Qoraqlpoq adabiyoti

Qoraqlpoq adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
Qoraqlpoq adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

QORAQLPOQ adabiyoti Yarim ko'chmanchilik bilan kun kechirgan qoraqalpoq xalqi murakkab taraqqiyot yo'lini boshdan kechirdi. Qoraqalpoq xalqining o'ziga xos juda boy og'zaki ijodi bor. O'z.R.FA Qoraqalpog'iston ilmiy-tekshirish instituti fonddida «Qirq qiz», «Alpomish», «Yer qo'shay», «Mast podsho», «Shahriyor», «Oshiq G'arib», «Yusuf va Zulayho», «Oshiq Hamro», «Tohir va Zuhro», «Yusuf va Ahmad» dostonlarining variantlari saqlanadi. Qozoq xoni Abdulxayrga qarshi kurashda qoraqalpoqlar mag'lubiyatga uchrab, to'rt tomonga tarqaldi. Bir qismi Toshkent atrofiga-Chirchiq bo'ylariga, bir qismi Farg'ona va Samarqand, yana bir qismi Qizilqum orqali Xorazmga-Orol dengizining janubiy janubiy sohillariga borib o'rnashadi. Xalq shoirlari Jiyan Jirav, Kunxo'ja, Berdaq, Qulmurod, Gulmurodlar real hayotni tasvirlashga harakat qilishgan. Kunxo'janing «O'roqchilar», «Tuya ekansan», Hojiniyozning «Bo'z o'tov», Berdaqning «Shajara», «Ernazar biy», «Oydo'st biy», «Ahmoq podsho» asarlari fikrimiz dalilidir. 20-30-yillarda qoraqalpoq ijodkorlari «Erkin qoraqalpoq» gazetasi atrofida jamlanishdi. Adabiyotga kirib kelgan X.Axmetov, A.Matyoqubov, A.Utepov, J.Oymurzaev, A.Begimov, A.Musayev, A.Dabilov, S.Nurembetov singari yozuvchilar yangi g'oya va fikrlarni surishdi. Ammo mazkur yozuvchilar mavjud tuzum doirasini yorib chiqisha olmadi. Ba'zi birlari harakat ham qilmadi. 1940-1950-yillar mobaynida J.Oymurzayev «Mening do'stlarim», «Erboy botir», D.Nazirbergenov «Ikki qahramon», «Dushmanni yengamiz», A.Utepov «Saidmurod dangasa», S.Xo'janiyozov «Bizning qahramon», A.Begimov «Baliqchining qizi», X.Saitov «Mashaqqatli baxt», «So'nggi hujum» asarlarini yozgan bo'lsa, N.Dovqoraev «Qoraqalpoq adabiyoti tarixi ocherki» darsligini nashrdan chiqardi. Bir-biriga qondosh, jondosh bo'lgan o'zbek va qoraqalpoq xalqlari adabiyoti ko'p yillik tarixiy bog'lanishga ega. O'zbek yozuvchilaridan Oybek, G'ofur G'ulom, Abdulla Qahhor, Uyg'un, Sharof Rashidovlarning asarlari qoraqalpoq tiliga tarjima qilingan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.29 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:33 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 13.29 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga