MIRZO TURSUNZODA (1911-1977) Tojik adabiyotining atoqli arbobi, shoir va dramaturg Mirzo Tursunzoda Shahrinav rayondagi Qoratog' qishlog'ida duradgor oilasida tug'ilgan. Dastlab qishloq maktabida, so'ngra Dushanbe va Toshkent shaharlarida o'qib, oliy ma'lumotli bo'ldi. Uning ilk ijodi 1929-1930 yillarda boshlangan. Sekin-asta o'nlab she'riy to'plamlarini nashr etgan shoir «Xazon va bahor» (1937), «Vatan o'g'li» (1942), «Hasan aravakash» (1960), «Jonginam» (1961) kabi dostonlarni bitdi. Mavzu va ifoda nazaridan shoir she'rlarining tematikasi nihoyatda keng. U yaratgan qahramon bir qarashda halol, pokiza inson, bir tasvirda zulmkor, yana bir talqinida mustamlakachilikka qarshi bosh ko'targan xalqning suyiklisi. Bir so'z bilan aytganda, shoir qahramoni zamona bilan hamnafas qadam tashlaydi. U «Vose qo'zg'oloni» (1939), «Tohir va Zuhra» (1944), «Kelin» (1947) kabi librettolarni yozib, dramaturgiyaning rivojlanishiga birmuncha ijobiy ta'sir qildi. Yigirma yil davomida Tojikiston yozuvchilar uyushmasi raisi bo'lib ishlagan Mirzo «Hindiston qissasi», «Hasan aravakash», asarlari uchun Davlat mukofotiga sazovor bo'ldi. Mirzo Tursunodaning she'rlari o'zbek tiliga tarjima qilingan. «Ozod Sharqdan men» asari 1950 yilda yozilgan. Sho'ro davrining eng ashaddiy vaqtida bitilgan mazkur asar tahlili ikki tomonlama ahamiyat kasb etadi. Birinchi mutolaadan shunday fikr kelib chiqadiki, Mirzo Tursunzoda ozod Sharq va tutqun Sharqning ijobiy hamda salbiy jihatlarini tasvirlaydi. Tutqun Sharq vakilining holi parishon, nigohlari so'lg'in, xayoli beqaror, unga xayol surish odat, qora zindonda azob chekadi. Ozod Sharqlikning boshi baland, g'olib, osmonda qushday uchadi, saodat doim unga yor. Do'stim, nega holing buncha parishon, So'zlaring, aytilmay qoldimi pinhon? (Nega, nega so'lg'in nigoh tashlaysan), Nega, hasad bilan qaraysan ba'zan, Tug'ilgan o'lkangda, shahringda zotan, Menga o'xshashlarni ko'rmaganmisan? Chuqur qarashingdan qanday ma'no bor, Ne uchun xayoling buncha beqaror, Ne uchun men g'olib va boshim baland? Nega sen bechora qayg'ularga band, Ne uchun menga yor doim saodat, Senga faqat xayol surishdir odat. Nega men uchaman qushday osmonda? Sen azob chekasan qora zindonda? Ayni shu satrlarni teskarisiga aylantirsangiz, muddao ravshanlashadi, ya'ni ozod Sharqning dardi chichida, garchand o'ziga saodatni yor bilsa, aslida uning xayoli parishonu rangi za'faron. Yashash uchun majbur mavjud tuzumni maqtashgan. Mana bu satrlarga e'tibor bersangiz maqsad yanada oydinlashadi: Sen ham ulug' Sharqning haqiqiy o'g'li, Qadim el farzandi ekaning to'g'ri! Sening o'kangda ham har sahar yuvosh, Ufqdan jilmayib chiqadi quyosh. Sening o'lkangda ham bahor kuladi, Tabiat jamoli nurga to'ladi. U bahor quyoshi sochsa-da ziyo, Umidlar daraxti ko'karmas aslo. Undan mehnat ahli ko'rmaydi rohat. Zolimlar cho'ntagi to'ladi faqat, Bu xilda yashashlik sen uchun odat, Kelgindilar esa topadi rohat. Darhaqiqat, millat o'zligidan, millat merosu an'ana-urf-odatlaridan mahrum etilgach, uning boshida nur sochgan quyosh qalbidagi muzni erita olmaydi, umidlar daraxtini ko'kartirmaydi. «Kelgindi» lar uchun ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.23 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:20
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.23 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:20 ]
Arxiv ichida: docx