Moldavan adabiyoti

Moldavan adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
Moldavan adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

MOLDAVAN ADABIYOTI Moldaviya va Ruminiya hududida yashab kelayotgan moldavan xalqining qadimiy milliy adabiyoti mavjud. Mazkur xalqning tili va adabiyotiga milodiy II-II asrlarda Yunon tili va adabiyotining ta'siri kuchli bo'ldi. 1918-1940-yillar orasida Moldaviya Rumin boyarlari zulmi ostida qolib ketdt. Valaxlar va moldavanlar yaratgan mavsum-marosim qo'shiqlari, ertaklari bilan slavyan xalqlari folklor motiv va syujetlarining o'xshashligi bu xalqlarning uzoq zamonlardan o'zaro yaqin iqtisodiy-madaniy aloqada bo'lganini tasdiqlaydi. Xalq yaratgan qo'shiq va ertaklarda Fet-Frumos vaana-Kosnyazyana singari tadbirkor, dono, jismonan baquvvat qahramonlar obrazi yaratilgan bo'lsa, hikmatli so'z va maqollarda xalqning qadimiy hayot tajribasi va falsafasi o'z aksini topgan. Cho'ponlar hayotiga bag'ishlangan «Mioritsa», qasoskor gayduklarning mardligini tasvirlovchi «Pahlavon Gruya Grozovan», «Gurya va Novak», «Donchila», «Bujor», «Kordyanu» haqidagi balladalar xalq orasida juda mashhurdir. XII-XII asrlarda moldavan yerlari Kiyev-Volinskiy knyazligi ixtiyoriga o'tdi. XIV asrlarda Valaxiya va Moldvaiya mustaqil knyazini tashkil topadi. Ayni shu davrda moldavan-valax adabiyotiga asos solinib, «Avliyo va jafokash Ioan Noviy» diniy asari yaratildi. Asar muallifi Grigoriy Samlok, Mitropolit Varlaam, Dasifeylar cherkov adabiyotining namoyandalari edilar. XVII Dunay bo'yi knyazlarida gullagan o'rta asr adabiyoti Ureke, Miron Kostin, Nekulche kabi yilnomachilardan tashqari, Nikolay Milesku Spafariy, Dmitriy Kntimerga o'xshash donishmand yozuvchilarni ham yetishtirdi. 1812-yilda Bessarabiya Rossiya tarkibiga qo'shilgach, moldavan adiblari va ziyolilari G.Derjavin, I.Krilov, A.Pushkin, M.Lermontov asarlaridan bahramand bo'lishdi. Hattoki, A. Pushkin Bessarabiyada uch yil yashagan. Shuning natijasi o'laroq, maktablarda ona tili o'qitila boshlandi. Ilk teatr namoyishlari o'tkazildi, «Rumin bolarisi» gazetasi nashr etila boshlandi. 1840-1860-yillarda hozirgi zamon moldavan adabiy tili va adabiyotini yaratish kurash avj oldi. Bunda V.Aleksandr, K.Negrutsi, A.Russolarning say'-harakati bejiz qolmadi. Birgina Vasile Aleksandri avval Yassida, keyinchalik Parijda tib, matematika va huquq fanlarini o'rganishi barobarida adabiyot bilan shug'ullandi. 1848-yildagi to'ntarishda qatnashib yutqizgach, G'arbiy Yevropamamlakatlarini kezib chiqadi. «Moldaviya bilan xayrlashuv», «Ruminiyaning uyg'onishi», «Gayduk qo'shig'i», «Qaldirg'och qissasi», «Sibir yo'lida», «Bir tilla pul tarixi», «Sinzyana va Pepelya», «Ovidiy», «Blanduziy chashmasi» asarlarida Vasile xalqning ozodlikka bo'lgan intilishlarni tasvirlashga harakat qilgan va xalq vakillarining siymosini yaratishga intilgan. XX asrning 60-yillarigacha moldavan adabiyotida D.Milev, M.Andreksu, T.Malay, I.Kann, I.Lebedev, Ye.Bukov, N.Kostenko, B.Istru, P.Kruchenyuk, F.Ponomar, L.Barskiy, A.Lutan, Grigoriy Adam, A.Gujel, V.Roshka, Yu.Barjanskiy, A.Busuyok, I.Krutsular barakali ijod qilishdi. Shu davrda yaratilgan «Poritse bobo», «Tongda», «Oltmish ikki yarim», «Sayohatchilar», «Yurtimiz», «Ikki maktub», «Kurash», «G'alaba», «Ikki dunyo», «O'rmon qizi», «Tomulesa qudug'i yonida», «Posbon», «Nildan Bonngacha», «Poxorona qo'shig'i», «Karpatda bahor», «Ozodlik haykali», «Ruet shahri» kabi asarlarda ijtimoiy hayotning turli masalalari o'z ifodasini topgan. Bundan tashqari, «Yevgeniy Onegin», «Lik chavandoz», «Poltava», «Lo'lilar» kabi o'nlab asarlar Moldavan tiliga o'girildi. Moldavan dramaturgiyasi rivojida Ye.Bukovning «Qaynoq Dunay», I.Drutsening «Kasa Marg», L.Barskiyning «Kuyov», L.Koryanunning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.59 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:20 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.59 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga