Mirzo Ulug'bek Tug'ilgan sana: 1394 Mart 22 Vafot etgan sana: 1449 yil Tug'ilgan joyi: Sultaniya Yo'nalishlar: O'rta asr arboblari, Astronomlar Mirzo Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulug'bek Qo'rag'oniy (1394-1449) - buyuk astronom va matematik, o'z davrining ko'zga ko'ringan allomasi, davlat arbobi, Movarounnahrni 1441-1449 yillarda boshqargan sohibqiron va mashhur hukmdor Amir Temurning nevarasi sanaladi. Tarjimai holi Sohibqironning besh yillik yurishida (1392-1396) Iroqdagi Mordin qal'asini qamal qilish chog'ida tug'ilgan. Sharafuddin Ali Yazdiy Zafarnoma asarida yozishicha, Amir Temur huzuriga chopar kelib Ulug'bekning tug'ilgani va munajjimlar bu nevara kelajakda ham olim, ham hukmdor bo'lishini bashorat qilganlari xushxabarini yetkazadi. Sohibqiron xursandligidan Mordin qal'asi qamalini to'xtatib, uning xalqiga yuklangan to'lovni bekor qiladi. Uning o'z nabirasiga Muhammad Tarag'ay Ulug'bek deb ism qo'yganini ham munajjimlarning yuqoridagi bashorati bilan bog'lash mumkin. Amir Temur Ulug'bekning tarbiyasiga alohida e'tibor bergan va uni davlat ahamiyatiga molik tadbirlarda qatnashtirgan. Klavixonning qayd etishicha, Ulug'bek bobosining xorijiy elchilarni qabul qilish marosimlarida ishtirok etgan. 1404 yil Konigilda o'tkazilgan tantanalarda Amir Temur oltita nabirasining (jumladan, Ulug'bekning) nikoh to'ylarini o'tkazgan. To'yda Sohibqiron Ulug'bekka Toshkent, Sayram, Yangi (hozirgi Taroz), Ashpara va Mo'g'ulistonni to Xitoy hududigacha suyurg'ol qilib bergan. Amir Temur O'trorda vafot etgan chog'da Ulug'bek ham o'sha yerda bo'lgan. (Temuriylar o'rtasida toju taxt uchun kurash boshlangan. O'trordan qaytgan Shohrux farzandlari - Ulug'bek va Ibrohim Sultonni amirlar Samarqandga kiritmaydilar, ular Buxorodan panoh topishgan. Samarkand taxtini Halil Sulton egallagan. Xurosonni boshqarib turgan Shohruh Ulug'bekka dastlab Andxo'y bilan Shibirg'onni, keyinchalik Xurosonning Tus, Xabushon, Kalot, Bovard, Naso, Yozir, Sabzavor va Nishopurdan iborat qismini boshqarishni topshirgan. 1410 yil Shohruh Movarounnahrni o'z tasarrufiga kiritgach, uni idora etishni Turkiston viloyati bilan birga Ulug'bekka topshirib, sohibqiron vasiyatini qayta tiklagan. Ulug'bek yosh (15 yosh) bo'lgani sababli amir Shohmalik unga homiy etib belgilangan. Lekin Shohmalikning raqibi - O'trordagi Shayx Nuriddin va Muhammad Jahongirning Hisordagi valiylari 1410 yil bahorida Ulug'bek va Shohmalikka qarshi chiqqanlar. Shu yilning yozida Shohrux ishtirokida bo'lgan jangda Shohmalik va Ulug'bek g'alaba qilganlar. 1411 yil sentyabrda Shohruh Samarqandga kelib, Shohmalikni o'zi bilan Hirotga olib ketgan va keyinchalik Xorazmga hokim qilib yuborgan (1413). Shu vaqtdan boshlab Ulug'bek Movarounnahrni mustaqil idora etishga kirishgan. Shohrux Movarounnahrda boshqa temuriy shahzodalarga ham mulk ajratgan edi. Chunonchi, Hisori Shodmonni Muhammad Sultonning o'g'li Muhammad Jahongirmirzoga, O'zgand viloyatini Umarshayxning o'g'li Amirak Ahmadga suyurg'ol qilgan edi. Biroq ular Ulug'bekka tobe edilar. 1414-1415 yillar ular o'rtasida ixtilof chiqib, Ulug'bek Amirak Ahmad ustiga qo'shin tortgan va uni yenggan. Shohrux Amirak Ahmadni Xurosonga chaqirtirib olgan; Qashg'ar ham to 1428 yilgacha Ulug'bekka tegishli bo'lgan. Ulug'bek o'z hukmronligi davomida 2 marta ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
46.63 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:20
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
46.63 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:20 ]
Arxiv ichida: docx