Ovanes Tumanyan (1869-1923)

Ovanes Tumanyan (1869-1923)

O'quvchilarga / Adabiyot
Ovanes Tumanyan (1869-1923) - rasmi

Material tavsifi

OVANES TUMANYAN (1869-1923) Arman adabiyotining yirik namoyandasi, shoir, nosir va dramaturg Ovanes Lori tumaniga qarashli Dsex qishlog'ida ruhoniy oilasida tug'ilgan. Avval Jalologli qishlog'ida Tegran Davtyan maktabida, so'ng Tiflis shahridagi arman diniy seminariyasida tahsil oldi. 1890-yillarda «Murch» («Bolg'a») va «Axbyur» («Buloq») jurnallarida ishladi. Tumanyanning «Mushuk va it», «Maro», «Quyosh va oy», «Lorilik Sako» singari doston, she'r va masallari xalq og'zaki ijodi asarlariga xos motivlar bilan sug'orilgandir. Tiflisdagi adabiy muhit Ovanesning ijodiy faoliyatiga kuchli ta'sir qildi. Bu yerda u atoqli arman yozuvchilaridan Raffi, Shervonzoda, Sundukyan bilan yaqindan tanishadi. Bu tanishuv natijasi o'laroq jahon adabiyoti namoyandalari Pushkin, Bayron, Shekspir asarlaridan arman tiliga tarjimalar qildi. O'zi ham «Artavaed 2», «Shoh Ovanes», «Timkaberd qal'asining zabt etilishi», «Parvona», «Sosunlik Dovud», «Anush» kabi dostonlarini yozdi. Aniq haqiqatni tan olish kerakki, Ovanes Tumanyan Oktyabr to'ntarishini salbiy qabul qildi. Shuning uchun uni ikki marta qamoqqa olishdi. 1908-1909-yillarda uni Peterburg qamoqxonasiga jo'natishdi. Shoirning she'rlarida norozilik ohanglari yaqqol ko'zga tashlanadi. «Qo'shchi qo'shig'i» da u xudodan madad istab, nochorlikdan norozi bo'lsa, Gadoy keldi so'rab sadaqa, Hammasiga pul kerakdir, pul! Ozgina yer, yo'q sariq chaqa, Gangitmoqda nochorlik nuqul. «Xudoga nido» asarida u Yaratgandan ham, bandasidan norozi bo'ladi. Satrlar mutolaasidan sezish mumkinki, nochorlik, yo'qchilik Ovanesning jonidan o'tgan. Agar o'zing bor bo'lsang, xudo, Yaratmagan bo'lsang olamni. Ko'z yoshini, mash'um qullikni, Umrlarning egovi g'amni. Shoir Yaratganga ochiqdan-ochiq murojaat qiladiki, manfur jamiyatdagi nopoklarni, zulmkorlarni yo'q qil! Shularni daf qilolmaysanmi, Bo'lsa senda chindan iqtidor. Yo fursati kelmadimikin, Bo'lsang o'zing buyuk ijodkor! «Armanning qayg'usi» asarida shoir tubsiz va cheksiz dengizday bepoyon xalqning dardini satrlarda joylaydi. Armanning qayg'usi tubsiz va cheksiz, Xuddi dengiz kabi bepoyon. Loyqa to'lqinlanib turgan shu dengiz, Qahrida men hasratda hamon. Na u qirg'oq topar, na dengiz tubin, O'zidan ham hattoki bezor. Armonga bu jahon tordir bus-butun, Jon qiynalur nochor, beqaror. Arman qayg'usi-ozodlik, hurlik. Millatning rivoji, takomili, farzandlar kamoloti birgina so'z ozodlik, istiqlol bilan bog'liq. Ko'rkam dalalarning maftuniman azaldan, Qalbimda zo'r mehring bor chaqaloqlik mahaldan. Ammo har gal tikilsam g'amga to'ladi yurak, Jafokash aziz elim, zunob bo'ladi yurak. Quvg'inga duchor bo'lgan farzandlaring behisob, Vayrona qishloqlaring, shaharlaring ham xarob: O, afsus o'lkam, Ko'p ma'yus o'lkam! Millatni dushman poymol etgan, gullar so'lgan, qishlog'u shaharlarda yig'i-sig'i, nola, qo'shiq va kuylar hasrati to'la,, zolimlarning nohaq so'zlaridan quloqlr kar, ko'z yoshlar buloq misoli oqadi. O'lkaning bag'ri qon! Ammo millat batamom o'lgani yo'q, jondan sevuvchi farzandlar o'lkani uyg'otishi kerak. Shu bois shoir xalqqa qarata «Uyg'on muqaddas o'lka» deya murojaat qiladi. U isxonadiki, komil tong otadi, quyosh chiqadi: Ishonchimiz komildir, payt kelib tong otadi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.96 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:31 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.96 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga