O'ljas Sulaymon

O'ljas Sulaymon

O'quvchilarga / Adabiyot
O'ljas Sulaymon - rasmi

Material tavsifi

O'LJAS SULAYMON (1936 YILDA TUG'ILGAN) Zamonaviy qozoq adabiyotining yetuk vakili O'ljas Sulaymon 1936-yil 18-mayda Olma Ota shahrida tug'ilgan. Uning otasi harbiy xizmatchi edi. O'rta ta'limni rus maktabida olgan O'ljas Qozog'iston Davlat Universitetining geologiya fakultetiga o'qishga kirdi. Badiiy ijodga bo'lgan qiziqish uni 1961 yil Maksim Gorkiy nomidagi adabiyot institutiga yetakladi. 1962-1971-yillar orasida u «Qozog'im» studiyasi bosh muharriri, «Prostor» jurnali bo'lim mudiri, 1972-yildan boshlab Qozog'iston Yozuvchilar uyushmasi kotibi, Qozog'istonning Italiyadagi elchisi sifatida faoliyat ko'rsatdi. O'ljas Sulaymon qozoq xalqiga xos milliy xususiyatlarni, urf-odatlarni, shonli va og'riqli nuqtalarni yaxshi biladi. Shu bois uning asrida qozoq xalqining milliy ruhi teran ifodalanadi 1961-yilda shoirning ilk asari- «Arg'umoqlar» chop etildi. Shundan so'ng «Quyoshli tunlar», «Ajoyib tun», «Sharofatli vaqtlar», «Maymun yili», «Loy kitob», «Olovning ko'chishi», «Yumaloq yulduz», «Az i Ya» kabi o'nlab she'riy, nasriy, ilmiy kitoblari nashrdan chiqdi. O'ljas Sulaymonning badiiy asarlarida qozoqning o'ziga xos turmush tarzi, o'y-fikrlari, his-tuyg'ulari aks ettirilsa, ilmiy asarlarida turkiy xalqlarning dunyo madaniyati taraqqiyotidagi ulkan o'rni tarixiy dalillar asnosida ko'rsatilgan. «Az i ya» asari Yevropaparastlar aytganiday, turkiylar yovvoyi va madaniyatsiz qavm emas, balki dunyoning eng qadimiy millatlaridan biri ekanini isbotladi. O'ljas Sulaymonning «Qoyilmisan, insonga zamin» deb nomlangan dostoni inson imkoniyatlari va irodasi haqida bitilgan madhiya yanglig' dunyoga yangradi. Unda koinotni zabt etgan va jahon taqdirida yangi bosqichni boshlab bergan odamzot to'g'risidagi mushohadalar g'oyat ta'sirchan ifodalangan. Shoir she'riyatidagi qahramon g'ururli, o'z qadrini biladigan, ayni vaqtda o'zgalarning ham hurmatini joyiga qo'yadigan shaxsdir. Ular fe'li keng, tanti, falsafiy mushohadalarga moyil, chapani va jo'mard kishilar sifatida yorqin bo'yoqlar, kuchli she'riy timsollar vositasida jozibador tasvirlangan. Arg'umoq (Azim Suyun tarjimasi) Yilqisi bilan mashhur, Qadim qipchoq yerida. Oqib boradi uyub, Kuygan o'tlar selida. Tomirimda qaynar qon, Tulporidan saylab ber. Eldiray misli bo'ron, Ostin-ustun bo'lsin yer. Ellar alanga olsin, Arg'umoqning qonida. Qiyoq, alaflar qolsin, Tuyoqlar to'zonida. Yashash, kurash nimadir, Bilib qo'ysin arg'umoq. Jasorat bizda taqdir, Guldirab ketsin so'qmoq. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.9 KB
Ko'rishlar soni 151 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:25 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.9 KB
Ko'rishlar soni 151 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga