KAMOLIDDIN BEHZOD Asr nodiri, musavvirlar peshvosi bo'lmish Kamoliddin Behzod ijodkor sifatida murakkab yo'lni bosib o'tdi. U o'zining ziddiyatlarga to'la hayoti davomida Sulton Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Shoh Ismoil Safaviy, Shoh Tahmosip singari hukmdorlar qo'li ostida ijod qildi. Hayotining asosiy qismi temuriylar sulolasining ikkinchi poytaxti bo'lmish Hirotda o'tdi. Ma'lum payt, safaviylar sulolasi taklifiga binoan, Tabrizda yashab, asarlar yaratdi. Rassom Samarqandda tug'ilgan, degan taxminlar bor. Hozirgacha 1455-yili Hirotda hunarmand oilasida tavallud topgan deb kelinadi. Hirot o'sha oayt Sharqning eng go'zal shaharlaridan biri bo'lgan. Behzod ota-onasidan erta ajragan. Uni Hirotdagi mashhur musavvir, saltanat kutubxonasining mudiri Mirak Naqqosh o'z tarbiyasiga oladi. Mirak Naqqosh Mashhur qirq san'atkor anjumaniga rahbarlik qilib, Nigoriston, hozirgi tushunchalar bilan aytganda, San'at akademiyasi ishlarini yo'lga qo'ygan edi. Kamoliddin Behzod mashhur hattot Sulton Ali Mashhadiy bilan tanishadi, u bilan hamkorlik qiladi. Abdurahmon Jomiy huzuriga borib turadi. Uning mehnatsevarligi, iste'dodi Alisher Navoiyga ma'lum bo'lgach, Behzodni huzuriga chaqirib, saroy ishiga jalb etadi. Sulton Husayn Mirzoga tanishtiradi. Hukmdor unga o'zining bog'ida ijodxona qurdirib, ijod uchun barcha shart-sharoitlarni muhayyo qiladi.Sulton Husayn Boyqaro uni Hirotdagi saltanat kutubxonasiga boshliq etib tayinlaydi. Behzod butun Xurosonga dong taratadi, bu yerdagi barcha naqqoshlar, musavvirlarga bosh bo'ladi. Xuddi mana shu davrda Behzodning eng sara asarlari yaratildi. Sharafiddin Ali Yazdiyning Zafarnomasiga ishlangan turkum asarlar, Husayn Boyqaroning majlislari tasvir etilgan, Temur tarixiga bag'ishlangan muraqqa (albom), Abdurahmon Jomiyning Solomon va Absol, Muslihiddin Sa'diyning Bo'ston' va Gulistoni, Nizomiy Ganjaviy Xamsasiga ishlangan rasmlar, Sulton Husayn Hirotda qurdirgan Bog'i Behisht tasviri, Abdurahmon Jomiy portreti, Sulton Husayn Mirzo saroyida ziyofat, Malik Doro va otboqarlar, Yusuf va Zulayho qissasi, Masjid ichidagi munozara singari yuzlab go'zal ijod namunalari dunyoga keldi. 1507-yili Shayboniyxon Hirot taxtini qo'lga kiritgach, Behzod Hirotda, Shayboniyxon saroyida o'z ijodiy faoliyatini davom ettirdi. Shayboniyxon ham uning nodir iste'dodini qadrlab, unga qulay shart-ahroit yaratib beradi. O'sha davrda Behzod yaratgan Shayboniyxon surati jahon tasviriy san'atida portret janrining eng go'zal namunalaridan hisoblanadi. Ko'p o'tmay Shayboniylar saltanatini safaviylar mag'lub etishib, 1510-yili Hirotni o'z tasarrufiga olishadi. Shoh Ismoil Safaviy Hirotning ko'zga ko'ringan hunarmandlari, naqqoshlari, xattotlari qatorida Behzodni ham Tabrizga - o'z saroyiga olib ketadi. U yerda musavvirga qulay shart-sharoit yaratib beradi. Hirotda milliy o'zbek miniatura maktabini yaratgan. Rassom tarix zayli bilan Tabriz nafis san'at maktabiga ham asos soladi. U xuddi shu davrda bir guruh shogirdlari bilan birgalikda juda ko'plab mumtoz asarlar yaratdi. Xususan, Bir asr shahzoda tasviri, Murod Oq qo'yunlining tasviri, Tuyalar jangi, Shoh Tahmosip tasviri, Rasmiy istiqbol asarlari, Abdurahmon Jomiyning Yusuf va Zulayho dostoniga ishlangan suratlar shular jumlasidan. Behzod Tabrizda ham saltanat kutubxonasining boshlig'i ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.67 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:14
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.67 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:14 ]
Arxiv ichida: docx