Qozoq adabiyoti

Qozoq adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
Qozoq adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

QOZOQ ADABIYOTI Qzoq xalqining ko'p yillik tarixi va milliy madaniyati Savdo hunarmandchilik markazlari, hosildor ekin maydonlari barobarida milliy madaniyat namunalari XII asrda mug'ul bosqinchilari tomonidan yakson qilindi. Ko'chmanchi tarqoq chorvadorlar, XVI asrlarda tashkil topgan kattajuz, o'rtajuz, kichikjuz deb atalgan urug' uyushmalari 1723-yilda mamlakatga yopirilib kelgan jungorlar (qolmiqlar) hujumiga bardosh berolmadi. Bu Rossiya imperiyasining osongina qozoq xalqini bosib olishiga imkon yaratdi. Qozoq yozma adabiyoti ancha kech shakllandi. XIX asrgacha qozoqlarda adabiyot, asosan, xalq og'zaki ijodiyoti shaklida rivojlandi xalq ijodidagi qo'shiq, ertak va dostonlar turli mavzularni qamrab olgan. Ayniqsa, qahramonlik dostonlari salmoqli o'rin tutadi. «Qo'blandi botir», «Qambar botir», «Ertag'in» shular sirasiga mansub. Qozoq folklorida «Qizjibek», «Qo'zi ko'rpesh» va Bayan suluv», «Suluv shash» ishqiy-lirik dostonlari juda mashhur bo'lib, kattadan-kichik barchasi uni yodlashga harakat qilgan. XVII-XIX asrlarda og'izdan-og'izga ko'chib yurgan dostonlarni kuylovchi xalq oqinlari, jirovlar yetishib chiqdi. Buxor jirov, Nisanboy, Do'sxo'ja, Maxambet Utemisov, Xoliboy Mamabetovlarni ko'rsatish mumkin. O'zining ijrochilik mahorati bilan shuhrat qozongan oqinlardan biri Jambul Jabayev Jambul tog' etagida kambag'al oilasida tug'ilgan. Ustozi Suyumboy tarbiyasini olgan oqin «Kambag'alning sho'ri», «Shaltaboyga», «Mirzobek volostining boshlig'iga», «Qodirboyning iti» kabi asarlarda xalqning hayotini real tasvirlashga intildi. Sho'ro adabiyoti rivojining ilk davrida qozoq yozuvchilaridan I. Kubeyev, S. Turayg'irov, S.Donentaev, I.Shonsugurov, S.Sayfullinlar ijod qilgan bo'lsa, ikkinchi davrida Muxtor Avezov, Sobit Muqanov, G'abit Musrepov, G'abidin Mustafin, Toir Jarokov, Abdulla Tojiboev, G'ali O'rmonovlar samarali ijod etishdi. Qozoq romanchiligi I.Kubeyev, M.Avezov, S.Muqanov, G'.Musrenov, G'.Mustafinlarlar ijodi bilan chambarchas bog'liq. Sobit Muqanov «Temir tas», «Bo'tako'z», «Hayot maktabi», «Polvon cho'loq», MuxtorAvezov «Enlik-Kebek», «Qora ko'z», «Xon qene», «Abay», «Chegarada», «Yalang'och qilich», «Olma bog'ida», «Izlar», «Yelkama-yelka», «Burgutli ovchi», G'abiden Mustafin «Hayot yoki Mamot», «Shig'anan Bersiev», «Millioner», «Qozoq soldati», «Uyg'ongan o'lka», S.Sayfullin «Qizil burgutlar» asarlari bilan yangi pog'ona ko'tarildi desak mubolag'a bo'lmaydi. Albatta, bu asarlarning talqin va tahlilida tavofut bor. Qozoq va o'zbek adabiyotlari orasidagi aloqa va hamkorlik uzoq tarixga ega. Alpomish va Go'ro'g'li, Qo'blandi Botir va Ertag'in, mullo Nasriddin bilan Aldar Ko'sadan tortib Alisher Navoiy va Abaygacha do'stlik rishtalari mustahkamlangan. O'zbek kitobxonlari uchun Muxtor avezovning to'rt jildlik «Abay», G'.Mustafinning «Qarag'anda», «Chig'anoq», Jambul Jabaevning she'riy to'plamlari, S.Bkgalining «Ona mehri» hikoyalar to'plami nashr etildi. Shu barobarida o'zbek yozuvchilaridan Hamza, Oybek, Asqad Muxtor, Abdulla Qahhor, Odil Yoqubov, Ibrohim Rahim, shoirlardan Uyg'un, Ramz Bobojon, Mirtemir, Shuhrat, Zulfiyalarning asarlari qozoq tilida chop etildi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.14 KB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:33 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.14 KB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga