirishga urinmadi. Shu bois ijod erkinligiga obyektiv sharoit yaratildi. Adabiyot ijodkorning ko'ngil ishiga aylandi va aylanmoqda. Bugun badiiy ijod bilan shug'ullanayotganlar shaxs sifatida ham, ijod-kor sifatida ham tamomila o'ziga xos, xilma-xil kishilardir. Istiqloldan keyingi davrda haqiqiy adabiyot o'z ko'ngliga qarshi bormaydigan, uning royishlariga zug'um o'tkazmaydigan kishilar tomonidan yaratilayotganligi quvonarlidir. Adabiy tanqid, o'quvchilar ommasi nima desa ham bu ijodkorlar o'z bilganla-richa yozishdan qaytmaydilar. Ular ijodini o'zlariga emas, aksincha, o'zlarini ijodiga bo'ysundirgan kishilardir. Shu yo'sinda juda yaqin o'tmishda ham ijti-moiy-siyosiy hodisa sanalib kelgan badiiy adabiyot milliy-estetik aktga evrildi. Uchinchidan, istiqlol davri adabiyoti odamga ishchi kuchi, ishlab chiqa-ruvchi, mehnatkash sifatida yondashish tarzidan qutuldi. Milliy adabiyot millat vakillarining mehnatinigina emas, balki ularning shaxsiyatiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.92 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.92 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga