Muhammad Yusuf

Muhammad Yusuf

O'quvchilarga / Adabiyot
Muhammad Yusuf - rasmi

Material tavsifi

O'zbek adabiyoti shunday chamanzorki, uning bo'stonida gul ko'p, chechak ko'p. Bu bo'stonda bir-biriga o'xshamaydigan, bir-birini takrorlamaydigan dilbar shoirlar avlodi qayta-qayta bo'y cho'zaveradi. Ana shunday betakror shoirlardan biri, shubhasiz, 0'zbekiston xalq shoiri, xalqimizning bulbulzabon farzandi Muhammad Yusuf edi. U 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat (1898-yilda mashhur Dukchi eshon qo'zg'oloni bo'lib o'tgan Mingtepa) tumanidagi Qovunchi qishlog'ida oddiy zahmatkash odamlar oilasida tug'ildi. Mana shu qishloqda beg'ubor bolaligi, sho'x-shodon o'smirligi o'tdi. Nechun qulluq qilmay Andijonga men - Shu yurtda tug'ildim, shu yurtda o'sdim. Agar do'stim bo'Isa, bitta u do'stim - Nechun qulluq qilmay Andijonga men! Yodimga o't tushsin, etmasam yodlar - Dukchi eshonlari qilgay faryodlar. Uni tavof etgan Mashrabdek zotlar, Nechun qulluq qilmay Andijonga men! - deb yozadi keyinchalik shoir. 0'rta maktab ta'limini olgach, Muhammad Yusuf Tosh- kentdagi Rus tili va adabiyoti institutiga o'qishga kiradi va uni 1978-yilda bitiradi. Uning dastlabki she'rlaridan namunalar 1976-yilda 0'zbekiston madaniyati (hozirgi 0'zbekiston adabiyoti va san'ati) haftaligi sahifalarida chop etilgandi. Bu paytlar o'zbek she'riyati o'zining yangi yuksalish pog'onasiga ko'tarilgan, Shavkat Rahmon, Usmon Azim, Xur- shid Davron singari ko'plab iste'dodlar o'rtasida o'ziga xos ijodiy musobaqa avjga chiqqan edi. Bu ijod davrasiga dadil kirib borish, o'ziga mos o'rinni egallash oson ish emas edi. Bu ishning uddasidan chiqa olgan, adabiy jamoatchilik nazarini o'z tomoniga qarata olgan shoirlardan biri Muhammad Yusuf bo'ldi. Yosh ijodkor 1978 - 1980-yillarda Respublika Kitobsevar- lar jamiyatida, 1980 - 1986-yillar oralig'ida Toshkent oqsho- mi gazetasida, 1986- 1992-yillarda esa G'afur G'ulom nomi- dagi Adabiyot va san'at nashriyotida xizmat qiladi. Mana shu nashriyotda ishlash yillari Muhammad Yusufning ijodiy taqdirida muhim o'rin tutdi. Zero, bu paytda mazkur dargohga zamonasi- ning zabardast ijodkorlaridan biri Erkin Vohidov rahbarlik qilar, barcha bo'limlarda hukm surgan ijod ruhi yosh shoiming kamol topishiga ham jiddiy turtki bergandi. Muhammad Yusuf she'riyatning turli yo'nalishlarida esda qolarli asarlar yaratayotgan qalamkash do'stlari, ustozlari orasida o'zini shoir sifatida isbot qilishga astoydil harakat qildi: Shoir shunday ko'pki, ularga yer tor, Hammasi mashhur va hammasi nomdor, Ulug'vor, ularga yetmoq ko'p dushvor. Ammo ular oyga bosib yuzini Turganda osmonin bag'riga ilk bor Biz olib borgaymiz tuproq isini, Gulday dimog'iga tutamiz, qizim, Biz hali hammadan o'tamiz, qizim! Muhammad Yusuf 1992-1995-yillarda 0'zbekiston ovozi gazetasida, 0'zbekiston Milliy axborot agentligi (0'zA)da xizmat qildi. 1997-yildan e'tiboran shoir 0'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o'rinbosari etib tayinlandi. Garchi, uning she'rlari vaqtli matbuotda tez-tez chop etilib turgan bo'lsa-da, birinchi she'riy to'plami nisbatan kech - 1985-yildagina e'lon qilingandi. Shundan keyin shoimmg Bul- bulga bir gapim bor (1987), Iltijo (1988), Uyqudagi qiz (1989), Halima enam allalari (1989), ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 31.44 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:21 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 31.44 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga