Mirtemir hayoti va ijodi Mirtemir (taxallusi; asl ismsharifi Tursunov Mirtemir) (1910.30.5, Turkiston - 1978.25.1, Toshkent) - O'zbekiston xalq shoiri (1971). Eski maktabda ta'lim olgach (1919-20), Toshkentga kelib, Almaiy nomidagi namuna ish maktabi (1920-23) va O'zbek yerlar bilim yurtida (1925-29) tahsil kurgan. 1929 y. Samarqandga borib O'zbekiston MIK raisi Y. Oxun-boboyevning kotibi bo'lib xizmat qilgan va, ayni paytda, Pedakademiyaning til va adabiyot f-tida o'qiy boshlagan. U shu yillarda Qizil qalam adabiy tashkilotining a'zosi sifatida Botu, Oltoy singari millatchilar bilan aloqada bo'lganligi uchun GPU tomonidan xibega olingan (1932.8.8.). Qamoqdan ozod bo'lgach, Yangi hayot gazetasida adabiy xodim (1936), Respublika radioqo'mitasida bosh muharrir (1941). O'z davnashrda muharrir (1942), Opera va balet teatrida adabiy emakdosh (1943-44), Yozuvchilar uyushmasida bo'lim mudiri va maslahatchi (1957- 64), badiiy adabiyot nashriyotida muharrir (1965-66) lavozimlarida xizmat qilgan. Mirtemirning ilk she'rlar to'plami - Shu'lalar qo'ynida (1928) milliy she'riyatimiz uchun yangi janr - sochma (nasriy she'r) janrida yozilgan bo'lib, davrning muhim masalalariga bag'ishlangan. Shundan keyin Mirtemir Zafar (1929), Qaynashlarim va Bong (1932) she'riy to'plamlarini e'lon qilgan. 30-yillar o'zbek she'riyatida doston janri katta mavqe kasb etadi. Mirtemir ham shu davrda Barot (1930), Xidir (1932), Dilkusho, Suv qizi (1937), Oysanamning to'yida (1938), Qo'zi (1939) kabi dostonlarni yozadi va ularning aksarida oddiy mehnat axli vakillari obrazini yaratadi. Umuman, Mirtemirning she'r va dostonlariga xos xususiyat shundaki, u oddiy kishilar hayoti va mehnatida she'riyatbop jihatlarni, ular ruhiy olamidagi go'zallik jilvalarini o'ziga xos noziklik va zakiylik bilan ko'radi va aks ettiradi. Bu mirtemirona fazilat shoir ijodining urushdan keyingi davrida, ayniqsa, yorqin ko'rinadi. 2-jahon urushidan keyingi yillardagi adabiy siyosat natijasida Mirtemirga ijod etish va yozgan asarlarini e'lon qilish imkoni berilmagan. Natijada u tarjima va tahrir ishlari bilan shug'ullanishga majbur bo'lgan. Qoraqalpoq she'riyatidan qilgan tarjimalari va Qaraqalpoq daftari (1959) she'riy turkumining katta muvaffaqiyat qozinishi Mirtemirning erkin ijodkorlar safiga qaytishi va ijodiy yasharishiga sababchi bo'ldi. Qoraqalpoq daftarida (1957) namoyon bo'lgan xalqlar o'rtasidagi do'stlik va hamkorlik g'oyalari shoirning qozoq, qirg'iz va turkman diyorlariga qilgan safarlari ta'sirida yozilgan she'rlarida katta mahorat bilan davom ettirildi. Mirtemirning Qoraqalpoq daftari turkumidan o'rin olgan Surat lirik qissasi esa 60-70-ularda o'zbek she'riyatida doston janriga e'tiborning kuchayishi va lirik doston janrining kamol topishiga katta ta'sir ko'rsatgan. Mirtemirning 60-70-yillarda yaratgan aksar she'rlari 20-asr o'zbek she'riyatining tom ma'nodagi durdonalaridir. U shu davrda she'riy texnikani mukammal egallagan shoir sifatidagina emas, balki tarix va Vatan tuyg'ulari bilan yashagan, shu muqaddas tuyg'ularni yonar so'z bilan ifodalagan shoir sifatida ham shuhrat qozondi. Mirtemir oddiy mehnat axliga ruhan yaqin, uning tabiatini, maishiy hayotini, tilining kamalak ranglarini, ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.02 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:20
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.02 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:20 ]
Arxiv ichida: docx