MAHMUD ABDUL BOQIY (1526-1600) Mumtoz turk adabiyotining, umuman turk devon she'riyatining eng yirik vakili Boqiydir. Uning otasi Fotih jomesining muazzini Mehmet Afandi ilmli kishi bo'lsa ham, moddiy jihatdan badavlat emas edi. Otasining istagi bo'yicha Boqiy hunar o'rganib oilaga moddiy ko'maklashishi kerak edi. Ammo ilmga bo'lgan chanqoqlik, tabiat bergan iqtidor tufayli madrasada o'qiydi, o'z davrining yirik ulamolaridan dars oladi. Keyinchalik o'zi ham madrasada dars beradi. 25 aqcha maosh olib ishlab yurgan Mahmud keyinchalik juda yuqori lavozimlarga ko'tariladi. Boqiy Sulaymoniya madrasasining mudarrisi, Makka qozisi, Istambul qozisi, Anado'lu va Rumelida qoziaskar vazifalarida ishlaydi. Boqiy yashagan davr usmonlilar davlatining shon-shuhrati porlagan davr edi. G'azallari va ayniqsa Sunbul qasidasi bilan tanilgan shoirni sulton Sulaymon Qonuniy ham juda hurmat qilardi. Sultonning 155 yilda Eronga yurish qilib zafar qozonishiga bag'ishlab qasida yozgach, uning obro'si yanada oshib ketadi. 1566 yil Sulaymon Qonuniy vafot qiladi. Qonuniydan keyingi sultonlar Salim II (1566-1574), Murod II (1574-1595) Mehmed II (1595-1602) ham Boqiyga yaxshi munosabatda bo'ladilar, shoirga shoxona ehsonlar berib, e'zozlaydilar. Bir umr yuqori lavozimlarda bo'lgan Boqiy 70 yoshida iste'foga chiqadi. Shoir 1600 yil 7 aprelda 74 yoshida vafot qilgan. Boqiyning janozasi Fotih jomesida shayxulislom Sunulloh Afandi tomonidan o'qilib, dabdabali dafn marosimi o'tkaziladi. Usmoniylar davlatida shoirlar sultoni deb tanilgan Mahmud Abdul Boqiy o'z davrida boshqa sharq mamlakatlarida ham mashhur edi. Arabiston, Eron, Hindiston saroylarida ham Boqiy g'azallarini o'qishgan. Hatto Eron shohi Boqiyni o'z saroyiga taklif qilganligi ma'lum. Boqiy Makka qozisi lavozimida turgan vaqtida ko'plab musulmon mamlakatlaridan ziyoratga kelgan ilm ahli, shoirlar bilan uchrashgan, suhbatlashgan, bu ham shoirning mashhur bo'lishining omillaridan biridir. M. Boqiyning poetik ijodi o'z davrida ham, undan so'ng ham zo'r qiziqish uyg'otib, ko'pgina turk shoirlari Boqiy ijodiga ergashganlar. Shoirni lirik she'riyatning hoqoni, badiiy so'z ustasi deb hurmatlaganlar. Ayrimlar Boqiy g'azallarini, mashhur fors shoiri Hofiz Sheroziy g'azallari bilan teng qo'yganlar. Hatto shoir Nodim Boqiy g'azallaridek g'azal yozib bo'lmaydi deya ulug'laydi. O'rta asrlarda yaratilgan deyarli barcha adabiy tazkiralarda Boqiy ijodi osmonga ko'tarib maqtaladi. U turk she'riyatida yangilik yaratgan, she'riyat tilini eng yuqori cho'qqisiga olib chiqqan shoir sifatida ta'riflanadi. Mana shunday voqeani ham aytadilar. Ijodini juda erta boshlagan Abdul Boqiy o'z g'azallarini, o'sha vaqtdagi mashhur shoirlardan Zotiyga olib kelib ko'rsatadi. Shoir Zotiy yosh bir yigitchaning shunday ajoyib g'azallar yozganiga ishonmaydi. Keyinchalik bu g'azallarni o'z devoniga kiritadi va bu ishi fosh bo'lganda ajoyib shoirdan o'g'irlash ayb emasligini aytadi. Ko'rinadiki Boqiyni katta-kichik zamondosh shoirlar birdek tan olganlar. Bunga Boqiy g'azallarining yuksak badiiy saviyada yozilganligi birinchi sababdir. Adabiyotshunos olim Ahmad Qaboqli Turk adabiyoti darslik kitobida Boqiy adabiy ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.29 KB
Ko'rishlar soni
141 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:17
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.29 KB
Ko'rishlar soni
141 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:17 ]
Arxiv ichida: docx