PETRUS BROVKA Petr Ustinovich Brovka Putilkoviche qishlog'ida 1905-yilda tug'ilgan. Boshlang'ich tahsilni olgach, Belorusiya Davlat universitetida ta'lim olgan. Ijodini 1926-yildan boshlagan shoir «1914», «Katerina» asarlarida zahmatkash belorus ayolining siymosini yarata olgan. «Yurak onti» da yozadi: Juda minnatdorman men qora nondan, Muzday chashmalarning zilol suvidan. Yashil o'rmondanu, Ko'm-ko'k osmondan. Dala ariqlarin tiniq suvidan. Urush davrida Brovka gazetada ishlab turib, «Belorus», «Belorus jangchilariga», «Kaktus Kalinovskiy» asarlarini yozdi. Unda Vatan himoyasilari, ularning sadoqati, jasorati ulug'lanadi. Shoir o'zining «Kunlar o'tib boradi» she'rlar to'plami uchun 1926-yilda Davlat mukofoti laureati bo'lgan. 1957-yilda «Daryolar tutashganda» romanini tugatish barobarida T.Shevchenko, V.Mayakovskiy, P.Tichina, A.Tvardovskiy singari rus va ukrain shoirlarining asarlarini belorus tiliga o'giradi. O'zining tinmay qilgan say'-harakati bois Petrus Brovka belorussiya Fanlar akademiyasining haqiqiy a'zosi, xalq shoiri unvoniga sazovor bo'lgan. «Uy» she'rida Petrus Brovka shoir bilan chashma orasidagi munozarani tasvirlab, buloq tilidan shoirga to'g'rirog'i, o'ziga quyidagicha nasihat beradi: Xalqning muhabbatini, Qozonmoqchi bo'lsang sen. Mening tniqligimga, Hayron bo'lmagin, o'rtoq. Men yer sizib o'tganday, Xalq qalbidan sizib o't. Xalq dilidan o'tib, So'ng o'zingga didil boq! ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.19 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:32
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.19 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:32 ]
Arxiv ichida: docx