LESYA UKRAINKA (1871-1913) Larisa Petrovna Kosach ziyoli dvoryan oilasida tug'ilgan. Uning bilim olishi uchun barcha shart-sharoit mavjud edi. Ustiga-ustak ota-onasi ham o'qimishli odamlar edi. Larisaning siyosiy dunyoqarashini to'g'ri shakllantirishda S.Merjenskiyning xizmati katta bo'ldi. Ijodini publitsistik maqolalar yozishdan boshlagan Lesya Ukrainka ketma-ket «Qo'shiqlar qanotida», «O'ylar va orzular», «Aks sadolar» noili she'riy to'plamlarini chop ettirib xalqning ozodligini kuyladi. Tun borliqni qamragan butun, Alam chekar kim bo'lsa bedor! Uxlaganlar qanday baxtiyor! Ko'zlarimga kelmaydi uyqu. «Kuylarim» she'rida shoira o'zi yaratgan kuyiga murojaat qiladiki, nega u janglarda dushmanlarga qarshi yonuvchi po'lat emas, keskir shamshir emas. Aslida u so'zi va sozini jangga tayyorlayapti. Ey mening kurashga tayyor kuylarim, Biz halok bo'lmasmiz behuda hech bir. Balki siz notanish jasur do'stlarim, Qo'lida bo'larsiz dushmanga shamshir. «Marvarid yoshlar», «Tush», «Marvarid gul» she'rlarida shoira insonning eng pokiza tuyg'ularini tasvirlashga intilsa, «Umid» asarida qalbidagi o'tinchini, armonini kuylashga harakat qilgan. Shoira uchun Vatan sog'inchi, Vatan tuprog'ida so'nggi so'z aytish eng oliy saodatdir. Baxtim qaro ekan, toleim nigun, Yolg'iz umid bilan yashayman bugun: Umid-bir ko'rsam Ukrainamni, Diyorim-munisim, jonim onamni. Zangor Dneprga bir boqar bo'lsam, Armonim yo'q edi so'ng mayli, o'lsam. Lesya Ukrainka «Shotland qiroli Roberts Bryus», «Qadimiy naql», «Asir», «Yana bir so'z», «Kata-kombada», «Bo'shliqda», «Masha taronasi» kabi doston va sahna asrlarida Ukrainaning boy tarixini hamda o'sha zamonning muhim siyosiy masalalarini ko'tarib chiqadi. Uzoq davom etgan kasallikdan so'ng Lesya Ukrainka 1913 yil Suramida vafot etadi. ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.55 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:16
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.55 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:16 ]
Arxiv ichida: docx