Mirzo Fatali Oxundov (1812-1878)

Mirzo Fatali Oxundov (1812-1878)

O'quvchilarga / Adabiyot
Mirzo Fatali Oxundov (1812-1878) - rasmi

Material tavsifi

MIRZO FATALI OXUNDOV (1812-1878) Ozarbayjon ma'rifatparvarlari orasida dramaturg va mutafakkir Mirzo Fatali Oxundovning alohida o'rni bor. Yoshligida eski maktabda savodini chiqarib, bir necha tilni mukammal egallagan Mirzo Fatali Tiflis shahridagi rus-tatar bilim yurtida o'qiydi. Ulug' rus shoiri Pushkinning ijodi bo'lajak ma'rifatparvarni o'ziga rom aylaydi. Uning «Pushkin vafotiga» asari shu oshuftalik nisxonasidir. Mirzoning fikricha, ozarbayjon xalqining ayanchli ahvolda yashashiga asosiy sabab xalqning savodsizligi. Shuning uchun u zo'r berib ma'rifat tarqatish, kambag'allar bolasini o'qitish, savodxon qilishga intildi. Arab alifbosini lotin yozuviga qayta tuzib chiqdi. Hayotning illatlarini Mirzo komediyalar mag'ziga singdirishga harakat qildi. «Mullo Ibrohim xalil Kimyogar» (1850), «Xasis kishining sarguzashtlari» (1852), «Tabiatshunos Muse Jordan» (1850) komediyalari ozarbayjon adabiyotida mazkur janrni rivojlanishiga asos bo'ldi. Mirzo Fatali xalq og'zaki ijodining o'lmas sarchashmalarini «Aldangan yulduzlar» povestiga singdirgan bo'lsa, V. Belinskiy, N. Chernishevskiy, N. Dobrolyubovlar falsafasini maktub shaklida yozilgan. «Hind shahzodasi Kamol ud-Davlaning Eron shahzodasi Jalol ud-avlaga yozgan uch maktubi va undan olgan javobi» asarida davom ettiradi. Mirzo jamiyatdagi tengsizlik, jaholat, xasislik, farosatsizlik va nodonlikni 1855-yilda yozilgan «Tabrizlik huquq himoyachilari», «Lenkoran xonligining vaziri» komediyalarida real tasvirlay olgan. Mirzo Fatali Oxundovning «Pushkin vafotiga» asari ulug' shoir Maqsud Shayxzoda va Zohid Obidov tomonidan o'zbekchalashtirilgan. Ammo tarjimalar orasida Shayxzodaning o'girmasi asliga yaqin, original matnning mohiyatini saqlab qolgan. Asarda shoir ko'ngli bilan suhbatlashadi. G'amgin, xomush ko'nglining aytar so'zi, dardi bor. Ko'ngil menga javob berdi: «Ey yolg'izlik sirdoshim, Qo'ygin meni o'z holimga! O'z kulfatim-o'z boshim!» Lekin menga aniq bo'ldi: zamona bevafodir, Oqibati puch ekandir, ishi jabru jafodur. Ko'ngilning tilidan shoir Pushkin siymosini go'zal tarzda chizadi: Nahotki, sen eshitmabsan, ey dunyodan bexabar, Pushkin nomli u zotni, shoirlarga bosh rahbar?! U Pushkinki, uning so'zga oro berish san'atin, Har burchakda yuzlab sado olqishlardi kuni tun. U Pushkinki, qalamining ostida oq qog'ozi, Misralarning siyohidan qoraymoqqa shod rozi. Lomonosov jilo berdi she'riyatning uyiga, Pushkin esa o'sha uyga bo'lib qoldi chin ega. Garchi kirib fath ayladi Derjavin so'z diyorin, Pushkin oldi o'sha mulkka sultonlik ixtiyorin. Ma'rifatning sharobidan Karamzin jom to'latdi, Bu lim to'lgan may kosasin Pushkin chib bo'shatdi. Nikolayning dong'i ketsa Chinga, Tataristonga, Pushkinning chin fazilati mashhur bo'ldi jahonga. Mirzo Fatali Oxundovning fikricha, ajal yeli uning ruh chirog'ini o'chirdi, bu guliston sahnasida keksa bog'bon teshasi bilan niholni kesib tashladi. Ma'nolar xazinasi ketgach esa bu falak ilonxonaga aylandi. yerda gul emas xor-tikan o'sdi. Buyurdilar: yuzi qora bulutdan do'l to'kildi, Uning hayot daraxtidan mevalar mo'l to'kildi. Uning nihol qomatini bu guliston sahnidan, Keksa bog'bon kesib oldi tesha bilan daf'atan. Ta'b bulbulin sayratuvchi g'uncha qalbi chirigan, Endi qarang, bu tuproqdan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.04 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:20 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.04 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga