PLUTARX Uzoq kechmishning ixlosmandi muhibi, Rim davri Yunon adabiyotining eng yirik vakillaridan biri Plutarxdir. Yozuvchi taxminan eramizdan keyingn 46- yilda Beotiya viloyatidagi Xeroney shaharchasida tug'iladi. Uning ota-bobolari shu yerning aslzoda xonadonlariga mansub o'qimishli odamlar bo'lgan. Plutarxaing o'zi ham zamonasining ilmu fan, san'at va adabiyot o'chog'i hisoblangan Afina hamda Iskandariya shaharlarida tahsil ko'rib, har tomonlama yuksak madaniyatli kishi bo'lib yetishadi; yumshoq tabiati, olihimmat xulqi tufayli hamshaharlari qoshida tobora martabasi ortib, yuksak lavozimlarga erishadi, mustamlaka ma'murlari ham unga chuqur ehtirom va hurmat ko'rsatadilar, bir necha marta Rimga safar qilib, u yerning atoqli davlat arboblari, madaniyat ahllari bilai oshnolik bog'laydi. Biroq yozuvchi o'z hayotining asosiy qismini kitobxonlikka, qalamkashlikka bag'ishlab, tug'ilib o'sgan shahri Xeroneyda, yor-do'stlari, shogirdlari o'rtasida o'tkazib, 120-130-yillar orasida vafot etadi. Qadimgilar Plutarx ijodining nihoyatda rango-rang va serunum bo'lganligini, yozuvchi 225 tadan ortiqroq asar qoldirganini xabar qiladilar. Ana shu salmoqdor adabiy merosdan bizga qadar 150 tasi yetib kelgandir. Olimlar mazkur asarlarni, asosan, ikki guruhga ajratib tahlil qiladilar. Bulardan birinchisi - axloqiy asarlar, ikkinchisi - hayotnomalardir. Birinchi guruhga kiradigan asarlarni «axloqiy» deb atash ularning mazmuniga unchalnk to'g'ri kelmaydi, chunki bularning ko'pchiligi falsafiy mavzularda, tarix hamda adabiyot masalalari haqida yozilgan katta-kichik maqolalardan iborat asarlar bo'lgan. Bu maqolalar orasida biz, shuningdek, siyosat, din, ta'lim-tarbiya, hifzi - sihat, musiqa va boshqa masalalarga doir asarlarni ham uchratamiz. Biroq, shu bilan birga, birinchi guruhga kiradigan asarlarning asosiy qismini, albatta, axloq masalalariga aloqador maqolalar tashkil qiladi. Bu toifa asarlarda yozuvchi odam bolasining kundalik hayot doirasidagi barcha vazifalari yuzasidan maslahatlar berib, mahmadonalik, tama'girlik, yasama uyatchanlik, badjahllik va shu kabi yaramas nuqsonlardan qutulish; yor-do'stlik, aka-ukalik, yer-xotinlik munosabatlari va boshqa yaxshi xislatlarni mustahkamlash yo'llarini ko'rsatadi. Plutarxning tushunchasicha, yer yuzidagi yaxshilik va yomonliklarning hammasi odam bolasining fe'l-atvoridan tug'iladi. Binobarin, har bir inson doimo barkamollikka intilib, himmat va sahovatda beillat bo'lmog'i darkor. Bu boradi dilga davo, ehtiroslarga shifo beradigan birdan-bir malham - falsafadir. Plutarx falsafaning tarbiyaviy qudratiga juda katta e'tibor bergan bo'lsa ham, bu sohada uning o'zi muayyan bir ta'limot yaratgan ijodkor emas, uning asarlarida talqin etilgan falsafiy va, shuningdek, axloqiy masalalarga doir mulohazalarning hammasi turli-tuman mutafakkirlar, olimlar va, umuman, qalam ahllarining kitoblarini qunt bilan mutolaa qilish natijasida orttirilgan bilimlarning mevasidir. «Axloqiy asarlar» turkumiga kirgan maqolalarniig deyarli har birida yozuvchi ayrim masalalar yuzasidan qadimgi faylasuflarning fikrlarini bayon qilib, yo bo'lmasa ularning asarlaridan parchalar ko'chirib, shu yo'sin o'zining fikrlarini isbotlashga tirishadi. Plutarx yangi zamonda o'zining axloqiy asarlari bilan emas, balki «Qo'shaloq hayotnomalar» deb ataluvchi tarixiy asarlari bilan keng shuhrat-qozongan. «Qo'shaloq hayotnomalar» Yunon va Rim olamida o'tgan ...

Joylangan
04 Mar 2024 | 19:57:31
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.13 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:32
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Mar 2024 [ 19:57 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.13 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:32 ]
Arxiv ichida: docx