Lukian - rasmi

Material tavsifi

LUKIAN II asr Yunon adabiyoti tarixida Lukianning ijodi alohida o'rin tutadi. Chunki antik dunyo quldorlik jamiyatining kundan-kunga yemirilib borayotganligidan darak beruvchi juda ko'p hodsalar, masalan, falsafiy ta'limotlarning haddan ziyoda bachkanalashib ketganligi, adabiyotning tobora suyuqlashib borishi, bid'at va xurofoning avj odishi - bu yozuvchining asarlarida o'zining yorqin va ayovsiz satirik aksini topgan. Na qadimgi dunyodan va na o'rta asrlardan Lukianning hayotiga doir biron ma'lumot bizga qadar yetib kelgan. Yozuvchining asarlarida o'zining shaxsiy hayoti haqida yo'lakay aytib ketilgan ba'zi bayonotlar asosida uning turmushini qisqacha gapirib o'tishimiz mumkin. Ana shu ma'lumotlarga qaraganda Lukian (taxminan 120-190 yillar) Suriyadagi Samosat shaharchasida bechorahol hunarmand oilasida tug'iladi. Lukianning ota-onalari o'z o'g'illariga ham hunar o'rgatish maqsadida uni o'ymakor-naqqosh amakisining qo'liga shogirdlikka beradilar. Oradan bir oz vaqt o'tar-o'tmas yosh bola bexosdan qimmatbaho bir marmar toshni sindirib qo'yadi va bu gunohi uchun ustadan kaltak yeb, ishxonani tashlab ketadi. Shundan so'ng Lukian notiqlik kasbiga havas bog'lab, hali o'spirin bo'lishiga qaramay, Yunon safarini ixtiyor qiladi. Bu yerda attika davri nasrining klassik namunalarini qunt bilan mutolaa qilish orqasida Yunon tilini to'la-to'kis o'rganadi va ancha mashhur notiq ham bo'lib yetishadi. Keyinchalik shu kasb bilan tirikchilik o'tkazib, Yunonistonning turli shaharlarini kezadi va hatto bir qancha vaqt Rimda ham istiqomat qiladi. Diroq Lukian davriga kelganda eski polis sistemalarining barbod etilishi va uning o'rniga imperatorlik tartiblarining o'rnatilishi orqasida notiqlik kasbi o'zining o'tmishdagi demokratik erkinliklarini va keskin siyosiy mazmunini yo'qotib, quruq bir safsatabozlikka aylanib qolgan edi. Hattoki ulug' notiqlar ham tinglovchini kuldirish va inchunin, zodagonlarni xushnud qilib, ularga manzur bo'lish maqsadida butun hunarlarini ishga solib bo'lmag'ur narsalar, masalan, ho'kiz, to'ti, tuman, to'zon va shuning kabi bachkana mavzularda madhiyalar to'tqir edilar. Hatto Lukianning o'zi ham davrning talablariga javoban «Pashshaning maqtovi» degan maxsus asar yozib, Homerdan, Aflotundan keltirilgan dalillar bilan bu jirkanch hasharotning vasfini qiladi. Notiqlikiing shu tariqa suyuqlashib ketishi bora-bora Lukianni bu kasbdan sovitib, falsafiy ta'limotlarga murojaat qilishga majbur etadi. Ammo falsafa sohasidagi faoliyat va izlanishlar ham yozuvchiga ma'naviy oziq berolmaydi. Chunki bu davrlarda falsafa ham notiqlik singari bemashaqqat hayot kechirish manbai bo'lib qolgan edi. Axloq va odob boralarida jamiyatga murabbiylik qilishni da'vat etgay faylasuflarning o'zlari aslida naqadar razil kishilar bo'lganliklarini ko'rsatib, «Baliqchi» asarida Lukian tubandagilarni yozadi: «Ularning hammalari aytadilarki, puldan va sha'n-shavkatda hazar qilmoq, faqatgina go'zallikni haqiqat deb tushunmoq, beozor bo'lmoq, zo'ravonlarning dabdabasidan nafratlanmoq, ular bilan tap tortmay so'zlashmoq darkor. Azbaroyi xudo, bularning hammasi darvoqe juda ham ajoyib, chindan ham dono va har narsadan ulug' gaplar. Biroq faylasuflar shu haqiqatlarni tekinga targ'ib qilmaydilar, badavlat kishilarga havaslari keladi, pulni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.58 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:17 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.58 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga