Muhammad Yusuf hayoti va ijodini muammoli ta'lim asosida o'rganish

Muhammad Yusuf hayoti va ijodini muammoli ta'lim asosida o'rganish

O'quvchilarga / Adabiyot
Muhammad Yusuf hayoti va ijodini muammoli ta'lim asosida o'rganish - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTET 3-kurs A guruh talabasi Hamidova Kamolaning Muhammad Yusuf hayoti va ijodini muammoli ta'lim asosida o'rganish mavzusida tayyorlagan Ilmiy rahbar: f.f.n. Ashurov B.Sh. Navoiy 2016 Reja: Kirish Muhammad Yusuf hayoti va ijodi. Muhammad Yusuf ijodidan namunalar va ularning tahlili. Muhammad Yusuf hayoti va ijodini muammoli ta'lim asosida o'rganish Kirish Mavzuning dolzarbligi: Bugungi demokratik va mustaqil davlat O' zbekistonda vatan milliy ruhi, ma'naviyat va ma'rifat masalalari davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Madaniyat markazlari, oliy o'quv yurtlari, akademik litsey va o'rta maxsus kasb hunar kollejlari va umumiy o'rta ta'lim maktablarida madaniy, ma'rifiy va badiiy kechalar o'tkazilmoqda. Bu yurtda har bir insonni ma'naviyatli bo'lib o'sishiga e'tibor qaratilmoqda. Chunki ma'naviyatli kishi o'zbek xalqining orzu - istaklarini yaxshi anglashi va uni ro'yobga chiqarishga harakat qilishi mumkin. Ma'naviyat so'ziga prezidentimiz I. A. Karimov Yuksak ma'naviyat yengilmas - kuch asarida shunday ta'rif beradilar: ma'naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg'ayishiga chorlaydigan odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon - e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg'otadigan beqiyos kuch, barcha qarashlarining mezonidir. Ma'naviyat asrlardan asrlarga o'tib kelayotgan, kishilarning ongi va ruhiyatiga ta'sir ko'rsatib kelayotgan kuchdir. Shunday ekan ma'naviyatli insonni tarbiyalash bugungi kunning eng dolzarb muammolaridandir. Agar ma'naviyatli insonlarni bugun yoshlarimiz orasidan yetishtirib chiqara olsak, ertangi kun kelajagimizning mustahkam poydevorini o'rnatgan bo'lamiz. Bugungi kun ta'lim dasturlari talabiga ko'ra, yoshlarning ma'naviy boyligini oshirishda xalq og'zaki ijodi bilan birga vatanparvarlik ruhida yozilgan she'riy va nasriy yo'l bilan yozilgan asarlar ham muhim o'rin tutadi. Bunday asarlarda bugungi kunning muhim muammolari o'z aksini topgan bo'lib, o'quvchilarni zamon bilan hamfikr bo'lishga undaydi. Va asarlarda ko'tarilgan muammolarning yechimini topishi yoki o'zining fikr-mulohazalarini bayon etishi mumkin. Bugungi globallashuv va integatsiyalashuv jarayonida ma'naviyatli , barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazish butun jamiyatimizning bosh masalasidir. Shunday ekan yoshlarni milliy vatanparvarlik ruhida sug'otikgan asarlar bilantanishtirish har bir pedagogning burchidir. 1. Muhammad Yusuf hayoti va ijodi MUHAMMAD YUSUF (1954-2001) O'zbek adabiyoti shunday chamanzorki uning bo'stonida turfa xil gullarni va ranglarni uchratishimiz mumkin. Bu bo'stonda bir-biriga o'xshamaydigan, bir-birini takrorlamaydigan dilbar shoirlar avlodi qayta-qayta bo'y cho'zaveradi. Ana shunday betakror shoirlardan biri, shubhasiz, O'zbekiston xalq shoiri, xalqimizning suyukli farzandi Muhammad Yusufdir. Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat (1898-yilda mashhur Dukchi eshon qo'zg'oloni bo'lib o'tgan Mingtepa) tumanidagi Qovunchi qishlog'ida oddiy oilada tavallud topdi. Mana shu qishloqda beg'ubor bolaligi, sho'x-shodon o'smirligi o'tdi. Nechun qulluq qilmay Andijonga men - Shu yurtda tug'ildim, shu yurtda o'sdim. Agar do'stim bo'lsa, bitta u ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.72 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.72 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga