Ozarbayjon adabiyoti

Ozarbayjon adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
Ozarbayjon adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

OZARBAYJON ADABIYOTI Ozarbayjon xalqi eng qadimiy madaniyat tarixi va boy adabiyotga ega bo'lgan turkiyzabon xalqdir. Turli-tuman adabiy janrlarda yaratilgan ishqiy-qahramonlik dostonlari, ertaklari, marosim va muhabbat qo'shiqlari, xalq latifalari hamda maqollaridan iborat asarlari turli tarixiy davrda yaratilib, og'izdan og'izga ko'chib yurgan. Bular sirasiga «Kitobi dada Ko'rqut», «Ko'r o'g'li» eposlari, «Oshiq G'arib», «Shoh Ismoil», «Asli va karam» dostonlari, Melik-Mamed va Kal Ahmad sarguzashtlaridan hikoya qiluvchi ertaklar, insoniy muhabbatni olqishlovchi to'rtlik-bayotlar mansubdir. «Kitobi dada Ko'rqut» eposi taxminan VII-VII asrlarda ona tilida ijod etilgan yirik badiiy asar bo'lib, uning 12 qissasida o'g'o'z-turkiy qabilalarining ozodlik uchun olib borgan kurashi o'z ifodasini topgan. Ozarbayjonda VII-VII asrlarda arab tili, IX asrdan boshlab esa fors tili rasmiy davlat tili hisoblangani uchun Ismoil Yassor, Ahmad Tabriziy, Bahmanyor alii Bokuyi, Xatib Tabriziy, Xoqoniy, Shervoniy, Nizomiy Ganjaviy, Muhammad Fuzuliy asarlarini mazkur tilda bitishgan. Hattoki, Mirzo Fatali Oxundov ushbu an'anani davom ettirgan. Sho'ro tuzumi davrida turli ijtimoiy-siyosiy har xillikka qaramay O. Sayrivelli, A.Jamil, Z.Xalil. N.Rafiybeyli, N.Saidzoda, K.Qosimzoda, A.Boboyev, G.Imomberdiyev, S.Rahimov, M.Huseyn, M.Ibrohimov, A.Valiyev, A.Azizbekovlar ijod qilgan. Ozarbayjon romanchiligida Mirza Ibrohimovning «Shunday kun keladi», Manaf Ibrohimovning «Yer osti sirlari», Iso Huseynovning «Tong yulduzi», dramaturgiyasida J.Jabramning «O't kelini», «Olmos», Samad Vurg'unning «Voqif», S.Rustamning «Qochoq Nabi», I.Efendiyevning «Yorqin yo'l», «Shifobahsh suvlar» asarlari katta shuhratga ega bo'ldi. O'zbek adabiyotining rivojlanishiga qardosh ozarlarning ijobiy ta'siri bor. Qariyb barcha ozarbayjon adabiyotining namoyandalari asarlari o'zbek tilida chop ettirilgan. Adabiyotlar orasidagi munosabatlar davlatlarimiz orasidagi har tomonlama aloqalar bilan mustahkamlangan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 9.1 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:31 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 9.1 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga