Mehri Xotun (1460-1506)

Mehri Xotun (1460-1506)

O'quvchilarga / Adabiyot
Mehri Xotun (1460-1506) - rasmi

Material tavsifi

MEHRI XOTUN (1460-1506) O'rta asrlarda yashagan turk shoiralarining eng mashhurlari-dan biri Mehri Xotundir. Mehri ijodi va hayoti haqida ma'lumotlar ko'p emas. Uning tug'ilgan va vafot etgan sanalari ko'rsatilgan manbalarda tafovutlar bor. Masalan, ba'zi kitoblarda Mehri 1456-1514 yashab, ijod etganligi ko'rsatilgan. Mehrining otasi Mehmet Chalabiy Yahyo qozi bo'lib, Baloiy taxallusi bilan g'azallar yozib turgan. Ma'rifatli inson Mehmet Chalabiy qizi Mehriga juda yaxshi ta'lim beradi. U turk, fors, arab tillarini yaxshi bilgan, adabiyot, tarix fanlarini chuqur o'rgangan. Oshiq Chalabiy va Avliyo Chalabiy o'z tazkiralarida Mehri Xotunni Mehir-un-niso, Faxr-un-niso, Mehrushoh deb ulug'langanligini yozadilar. Shoira jismonan juda go'zal bo'lganligini zamondoshlari bir ovozdan ta'kidlaganlar. Ammo Mehri bir umr turmush qurmasdan o'tgan. Mehri yoshlikdan birga o'sgan Muyadzoda Abdurahmon Chalabiyga ko'ngil bergan. Abdurahmon Chalabiy Xotimiy taxallusi bilan she'rlar yozgan. A. Chalabiy yuqori davlat lavozimlarida ishlab, ko'pgina ijodkorlarga homiylik qilgan. Lekin, taqdir ularga kulib boqmadi. Mehri g'azallarida ko'p uchraydigan ismlardan biri Iskandar Chalabiy nomidir. Uyqudan ochdim ko'zim nogah, ko'tardim men sari, Ko'z solib, ko'rdim turar bir mohi chehra dilbari. Toleim keldi vayo maqsadga yetdim g'olibo, Kim yotog'im ichra ko'rdim tunda tug'mish mushtari Nur oqar, ko'rdim jamolidan agarchi zohiran, O'zi o'xshardi musulmonga, libosi kofari, Ko'zni ochib yumgunimcha bo'ldi chashmimdan nihon Shundoq tashxis etamanki -yo malakdir, yo pari. Yetdi chun obi hayotga, Mehri o'lmas to hashr Ko'rdi chun shab zulmatida ul ayon Iskandari. Boyazid IIning vaziri Sinon Poshoning o'g'li Iskandar juda qobiliyatli, ma'rifatli inson bo'lgan. Rivoyatlarga ko'ra, Mehri va Iskandar Chalabiy bir-birini juda qattiq yaxshi ko'rganlar, biroq nima uchun turmush qurmaganliklari noaniq. Mehridagi ishq aflotuniymi yo botiniy, bundan qat'i nazar, shoira g'azallarida otashin ishqiy misralar, ehtirosga to'liq satrlarda aniq yor obrazi yorqin chizilgan. Shoiraning tabiatan erkparvarligi, otashnafasligi qalbi muhabbatga to'liqligi va ishq yo'lida qurbon bo'la olishi uning g'azallaridagi yoniq satrlarda ko'rinadi: Goh hajri yor-u, goh meni g'amlar o'ldirur. Goh vasli dilbar ila kechgan damlar o'ldirur Mana shoiraning shu ruhdagi mashhur g'azallaridan biri: Oshiqsen ishq yo'linda saqlama nomus-u or Jahd idub bu yo'lda jon ber, yo'qsa qo'ldan ketti yor. Forig' o'lub gar ko'ngilsiz istar ersang yorni sen, G'ofil o'lma, ne hazar qil, g'ayrining bo'lgay nigor. Yer yuzin g'arq aylar ersang kimsa silmas ko'z yoshing, So'ngra gar qon yig'lar ersang kunda ming qat zoru-zor, G'unchaning gulzorda turgan chog'ida faryod qil, Yo'qsa ertan gul so'lar, qolursen ey miskin hazor Dilbaring domanini qutqargali xor qo'lidan Har gulistonga tag'in yuz urki, kim boru - ne bor Mard esang, g'ayrat damidir, izla yovni har nafas, Domaniga tar guling yopishmasin tuhmati xor Bir zamon Mehri falakda sayr ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.45 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:19 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.45 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga