O'zbek Adabiyoti tarixi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar O'zbek adabiyoti tarixi. Eng qadimgi adabiy yodgorliklar. Dastlabki yozma manbalar VI - VII asrlarga tegishlidir. Ular O'rxun - Enasoy obidalari nomi bilan mashhur bo'lib, sug'd, turkiy run, arab va uyg'ur yozuvlaridagi bitiklardir. M. Koshg'ariy uyg'ur yozuvi haqida : … barcha xoqonlar va sultonlarning kitoblari, yozuvlari qadimgi zamonlardan shu kungacha Qashqardan Chingacha hamma turk shaharlarida shu yozuv bilan yuritiladi, - deb yozgan edi. Bu yozuv hatto arab yozuvi bilan yonma - yon holda XV asrgacha, Xitoydagi uyg'urlar orasida esa keyingi asrlarda ham iste'molda edi. U so'g'd yozuvi asosida shakllangan bo'lib, unda 18 ta harf bor. Uyg'ur yozuvi o'ngdan chapga qarab yozilgan. Mazkur yozuvda buddaviy, moniy, xristian dinlariga oid axloqiy - ta'limiy asarlar, yuridik - huquqiy va moliyaviy hujjatlar saqlanib qolgan. X asrda Beshbaliq (Sharqiy Turkiston) shahrida yashagan Singku Seli Tutung Oltin yorug' asarini xitoy tilidan tarjima qilgan. Bu asar tarjimasi ham uyg'ur yozuvida bitilgan. Shuningdek, O'g'uznoma, Muhabbatnoma (Xorazmiy), Ltofatnoma (Xo'jandiy), Mahzanul-asror (Mir Haydar) va boshqa ko'pgina asarlarning uyg'ur yozuvdagi nusxalari ham mashhurdir. O'rxun - Enasoy yodgorliklarining topilishi va o'rganilishi XVII asrdan boshlanadi. Rus xizmatchisi Remezov, shved zobiti Ioann Strallenberg, olim Messershmidt yodgorliklarni Yevropailm ahliga taqdim qilgan edilar. Daniyalik olim Vilgelm Tomson va rus olimi V. Radlovlar yodgorliklaridagi barcha harflarini o'qidilar. Yodgorliklarni butun dunyo turkiyshunoslari ilmiy jihatdan o'rganmoqda. V. Tomson va Radlovlarda keyin S. Y. Malov, S. Y. Klyashtorning I. V. Stebleva, X. O'rxun, T. Tekin, Najip Osin, G. Aydarov o'zbek olimlaridan A. Ruastamov, R. Abdurahmonov, N. Rahmonovlar o'rganishgan. Runiy yozuvdagi yodgorliklar faqat toshga bitilgan emas. Bu yodgorliklar o'zbek tiliga bir necha marotaba o'girilgan. A. P. Qayumov Qadimiyat obidalari kitobida, G' Abdurahmonov va A. Rustamovlar Qadimgi turkiy til kitoblarida o'sha yodgorliklardan namunalar keltirishgan. Ularning qog'ozga turli buyumlarga yozilgan namunalari ham bor. Run yozuvlari Talas vodiysidan ham topilgan. U hozirgi Avliyoota va Taroz shahri yaqinida bo'lgan qoyalardagi yozuvlardir. Shuningdek, kumush ko'zalarga yozilgan runiy yozuvlar Sibir o'lkasidan ham topilgan. Ermitaj (Sankt - Peterburg) da saqlanayotgan 2 ta ko'zacha shu haqida ma'lumot beradi. Minusinsk muzeyida esa teriga yozilgan runiy bitiklar mavjud. Oyna, qayish to'qasi, qog'ozga yozilgan boshqa runiy yozuvlar ham ko'pdir. Turfon (Sharqiy Turkiston) dan Le Kok tomonidan topilgan runiy yozuvlar orasida eski fors tilidagi bitiklar ham mavjud. Vena (Avstriya) muzeyida saqlanayotgan oltin idish-tovoqlarda ham runiy yozuvidagi yodgorliklar bo'lib, ular bajnoq (pecheneg) tilida yozilgan. Yog'ochga yozilgan run bitiklari Ermitajda saqlanadi. O'rxun - Enasoy obidalarida nasr usuli yetakchilik qilib, ular syujetning o'ziga xos shakliga ega, tasvirdan ko'ra bayonchilik ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
138.16 KB
Ko'rishlar soni
174 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
138.16 KB
Ko'rishlar soni
174 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:27 ]
Arxiv ichida: docx